2022 №2 75 amir temur va temuriylar davri me’morchilik obidalari salayev Temurbek Alisherovich



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix30.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#150719
1   2   3   4   5   6
amir-temur-va-temuriylar-davri-me-morchilik-obidalari

MUHOKAMA 
Тemuriylar davrida qurilgan saroylar ikki xil bo‘lgan. Birinchisi – ma’muriy-siyosiy 
maqsadda bo‘lib, qal’a yoki shahar ichida qurilgan. Ikkinchisi – shahar tashqarisidagi bog‘larda 
qurilgan qarorgohlar bo‘lib, qabul marosimlari, majlislar o’tkazilgan va xordiq chiqarilgan. 
Shahrisabzdagi Oqsaroy gumbazining diametri 22 metr bo‘lib, toq va ravoqlari beqiyos bo‘lgan
4

Тemur va Ulug‘bekning asosiy qarorgohi Samarqanddagi Ko‘ksaroy va Bo‘stonsaroy deyiladi. 
Shuningdek, shahar tashqarisida Тemur o‘n ikkita bog‘ va saroylar bunyod ettirgan. Buyuk Amir 
Tеmurning moddiy madaniyat bobidagi bunyodkorlik faoliyatini uning avlod-ajdodlari, birinchi 
navbatda Ulug‘bеk (1394—1449) davom ettiradi. Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur 
Ulug‘bek Qo‘rag‘oniy (1394-1449) – buyuk astronom va matematik, o‘z davrining atoqli 
allomasi, davlat arbobi, Movaraunnahrni 1441-1449 yillar boshqargan, mashhur hukmdor va 
sohibqiron Amir Temurning nabirasi. Ulug‘bek (Muhammad Tarag‘ay) 1394 yil 22 mart kuni 
hozirgi Ozarbayjon hududidagi Sultoniya shahrida tavallud topgan. 
Ulug’bek davrida Samarqandning Registon maydoni shakllandi, «Masjidi Muqatta’», 
210 gumbazli Ko’kaldosh jom’e masjidi qad ko‘tardi. Shohizindada ayrim maqbaralar, 
Shahrisabzda Ko‘kgumbaz masjidi, «Chilustun» va «Chinnixona» saroylari uning davrida 
qurildi. XV asrning ikkinchi yarmida Samarqandda Хo‘ja Ahror madrasasi, Ishratxona, Oqsaroy 
maqbaralari bunyod qilindi.
5
Ulug‘bek davrida gumbaz osti tuzilmalarning yangi xillari ishlab chiqildi. Aniq 
fanlardagi yutuqlar me’morchilik yodgorliklarida aniq ko‘rinadi (Shohizinda, Ahmad Yassaviy, 
Go‘ri Amir maqbaralari, Bibixonim masjidi, Ulug‘bek madrasasi). Ularning old tomoni va ichki 
qiyofasi rejalarini tuzishda me’moriy shakllarning umumiy uyg‘unligini belgilovchi geometrik 
tuzilmalarning aniq o‘zaro nisbati bor. Bezak va sayqal ishlari ham bino qurilishi jarayonida 
baravar amalga oshirilgan. 
4
Qodirov B. Amir Temur madaniyat va ilm-fan homiysi. “Ijodiy parvoz” gazetasi, 4 (60)-son, aprel, 2018

5
Normatova Sh.Jahon adabiyoti: Oliy o‘quv yurtlari uchun qo‘llanma. – T., Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2008 – 96 b. 


ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin