2.2. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari
(yo’nalishlari)23
Moliyaviy
siyosatning
tarkibiy
qismlari
(yo’nalishlari)
quyidagilardan iborat:
byudjet siyosati;
soliq siyosati;
pul siyosati;
kredit siyosati;
baho siyosati;
investitsion siyosat;
ijtimoiy moliyaviy siyosat;
boj siyosati.
Moliyaviy siyosat davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini
amalga oshirishning vositasi bo’lib hisoblanadi va shu ma’noda
yordamchi rolni o’ynaydi. Bir vaqtning o’zida davlat siyosatining
boshqa
– milliy, geosiyosat, harbiy – yo’nalishlari ham mavjudligini
esdan chiqarmaslik kerak. Ana shu barcha besh yo’nalishning
(iqtisodiy, ijtimoiy, milliy, geosiyosat, harbiy) yig’indisi (majmui)
davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi sifatida xizmat
qiladigan moliyaviy siyosatning mazmunini aniqlab beradi.
Moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruvning tarkibiy qismi
sifatida boshqaruvning oliy organlariga tegishlidir. Mamlakatning
sub’yektlari darajasida moliyaviy siyosat borasida qarorlarning qabul
qilinish
imkoniyatlari
cheklangan
va
mahalliy
hokimiyat
organlarining funksiyalari unchalik katta emas. Ularning bu
funksiyalari o’z byudjetlarini shakllantirish va ishlatish hamda
mahalliy soliqlarni qabul qilish va ularning mablag’-larini ishlatish
masalalari bilan cheklanadi.
Moliyaviy siyosatning yo’nalishi sifatida davlatning byudjet
siyosati, eng avvalo, har bir mamlakatning Konsti-tutsiyasi,
qonunchiligi va byudjet jarayonida hokimiyat organlari barcha
bo’g’inlarining funksiyalarini belgilovchi boshqa qonunlar majmuiga
muvofiq ishlab chiqiladi.
O‘zining hajmi va muhimligi jihatidan eng
23
Moliyaviy siyosat yaxlit va bir butun jarayonlarni o’z ichiga olib, bu
o’rinda u 8 ta tarkibiy qismdan iborat. Lekin moliyaviy siyosatni
amaliyotga joriy etishda mazkur tarkibiy qismlarni moliyaviy siyosatning
yo’nalishlari sifatida ham tushunish mumkin. Shu bois darslikning 2.2-
paragrafida “tarkibiy qism” va “yo’nalish” so’zlari bir xil ma’noni
anglatadigan iboralar sifatida ishlatilgan.
katta ish bo’lishiga qaramasdan byudjet siyosatini faqat byudjet
jarayoniga tegishli deb hisoblash noto’g’ri. Qonun byudjet
jarayonida hokimiyatning qonunchilik va ijroiya organlari funksiya-
larini, mamlakat sub’yektlari funksiyalarini, byudjet jarayoni
sub’yektlarining huquq va majburiyatlarini va h.k.larni aniq belgilashi
kerak. Biroq byudjet siyosati faqat shu masalalar bilan cheklanib
qolmaydi. Byudjet siyosati byudjetda to’planadigan YaIM hissasini
aniqlash, shu sohada mamlakat yuqori va quyi organla
rining o’zaro
munosa-batlarini belgilash, byudjet xarajatlar qismining tarkibiy
tuzilishini aniqlash, turli darajadagi byudjet-
lar o’rtasida xarajatlarni
taqsimlash, davlat qarzini boshqarish, byudjet defitsitini qoplash
yo’llarini aniqlash va h.k.lar ham byudjet siyosatining vazifalariga
kiradi.
Ma’rifiy davlatlarda byudjet qonun tarzida tasdiq-lanadigan
hujjat hisoblanadi. Unda davlatning o’z funksiyalarini bajarish
maqsadida davlat qo’lida to’plangan pul mablag’larining harakati o’z
ifodasini topadi. Davlat siyosati aniqlab beradigan maqsadlarga
erishish uchun pul resurslarini yo’naltirish byudjet siyosatining
ustuvor yo’nalishlaridan hisoblanadi. Agar maqsadga erishish milliy
iqtisodiyot ta’minlaydigan mablag’lardan ko’p mablag’ talab etsa,
davlat qo’shimcha daromadlarni shakllantirishning quyidagi
favquloddagi usullarini qo’llashga majbur bo’ladi: ichki va tashqi
kreditlar, milliy boylikni sotish, boylik va mol-mulkni ijaraga berish va
kontsessiyalar. Byudjetning daromadlar qismini to’ldirishning
favqulo
ddagi choralari iqtisodiy mustaqillikning yo’qolishiga olib
kelishi mumkin. Buni hisobga olgan holda hokimiyatning qonunchilik
organlari qarz olishning chegarasini oldindan belgilaydi.
Soliq siyosati moliyaviy siyosatning eng muhim yo’na-
lishlaridan biri hisoblanadi. Bir necha asr mobaynida zamonaviy
moliya fani soliqlarga nisbatan munosabatini aniq belgilash
imkoniga ega bo’lgan. Bu munosabatlar quyidagilardan tashkil
topadi:
davlat muayyan miqdordagi moliyaviy resurslarga ega
bo’lmasdan to’laqonli faoliyat ko’rsatishi mumkin emas;
mablag’larni
soliq
yordamida
undirish
qat’iy
o’sish
tendentsiyasiga ega;
soliq yuklamasining oqilona chegarasidan o’tilganidan so’ng
tabiiy takror ishlab chiqarish jarayoni buziladi, ya’ni iqtisodiyotning
o’z-o’zidan buzilishi (emirilishi) sodir bo’ladi;
inqiroz davrida soliqlar stavkalari mumkin qadar minimal
darajada o’rnatilmog’i lozim. Buning natijasida mamlakatning
iqtisodiy mexanizmi ichki investitsion salohiyatni safarbar etish
hisobidan tiklanish imkoniga ega
bo’ladi;
soliq yuklamasining keskin oshib ketishi kapitalning chetga
chiqib ketishiga olib kelishi mumkin;
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish kerak, albatta.
Biroq, summar o’lchovlarda sof daromadning 30%dan ortiq
qismining soliq sifatida ol
ib qo’yilishi mamlakat iqtisodiy o’sishini
to’xtatib qo’yishi mumkin;
soliq imtiyozlari shaffof bo’lishi va barcha takror ishlab
chiqarish sub’yektlari uchun bir xil darajada bo’lishi kerak;
soliq tizimi konfiskatsion xarakterga ega bo’lmasligi lozim.
Faqatgina individual daromadlarning o’sishida ifo-dalangan milliy
boylikning o’sishi soliqqa tortiladigan bazaning barqaror o’sishini
ta’minlashi mumkin;
qonunlar va qoidalarning barqarorligini davlat kafolatlagan
iqtisodiy tizimda soliqlarning
miq
dori
barqaror
o’sish
tendentsiyasiga ega bo’ladi. Barqarorlik kafolati sifatida davlat
o’zining majburiyatlarini buzishni boshladimi, kapital xufyona
iqtisodiyotga yoki xorijga o’tishni boshlab, byudjetning daromadlar
bazasini qisqartiraveradi;
soliq tizim
i oddiy, ochiq va samarali bo’lmog’i lozim. Soliqlar
sonini, soliqqa tortish ob’ektlarini ko’paytirish, ko’p bosqichli
soliqlarni joriy etish soliqlarni undirish bo’yicha xarajatlarning
ortishiga, boqimanda va jarima-
larning o’sishiga va pirovardida,
mulkn
i qamoqqa olish, soliq to’lovchini kasod deb e’lon qilish va h.k.
yo’llar orqali iqtisodiyotning emirilishiga olib keladi;
soliqqa tortish egri (bilvosita) tizimining ustuvorligi byudjet
daromadlarini shakllantirish nuqtai-nazaridan qulay hisoblanadi.
Lekin bu narsa, oxir oqibatda, mamlakat aholisi asosiy qismining
qashshoqlanishiga olib keladi. Chunki bunday soliqlarning yuki
tovarlar va xizmatlarning yakuniy (oxirgi) iste’molchisi zimmasiga,
ya’ni yashash minimumi darajasida yoki ijtimoiy tirikchilik darajasida
daromadga ega bo’lgan aholining 80-90% qismiga yuklanadi. Bu
paradoks daromadlarning turli darajalarida iste’-molning nisbatan bir
xil darajasiga asoslangan;
egri (bilvosita) soliqlar tizimining xavfliligi shundaki, bu tizimda
aholining asosiy qismi
dan jamg’ar-malar olib qo’yiladi va bu, o’z
navbatida, kredit tizimi va ikkilamchi moliyaviy bozor tizimining
asoslarini buzadi. Egri (bilvosita) soliqlardan voz kechgan AQSh
tajribasi bunga yaqqol tasdiqdir;
egri (bilvosita) soliqlarni sog’liq uchun zararli bo’lgan tovarlar,
zebu-ziynat buyumlari, ayrim hollarda import qilinadigan tovarlar va
xizmatlar va boshqa bir qancha o’ziga xos bo’lgan maxsus
holatlarga nisbatan joriy etish zarur;
daromad va mol-mulkdan olinadigan soliqlar soliq bazasining
asosiysi bo’lib hisoblanishi (xizmat qilishi) kerak. Ularni proportsional
soliqqa tortish printsiplariga asosan tashkil etish maqsadga muvofiq.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishbilarmonlar shaxsiy tashabbus
ko’rsatmasa va jamiyatning ko’pchilik a’zolari samarali mehnat
qilmasa, iqtisodiyotni talab darajasida rivojlantirishni
ta’minlash
qiyin.
Soliqlar
bozor
iqtisodiyotida mehnatning asosiy
rag’batlantirilishini (motivatsiya qilinishini) olib qo’yadi, ya’ni mehnat
daromad keltirishi lozim. Bu holda mamlakat iqtisodiyotiga soliq
siyosatining
ta’siri bevosita namoyon bo’ladi, ya’ni soliq
stavkalarining yuqori darajada belgilanishi takror ishlab chiqarish
jarayonining investitsion imkoniyatlarini qisqar-tiradi (toraytiradi),
j
amiyatda iste’mol darajasi pasayadi va bu narsa, o’z navbatida,
ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalari o’sish bazalarining
pasayishiga olib keladi.
Moliyaviy siyosatning yo’nalishlaridan yana biri pul siyosatidir.
Agar muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga (pulning
aylanish tezligini hisobga olgan holda) mos kelmasa, pul
massasining etmagan qismi qog’oz pullar (pullarning surrogati)
hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan to’ldiriladi. Va, aksincha,
agar pul massasi unga bo’lgan talabdan ortiq bo’lsa, yo pul
massasining mamlakatdan chetga chiqishi (oqishi) yoki milliy
valyutaning qadrsizlanishi sodir
bo’ladi.
Tabiiy ravishda, bu variantlarning barchasi mamla-katning
qonunchiligiga ham bevosita bog’liq, ya’ni mamlakatda xorijiy
valyutani
ng muomalada bo’lishiga ruxsat berila-dimi yoki yo’qmi,
milliy valyuta konvertatsiya qilinadimi yoki yo’qmi? va h.k. Mamlakat
ichida o’z milliy puli bilan parallel ravishda xorijiy valyutaning
muomalada bo’lishi qator salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Bunda, eng avvalo, oldi-sotti operatsiyalarining muayyan qismi
xorijiy vayutada amalga oshiriladi, buning oqibatida muomalada
milliy valyutaning hissasi haqidagi tasavvur butunlay buzilib ketadi.
Shunga bog’liq ravishda pul massasi, iqtisodiy ahvol haqidagi
raqamlar ham ob’yektiv borliqni buzib ko’rsatadi va h.k.
Tovarlar massasi cheklanganda pul emissiyasi boshqa
mamlakatlarning pul birligiga nisbatan milliy pul birligining
qadrsizlanishiga olib keladi.
Emissiya siyosati va milliy valyutaning barqarorligi pul
siyosatining yo’nalishlaridir. Emission siyosat muomala uchun zarur
bo’lgan pulning miqdorini aniqlashdan tashqari yana boshqa bir
yo’nalishga ega. Bu yo’nalish byudjet daromadlarini ko’paytirishdir.
Ana shu yo’nalish alohida ehtiyotkorlikni talab etadi. Chunki ma’lum
bir miqdoriy chegaradan o’tilganidan so’ng pul tizimi inflyatsiyaga
moyil (ta’sirchan) bo’lib qoladi, ya’ni byudjet daromadlarining real
qadrsizlanishi sodir bo’lishi mumkin. Agar qandaydir bir sabablarga
ko’ra davlat o’z pul tizimini tartibga solishga qodir bo’lmasa,
mamlakatning iqtisodiy xavfsiz-ligiga putur etadi. Chunki bunday
sharoitda mamlakatning milliy valyutasi boshqa kuchli valyutalarning
ekspansiyasiga qarshi tura olmaydi va milliy boylikdan mahrum
bo’lib qolish mumkin (o’zaro hisobga olishlar, aktsiyalarni sotib olish
va h.k.lar orqali).
Kredit siyosati ham moliyaviy siyosatning yo’nalishi bo’lib, u
mamlakat krediti tizimi orqali amalga oshiriladi. Kredit tizimi ssuda
kapitalining faoliyat ko’rsatishini ta’minlaydi. O‘z navbatida, ssuda
kapitali takror ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishning muhim
sharti hisoblanib, aylanma mablag’larni to’ldirish va investi-tsiyalar
uchun mablag’larning qarzga olinishini ta’minlaydi. Iqtisodiyotning
kredit sektori o’rtacha foyda normasini tenglashtirish uchun ham
xizmat qiladi. Foiz stavkasining darajasi jamiyatdagi iqtisodiy
faollikka salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. U asossiz darajada yuqori
bo’lsa, quyidagi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin:
kreditlarning qaytarilmasligi;
ishlab chiqarish sohasi va xizmatlar sohasida mahsu-lotlar
narxining
o’sishi;
qarzga oluvchilar rentabellik darajasining pasayishi va buning
oqibatida soliqqa tortiladigan bazaning qisqarishi;
ishlab chiqarish hajmining qisqarishi;
takror ishlab
chiqarish jarayoni sub’yektlari daromad-larining
pasayishi natijasida ichki iste’mol bozorining torayishi.
Aksincha,
kreditning
arzonlashuvi
ishlab
chiqarishning
sog’lomlashuviga, tovarlar massasining ortishiga, tovarlar va
xizmatlar bahosining pasayishiga va ana shularning natijasida esa,
takror ishlab chiqarish jarayoni sub’yektlari daromadlarining
oshishiga, soliqqa tortish bazasining kengayishiga va pirovard
natijada byudjet daromadlarining ko’payishiga olib keladi.
Moliyaviy siyosatning y
o’nalishi sifatida davlatning baho
siyosati monopol tovar va xizmatlar bahosi va tarifining tartibga
solinishi orqali ifodalanadi. O‘zbekiston Respublikasida ayni davrda
erosti boyliklari, suv havzalari, temir yo’llar, elektr uzatish tarmoqlari,
neft va gaz quvurlari davlatning monopol egaligidadir. Bu tarmoqlar
tovarlari va xizmatlari bahosining o’sishi milliy xo’jalik boshqa
barcha tarmoq va sohalarida baho-
larning o’sishiga olib keladi. Bu
yerda bog’lanish shunchalik ayonki, hech qanday izohga hojat yo’q.
Shuning uchun ham baho siyosati iqtisodiyotni tartibga solishning
muhim omili bo’lib hisoblanadi.
Investitsiya siyosati moliyaviy siyosatning muhim yo’na-
lishlaridan biri bo’lib, u eng avvalo, mamlakat iqtiso-diyotining real
sektoriga o’z va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoitlarni
yaratish bo’yicha ishlab chiqilgan va iqtisodiyotga joriy qilinadigan
tadbirlar kompleksidan iborat. Bu siyosat davlat boshqaruvi va
xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasini boshqarishning turli
darajalarida amalga oshiriladi. Investitsion siyosatning asosiy
vazifasi mamlakat iqtisodiyotiga investorlar tomonidan moliyaviy
resurslarni kiritish, mamlakatdan kapitalning xorijga chiqib ketmasligi
va, aksincha, mamlakatga xorijiy kapitallar oqimining kirib kelishi
uchun sharoitlarni yaratish orqali ifodalanadi.
Ijtimoiy moliyaviy siyosat Konstitutsiyaga muvofiq mamlakat
aholisining huquqlarini moliyaviy jihatdan ta’minlash bilan bog’liq.
Hozirgi paytda bu siyosat, o’z navbatida, pensiya siyosati,
immigratsion siyosat, aholi ayrim ijtimoiy guruhlariga moliyaviy
yordam ko’rsatish siyosati va boshqa siyosatlarni o’z ichiga oladi.
Boj siyosatini moliyaviy siyosatning yo’nalishi sifatida qarash
bilan birgalikda uni soliq va baho siyosatlarining ham bir qismi
sifatida e’tiborga olish kerak. Chunki soliqlar va bojlar (boj yig’imlari)
tovar va xizmatlarning bahosiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bir
vaqtning o’zida boj siyosati mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir
ko’rsatishning o’ziga xos bo’lgan usuliga ham egadir. Usulning
o’ziga xosligi shundaki, bu siyosat bir tomondan, mamlakat ichki
bozoriga import qilinayotgan tovarlar va xizmatlarni kengaytirishi
yoki cheklashi, ikkinchi tomondan esa, mamla-katdan tovarlar va
xizmatlar eksportini rag’batlantirishi yoki unga to’sqinlik qilishi
mumkin. Masalan, mamlakatda o’xshashi bo’lmagan texnologik
asbob-
uskunani import qilishga yuqori stavkali boj yig’imi o’rnatilsa,
bu narsa mamla-katdagi ishlab chiqaruvchilarning investitsion
imkoniyat-larini kamaytiradi, ichki ishlab chiqa
rishning o’sish
sur’atlarini
pasaytiradi,
import
qilinadigan
mahsulot-larning
salmog’ini oshiradi.
Har qanday mamlakatning boj siyosati bumerang harakatiga
egadir. Chunki boj undirishning cheklovchi yoki rag’batlantiruvchi
stavkalarining joriy etilishi
ko’p hollarda amaliyotda xuddi shunday
javob choralarining qo’llanilishiga olib keladi. Boj siyosati
yo’nalishining tanlanishi mamlakatning iqtisodiy ahvoliga mos kelishi
kerak. Masalan, bugun mamlakatimiz oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj
tovarlarining qaysi
dir bir turlarini import qilishga majbur bo’lsak, bu
holat boj stavkalarida o’z aksini topmog’i lozim. Ammo boj stavkalari
rag’batlan-tiruvchi bo’lsa, u holda mamlakatdagi tovar ishlab
chiqaruvchilar xorijiy tovarlar bilan raqobat qila olmay qoladi.
Umuman olganda, aksariyat hollarda mamlakatning boj siyosati
bojxona bojlari va to’lovlarini oshirishga yo’naltirilgan byudjet
siyosatiga bog’liq bo’ladi.
Xullas,
moliyaviy
siyosat
va
uning
tarkibiy
qismlari
(yo’nalishlari) ilmiy jihatdan asoslangan, ma’lum bir maqsadlarga
erishishga yo’naltirilgan, muvofiqlashtirilgan, takror ishlab chiqarish
sub’yektlarining manfaatlariga zid bo’lmaydigan bo’lishi kerak. Uning
muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlat ichki va tashqi qarzlarining
kamayishiga, davlatning oltin-valyuta zaxiralarining ortishiga, inflya-
tsiyani jilovlashga, byudjet defitsitining kamayishiga, YaIM hajmining
ko’payishiga, mamlakatimizda ishlab chiqarila-yotgan mahsulotlar
raqobatbardoshligining kuchayishiga olib kelmog’i lozim.
Dostları ilə paylaş: |