1.3. Takror ishlab chiqarish va moliya
Insoniyat hayot kechirishi uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-
joy va ijtimoiy sohani doimiy ravishda takror ishlab chiqarishi taqozo
etiladi.
Planetamiz
aholisi
sonining
o’sishi
va
uning
urbanizatsiyalashuv darajasining ortishi, mamlakatlar ichidagi va
ular o’rtasidagi qarama-qarshiliklarning kuchayishi, ilmiy-texnika
taraqqiyotining rivoj-
lanishi qator omillar ta’siri sharoitida “hayot
kechirish”ni takror ishlab chiqarish ayrim davlatlar mustaqil yashay
olishining muhim sharti bo’lib qolmoqda. Ma’lumki, xalqaro mehnat
taqsimotining foydali tomonlaridan tashqari zararli jihatlari ham
mavjud. Uning salbiy tomonlari yuqori texnologiyali ishlab
chiqarishlarning notekis taqsimlanishiga, eng boy-badavlat sanalgan
mamlakatlarda moliyaviy kapitalning tobora ko’proq to’planishiga
olib kelmoqda. Kamba
g’al va rivojlanish darajasi past bo’lgan
mamlakatlar esa hamon xomashyo qazib chiqarish va qishloq
xo’jalik mahsulotlari etishtirish bilan shug’ullanishga majbur
etilmoqda. Shunday bo’lishiga qaramasdan, har qanday sharoitda
ham takror ishlab chiqarish ja
rayonining mazmuni o’zgarmasdan
qolayotir. Moliya, bank va baho mexanizmlari orqali foydaning
asosiy qismi eng rivojlangan mamla-
katlarda yig’ilmoqda va ularga
kelgusida ham taqsimlashni o’zlari foydalariga hal qilishga imkon
berayapti.
Tarixiy taraqqiyotning aynan shunday sharoitlarida takror ishlab
chiqarish jarayonida moliyaning o’rni va ahamiyatini chuqur tasavvur
qilish O‘zbekistonning bo’lajak moliyachi mutaxassisi uchun o’ta
zarur sifat hisoblanadi.
Takror ishlab chiqarish jarayoni o’z ichiga quyidagi bosqichlarni
oladi:
ishlab chiqarish;
almashuv;
taqsimlash;
iste’mol.
Takror ishlab chiqarish uchun bu bosqichlar, albatta, majburiy
yoki shart bo’lib, ulardan hatto bittasi ishtirok etmasa, takror ishlab
chiqarish jarayoni uzilib qoladi. Uning har bir bosqichlariga bir yoki
bir necha iqtisodiy kate-goriyalar xizmat qiladi. Kategoriyalarning
takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishi bevosita va bilvosita
shakllarda bo’lishi mumkin. Masalan, baho kategoriyasi tovar
kategoriyasi singari
almashuv bosqichida markaziy o’rinni egallaydi.
Biroq, baho kategoriyasining ta’siri, takror ishlab chiqarishning bu
bosqichida boshqa kategoriyalar xizmat qilishiga qaramasdan,
iste’mol bosqichida bevosita namoyon bo’ladi. O‘zbekiston
sharoitida davlat mo
liyasining ijtimoiy mo’ljallanganlik darajasi yuqori
ekanligidan kelib chiqiladigan bo’lsa, taqsimlash bosqichida ularning
roli nisbatan kattaroq ekanligi yaqqol ko’rinadi. Takror ishlab
chiqarish jarayonining bu bosqichida (taqsimlashda) barcha ijtimoiy
manfaatlar va shunga muvofiq ravishda, jamiyatning barcha
qarama-qarshiliklari namoyon
bo’ladi. Iste’molga ketadigan jami
ijtimoiy mahsulot (JIM)dan, birinchi navbatda, takror ishlab
chiqarishning oldingi (o’tgan) tsiklida foydalanilgan mehnat qurollari
va
predmetlari qiymatini tiklash uchun mo’ljallangan qismi ajratiladi.
Bu qism takror ishlab chiqarishning yangi tsiklida ham uning shu
hajmda takrorlanishini ta’minlaydi. Qolgan qism mablag’larning
egasi va ishchilar o’rtasida taqsimlanadi. Taqsimlash nisbatlari
asrlar davomida shakllanib, unda ishtirokchilarning har biri o’ziga
tegishli bo’lgan qismni ko’paytirish maqsadida bir-birlari bilan doimiy
qarama-
qarshilikda bo’ladilar. Shunday qilib, jamiyatda yangidan
yaratilgan qiymat birinchi taqsimlash bosqich
ini va undan so’ng esa
almashuv va iste’mol bosqichlarini bosib o’tadi. Takror ishlab
chiqarish jarayonining har bir ishtirokchisi o’ziga tegishli bo’lgan
daromadni quyidagi ikki qismga
bo’ladi:
iste’mol fondi;
jamg’arish fondi.
Lekin bu bosqichga qadar taqsimlash jarayoniga davlat
aralashib, soliqlar, qarzlar, sug’urta to’lovlari kabi iqtisodiy
vositalardan foydalangan holda individual va jamoa daromadlaridan
o’zining hissasini (o’ziga tegishli bo’lgan qismni) ajratib oladi.
Qayd etish joizki, daromadlar qancha qismini olishning
chegarasini aniqlashda jamiyat ishtirok etadi. U jamo-atchilik
tashkilotlari, partiyalar va shunga o’xshashlar orqali, qonunchilik va
ijroiya hokimiyatini shakllantirish yo’li bilan davlat faoliyatining
chegarasini aniqlashga haraka
t qiladi. O‘z navbatida, davlat ham
o’zining harakat doirasini (sohasini) kengaytirishga harakat qiladi.
Uning funksiyalari qancha keng bo’lsa, jamiyat a’zolari
daromadlarining shuncha katta summalariga davlat da’vo-garlik
qiladi. Shu munosabat bilan iste’mol proportsiyalari (nisbatlari) ham
o’zgaradi. Masalan, agar davlat maorif, sog’liqni saqlash, ijtimoiy
ta’minot xarajatlarining kattaroq qismini o’z zimmasiga olsa (bizning
mamlaka-timizda aynan shunday), bu narsa ishchi kuchining
bahosida va demak, mehn
at haqining darajasida o’z aksini topadi.
Bu jarayonda ijtimoiy iste’mol fondlarining hissasi qancha
yuqori bo’lsa, shaxsiy iste’mol fondlarining hissasi shuncha past
bo’lishi bilan xarakterlanadigan tendentsiyani tushunish juda
muhimdir. Moliya nazariyasida takror ishlab chiqarish jarayonida
davlat ishtirokining qiyosiy samara-dorligi xususidagi bahslar hali-
hamon to’xtaganicha yo’q. Har bir davlat uchun ma’lum bir davrda
mamlakat aholisi (alohida shaxslar emas, balki aholining keng
qatlami) qancha boy bo
’lsa, davlatning o’zi ham shuncha boy
bo’ladi, degan tushunchadan kelib chiqib, aniq tavsiyalar ishlab
chiqmoq maqsadga muvofiq. Chunki daromadning yuqori darajasi
yuqori iste’mol talabini, sog’lomlashib borayotgan iqtiso-diyotni
vujudga keltiradi. Shunga mos ravishda soliqqa tortiladigan baza
(asos) o’sadi va jamg’armalar hissasi oshadi. Jamg’armalar ssuda
kapitalining asosini tashkil etib, o’z navbatida, ular kengaytirilgan
takror ishlab chiqarishga va ilmiy-
texnika taraqqiyotiga o’z ijobiy
ta’sirini ko’rsatadi.
Hukumatlari soliqlar orqali shaxsiy daromad miqdorlarini
chegaralab (cheklab) qo’ygan mamlakatlarda iqtisodiyot o’sish
bazasi ham torayishi mumkin. Taqsimlash jarayoniga davlat
aralashuvining balanslashtirilgan chegaralari buzilsa, butun takror
ishlab chiqarish jarayoni ham buziladi (izdan chiqadi). Agar ijtimoiy
portlashlarning oldini olish maqsadida davlat aholi kambag’al
qatlam-
larini qo’llab-quvvatlash bo’yicha qo’shimcha ravishda
majbu-
riyatlarni o’z zimmasiga olsa, bu holda vaziyat o’zgarishi
mumkin.
Markazlashtirilgan rejali tizimni bozor mexanizmi bilan to’liq
almashtirilganligi sharoitida eski taqsimlash tizimining saqlanib
qolishi mumkin emas. Biroq yangi tizimni yaratishda iqtisodiyot
tarmoqlari
texnologiyala-rining
holati,
tarkibiy
tuzilishi,
raqobatbardoshlik va boshqa omillar inobatga olinishi kerak. Boshqa
mamlakatlarning bu boradagi tizimidan ko’r-ko’rona nusxa olish
noto’g’ri va bu o’zini oqlamaydi.
Takror ishlab chiqarish jarayonining taqsimlanishini tahlil
qilishni tanlab, kapitalning real harakatida faqat moddiy ishlab
chiqarish sohasi bilan chegaralanish etarli emas. Bundan tashqari,
kapitalning milliy chegaralarni tan olmasligini ham e’tirof etmoq
lozim. Chunki bunga faqat birja va bank sohalarining o’ziga xos
xususiyatlari emas, balki transmilliy kompaniyalarning keng
rivojlanishi ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Taqsimlash jarayonida moliyaning roli va o’rnini ko’rsatish
uchun JIMning o’rniga YaIMdan foydalanish mumkin. Bunda har ikki
ko’rsatkichlar o’zlarining afzal-liklari va kamchiliklariga ega ekanligini
e’tiborga olish lozim bo’ladi. Masalan, YaIM tarkibiga mahsulotni
ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan moddiy xarajatlar kiritilmaydi.
Bir vaqtning o’zida esa, JIMning tarkibiga noishlab chiqarish
xizmatlari kir
itilmaydi, xolbuki, ularning salmog’i yuqori darajada
taraqqiy etgan jamiyat-larda jamiyat xarajatlarining 1/3 qismini
tashkil etishi mumkin. Biroq taqsimlashning ko’pqadamli ekanligi
inobatga olinadigan bo’lsa, JIM ko’rsatkichi yuqoridagi maqsadlar
uchun ma’lum bir afzalliklarga ega ekanligi ma’lum bo’ladi. Chunki u
takror ishlab chiqarishning muhim sohasi bo’lgan moddiy ishlab
chiqarish sohasini o’zida to’liqroq aks ettiradi.
JIM quyidagi ikki asosiy qismdan iborat:
mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan ishlab chiqarish
vositalarining qiymati (mehnat qurollari va mehnat predmetlari);
milliy daromad (ishchi kuchi va qo’shimcha mahsulotning
qiymati).
Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun o’z mablag’lari etarli
bo’lmagan sharoitda davlat subsidiyalaridan yoki bank kreditidan
foydalanish mumkin. Ularning har ikkalasi ham moddiy ishlab
chiqarish sohasidan chetda shakllanadi. JIMning qiymatidan
sarflangan ishlab chiqarish vositalarini tiklashni (amortizatsiya
ajratmalari, materiallar, xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar sotib
olish, yoqilg’i, elektroenergiyani xarid qilish ko’rinishlarida va h.k.)
taqsimlash jarayonlariga kiritish mumkin emas. Bu tiklanish takror
ishlab chiqarishning uzluksiz zarurligi bilan belgilanadi.
Agar moddiy ishlab chiqarish sohasini yagona tizim sifatida
qabul qilinsa, u holda keyingi qayta taqsimlash MDdan faqat
soliqlarni to’lashga borib tugar edi. Biroq taqsimlashning real
sohasida faqat davlat (soliq tizimi orqali) ishtirok etibgina
qolmasdan, balki xizmat ko’rsatish sohasi, maorif, sog’liqni saqlash,
bank tizimi va h.k.lar ham qatnashadi. Davlat o’z daromadlarini
shakllantirib,
ular
hisobidan,
xususan,
byudjet
sohasining
xodimlariga ish haqi to’laydi. Byudjet tizimida ishlaydiganlar esa, o’z
navbatida, Davlat byudjetining daromadlarini shakllan-tirishga
yo’naltirilgan soliqlarni to’laydilar. Fuqarolar o’zlarining shaxsiy
daromadlari hisobidan turli xizmatlarning haqini to’laydilar, sug’urta
fondlariga
ajratmalar
(badallar)
qiladilar,
bank
kreditidan
foydalanganliklari uchun foizlarni qayta-radilar. Korxonalar turli
xizmatlar ko’rsatish orqali topgan daromadlari hisobidan ham
soliqlar to’laydilarki, ular byudjet daromadlarini shakllantirishga
yo’naltiriladi. Taqsimlashning tarkibiga kiruvchi barcha munosabatlar
ham
moliya bo’lavermaydi. Lekin taqsimlashning chegarasidan
chetda moliya mavjud emas.
JIMning ikkiga
bo’linishi
bilan
xarakterlanadigan
taqsimlashning birinchi bosqichidan so’ng ikkinchi bosqich
boshlanadiki, unga muvofiq MD jamg’arish fondi va iste’mol fondiga
bo’linadi.
Jamg’arish fondi ikki qismdan iborat bo’lib, uning bir qismi
takror ishlab chiqarishni kengaytirish va ikkinchi qismi esa
zaxira(rezerv)
fondlarini
shakllantirishga
mo’ljallangandir.
Taqsimlashning bu bosqichida moliyaning ishtiroki iqtisodiyotga
davlat investitsiyalarini kiritish, davlat rezervlarini shakllantirish va
sug’urta fondlarini tashkil qilish orqali namoyon bo’ladi. Bunda
tegishli fondlarni shakllantirish bosqichi bu bosqichdan oldinroq
amalga oshiriladi. Lekin bu yerda tegishli navbatga rioya qilinmasligi
ham mumkin. Chunki barcha daromad va xarajatlar yil boshida
tasdiqlangan byudjet ko’rsatkichlari doirasida (chegarasida) amalga
oshiriladi. Tarixiy taraq-qiyotning bugungi bosqichida deyarli barcha
mamlakatlarda
byudjet qonun kuchiga ega bo’lib, bu narsa
taqsimlash jarayonining qonuniyatlarini o’rganayotgan paytda
daromad va xarajat-larning ketma-
ketligiga e’tibor bermaslikka
imkon beradi. Ko’pchilik hollarda amaliyotda daromadlar hali
yig’ilmasdan oldin xarajatlarning amalga oshirilishi sodir bo’ladi.
Bunday vaziyatlarda, ya’ni daromad va xarajatlarning muddatlari
bo’yicha paydo bo’layotgan nomuvofiqlikning oldini olish uchun (yoki
shu muammoni hal etish uchun) davlat krediti mexanizmidan
foydalanish mumkin.
Jamg’arish fondi va iste’mol fondi o’rtasidagi nisbat vaqt
jihatidan ham, takror ishlab chiqarish jarayonining alohida olingan
sub’yektlari (davlat bilan ham birgalikda) o’rtasida ham juda
alohidadir.
Iste’molning
darajasiga
texnologiya
holati,
kommunikatsiyalar, davlat tuzilmasi, partiya va harakatlarning
obro’si va boshqa shu kabi ko’plab omillar o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Jamg’arish fondi va iste’mol fondi o’rtasidagi nisbatlarning
o’zgarishiga qarab qator xulosalar qilish mumkin. Masalan, iste’mol
fondining etarli yuqori darajadasida noishlab chiqarish sektorida
jamg’arishning hissasi ortadi (ya’ni, shaxsiy jamg’armalar o’sadi).
Agar MDda iste’molning nisbiy hissasi kamroq bo’lsa, korpo-rativ
jamg’armalar o’sadi. Chunki yaratilgan MD yangidan yaratilgan
qiymatdan boshqa narsa emasdir. Butun takror ishlab chiqarish
jarayonining negizida o’ziga xos tovar bo’lgan ishchi kuchi yotadi.
Tovar sifatida ishchi kuchi o’zini takror ishlab chiqarish xarajatlaridan
ortiq bo’lgan qiymatni yaratish xususiyatiga egadir. Bu xususiyat
ishlab chiqarishning boshqa tarkibiy qismlari bo’lgan mehnat
qurollari va mehnat predmetlariga esa xos emas.
O‘z navbatida, istemol fondi ham quyidagi ikki tarkibiy qismdan
iborat:
ijtimoiy iste’mol fondlari;
shaxsiy iste’mol fondlari.
Davlatlarda ijtimoiy va shaxsiy iste’mol fondlari o’rtasidagi
nisbat hokimiyat tuzilmasiga, an’analarga va h.k.larga bog’liq. Yaqin
o’tmishda kommunistik yoki sotsialistik partiyalar hukmronlik qilgan
mamlakatlarda ijtimoiy iste’mol fondlari iste’mol fondlarining umumiy
hajmida asosiy o’rinni egallagan. Chunki ijtimoiy iste’mol fondlari
orqali davlat maorif, sog’liqni saqlash va ijtimoiy yordam ko’rsatish
jarayonlarini moliyalashtirishni tashkil etgan.
Ayni zamonda ham ijtimoiy hayotni demokratlashti-rish
darajasi yuqori bo’lgan Shvetsiya, Norvegiyada yoki neftga boy
Saudiya Arabistoni, Quvayt, Birlashgan Arab amirliklari, Bruney
sultonligi kabi ayrim davlatlarda ham ijti-
moiy iste’mol fondlarining
iste’mol fondlaridagi salmog’i katta. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning
o’ziga xos yo’lini tanlagan O‘zbekiston Respublikasida ham
aholining ijtimoiy himoyasiga iste’mol fondlarining katta qismi
ajratilyapti.
Demak, yuqorida bayon etilgan mulohazalardan ko’rinib
turibdiki, o’z zimmasiga juda katta ijtimoiy vazifalarni olgan
davlatlarda iste’mol fondlarining umumiy hajmida ijtimoiy iste’mol
fondlari asosiy o’rinni egallaydi. Chunki ijtimoiy iste’mol fondlari
orqali davlat maorif, sog’liqni saqlash va ijtimoiy yordam ko’rsatish
jarayonlarini moliyalashtirishni
tashkil etadi. Ijtimoiy iste’mol
fondlarining salmog’i boshqa mamlakatlarda ham nisbatan yuqori
bo’lib, bu fondlar orqali boshqaruv xarajatlari, mudofaa, sanoat,
qishloq xo’jaligi va h.k.larni moliya-lashtirish qo’llab-quvvatlanadi.
Shuni
ta’kidlash
kerakki,
ijtimoiy
iste’mol
fondlarini
shakllantirish va ulardan foydalanishni moliyaning ishtirokisiz
tasavvur etib bo’lmaydi. Boshqa iqtisodiy kategoriyalar bu jarayonda
bevosita ishtirok etmaydi. Ammo bu holatni so’zma-so’z tushunish
kerak emas. Chunki, masalan, buxgalteriya hisobi tizimi soliqlar va
ajratmalarning hajmini aniqlashga sharoit yaratadi, baholar va amor-
tizatsiya ajratmalari tizimi esa foyda summasiga o’z ta’sirini
ko’rsatadi. Biroq ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirish va ulardan
foydalanishning bevosita jarayoniga faqat moliya xizmat qiladi.
Ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirish va ishlatish asosan
Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladi. Bu fondlarning bir qismi
ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot fondlarini shakllantirishga
s
arflanadi. Bozor iqtisodiyoti xos bo’lgan dunyoning ko’pchilik
mamlakatlarida ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot fondlarini
shakllantirishda o’zining to’lovlari bilan ish beruvchilar va yollanma
mehnat xodimlari ham ishtirok etadilar. Oxirgi holda ijti
moiy iste’mol
fondini shakllantirishga shaxsiy iste’mol fondining bir qismi
yo’naltiriladi. Shaxsiy iste’mol fondining qolgan qismi quyidagi ikki
qismga bo’linadi:
shaxsiy jamg’arma fondlari;
iste’mol fondlari.
Shaxsiy iste’mol jamg’armasining aynan shu ikki qismi
tovarlarni olish-
sotish bilan bog’liq operatsiyalarning to’laqonli
faoliyat ko’rsatishi uchun tegishli sharoitni yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’mol fondi va jamg’arish fondi
o’rtasidagi nisbat hamda ularning hajmi davlatning rivojlanish
sur’atini belgilab beruvchi muhim ko’rsatkichlar qatoriga kiradi. Agar
davlat soliqlar ko’rinishida birlamchi daromadlarning katta qismini o’z
ixtiyoriga olib qo’ysa, u shu bilan iqtisodiyotning rivojlanishiga
to’sqinlik qilishi mumkin. Bu yerda hamma narsa boshqaruv organi
sifatida davlatning xususiyatiga borib taqaladi
– uning xarajatlari
ortiqcha (davlat apparati xarajatlarini moliyalashtirish to’g’risida gap
ketayapti), samarasiz (iqtisodiyotga qilinadigan xarajatlar qismi) yoki
nooqilona (ijtimoiy soha xarajatlari haddan ziyod qimmat bo’lib,
ishchi kuchining takror ishlab chiqarilishini rag’batlan-tirmaydi)
bo’lishi mumkin.
Xalqaro amaliyotdan ma’lumki, yaratilayotgan daro-madlarning
30 foizdan ortiq qismi olib qo’yilayotgan davlatlarda ishlab
chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchilarda iqtisodiy o’sish uchun
mablag’lar etarli bo’lmay qolishi mumkin. Shunday holatlarda davlat
ishchi kuchini takror ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlarning bir
qismini o’zi hisobidan amalga oshirishi taqozo etiladi. Soliqqa tortish
darajasi yuqori bo’lgan sharoitda soliqni to’lashdan bosh tortish
tendentsiyasi kuchayishi tufayli soliqlarni undirish xarajatlari ham
ortadi.
Dostları ilə paylaş: |