Qiluvchi omillar va ularning mintaqa iqtisodiyotiga



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix30.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#151025
1   2   3   4   5   6   7
sanoat-korxonalari-innovatsion-faoliyatiga-ta-sir-qiluvchi-omillar-va-ularning-mintaqa-iqtisodiyotiga-ta-siri

ǀ
ISSUE 5 
ǀ
2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 156
-siyosiy-huquqiy soha (innovatsion va ilmiy-texnik sohani huquqiy tartibga 
solishda milliy, mintaqaviy reja va dasturlarning mavjudligi); 
-xo‘jalik yuritishning strategik qamrovi (bozorning muayyan segmentida 
innovatsiyalarning paydo bo‘lish tezligi); 
-mehnat resurslari bozori. 
Bizning fikrimizcha, keltirilgan tasniflar, korxona innovatsion faoliyatiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillarning faqatgina kichik bir qismini qamrab olgan. Shuni ta’kidlash 
joizki, ilmiy adabiyotlarda innovatsion faoliyatga bevosita ta’sir o‘tkazuvchi omillar 
aniqlangan emas. 
Tadqiqotimizning asosiy maqsadi korxona innovatsion faoliyatiга ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillarni tasniflash asosida sanoat korxonalari faoliyatini mintaqa 
iqtisodiyoti samaradorligiga ta’sirini aniqlash. Fikrimizcha, korxona innovatsion 
faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bir qator belgilariga ko‘ra tasniflash maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida boshqaruvchanlik darajasiga 
ko‘ra korxona innovatsion faoliyatiga ta’sir o‘tkazuvchi omillarning quyidagi tasnifiy 
belgilari taklif qilin mumkin. 
Kelib chiqish manbalariga ko‘ra, omillar tabiiy-iqlimiy, ijtimoiy, moliyaviy-
iqtisodiy, sanoat-texnologik, ilmiy-texnik va tashkiliy-boshqaruv guruhlariga bo‘linadi. 
Tabiiy-iqlimiy omillar sanoat korxonalari innovatsion faoliyati natijalariga katta 
ta’sir o‘tkazadi. Mintaqada joylashgan sanoat korxonalari innovatsion faoliyati 
rivojlanishi va innovatsion faoliyatning o‘sishiga suv ta’minoti, qulay iqlim, ish 
sharoitlar va yirik yoqilg‘i va xom-ashyo manbalarining mavjudligi katta hissa qo‘shadi. 
Tabiiy-iqlimiy sharoitning murakkabligi, ishchi kuchining yetishmasligi, ishlab 
chiqarish kuchlari, transport rivojlanish darajasining pastligi, aksincha korxona 
innovatsion faoliyati rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi bilan birgalikda, korxona 
innovatsion faoliyat darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi yuqorida keltirilgan 
muammolar yechimi uchun juda katta mablag‘ talab qiladi. 
Ijtimoiy omillarga demografik vaziyat, ijtimoiy keskinlik darajasi, ishchilarning 
yashash sharoiti, korxonada sog‘lomlashtirish, sport va madaniy xordik ishlarini 
tashkillashtirish, kadrlarning madaniy, ta’limdagi umumiy darajasi va boshqalarni 
kiritish mumkin. Bular korxona ishlab chiqarish resurslarining samarali va to‘laroq 
ko‘llanishiga, inson kapitalining koorporativ rivojlanishi va shakllanishini ta’minlashga 
xizmat qiladi. 
Moliyaviy-iqtisodiy 
omillar 
mablag‘, 
xom-ashyo, 
materiallar 
bilan 
ta’minlanganlikni, qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish imkoniyatlari darajasini 
aniqlaydi. Innovatsion faoliyatning moliyaviy-iqtisodiy omillarini tadqiq qilish, eng 
avvalo, korxonaning innovatsion rivojida moliyaviy imkoniyatlarini tadqiq qilish 
imkoniyatini, kornonaning hozirgi va kelajakdagi moliyaviy holatida innovatsion 
strategiya rivojlanishining yo‘nalishini oldindan ishlab chiqish imkoniyatini beradi. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin