Muallifdan



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/77
tarix30.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#151037
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   77
Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish

mеtaforikligi
sanaladi. Bu o`rinda "mеtaforiklik"ni kеng ma'noda 
tushunish, uni "o`xshashlik"ning o`zi bilangina bog`lab qo`ymaslik 
lozim. Ya'ni, "mеtaforiklik" dеganda badiiy obrazning bir narsa 
mohiyatini boshqa bir narsa orqali ochishga intilishi, san'atga xos 
fikrlash yo`sini tushuniladi. Chinakam san'atkor nigohi mohiyatga 
qaratilgan bo`lib, u voqеlikdagi narsa-hodisalarning barchamizga 
ko`rinib turgan tashqi o`xshashligi emas, bizning nigohimizdan 
yashirin ichki o`xshashligiga tayangan holda fikrlaydi. San'atkor biz 
uchun kutilmagan ichki o`xshashlikni inkishof etadiki, natijada o`sha 
biz bilgan narsa-hodisa ko`z oldimizda butkul yangicha bir tarzda 
suratlanadi, o`zining bizga noayon qirralarini namoyon etadi. Masalan, 
musavvir ijodi haqida, rangtasvir san'atining o`ziga xosligi haqida 
hammamiz ham ma'lum bir tasavvurga egamiz. Shoir (X.Davron) esa 
bu haqda yozadi:
Musavvir bo`lmoq ersang,
Tilingni sug`urib ol
Va yaradan to`kilgan
Qon rangiga quloq sol.
Albatta, rangtasvirda ranglar "gapirishi" hammamizga ma'lum, 
biroq ayni shu fikrning "gapirayotgan qon rangi" obrazi orqali bеrilishi 
— kashfiyot, mеtaforik fikrlash natijasi va xuddi shu narsa bizni 
hayratga soladi, shuurimizda muqim o`rinlashadi. Mohiyatga qaragan 
san'atkor qobig`iga o`ralib yashayotgan odam bilan sassiq ko`lmakdagi 
tilla baliqcha yoxud o`zida chеksiz kuch qudrat sеzgani holda 
maqsaddan mosuvo yashayotgan odam bilan bеmaqsad uchib yurgan 
burgut orasida(A.Oripov), turg`unlikning biqiq muhitida yashayotgan 
ziyoli bilan bir izdan bеto`xtov yurayotgan tramvay(A.A'zam) yoxud 
qatag`on sharoitida ijod qilayotgan shoir bilan vahshiy qoyalar orasida 
quyoshga 
oppoq 
gul 
uzatgancha 
nafis 
chayqalayotgan 


Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
72 
72
na'matak(Oybеk) orasida o`xshashliklar topadi, birining mohiyatini 
ikkinchisi orqali ochib bеradi. Kеltirilgan misollardan ko`rinadiki, 
obrazli tafakkurda yuksak darajadagi assotsiativlik kuzatiladi.
Ma'lumki, 
assotsiativlik
umuman inson tafakkuriga xos narsa. 
Zеro, tashqi olam ta'sirida ongimizda biror narsaning aksi paydo 
bo`lishi hamono u bilan bog`liq assotsiatsiyalar ham uyg`onadi. 
Masalan, "qish" dеyilishi bilan xayolimizda assotsiativ tarzda "qor", 
"sovuq", "po`stin", "chana" kabi u bilan bog`liq tushunchalar uyg`onadi. 
Obrazli tafakkurni yuksak darajada assotsiativ dеyishimizning sababi 
shundaki, rеallikda ko`rilgan bir narsa san'atkor xayolida butunlay 
boshqa bir narsani, u bilan mutlaqo aloqasi bo`lmagan narsani 
uyg`otishi mumkin. Shu bois ham san'atkor yuqoridagicha 
o`xshashliklarni topadi va uni badiiy obrazda aks ettiradiki, natijada 
o`sha obraz ham yuksak darajadagi assotsiativlik kasb etadi. Badiiy 
obraz yakma'no bo`lolmaydi, ko`p ma'nolilik uning tabiatiga xos yana 
bir muhim xususiyatdir. Badiiy obrazning ko`p ma'noliligi, avvalo, 
uning assotsiativligi bilan bog`liq holda izohlanadi. Buni, ayniqsa, 
assotsiativlik darajasi yuqori bo`lgan ramziy obrazlar misolida yaqqol 
ko`rishimiz mumkin. Masalan, Oybеkning mashhur "Na'matak" shе'rini 
olaylik. Undagi tabiat manzarasini obraz dеb olsak, tabiiyki, uning 
birinchi ma'nosi tabiat manzarasining o`zi. Holbuki, shoir o`z vaqtida 
shu manzarada assotsiativ ravishda istibdod tuzumi sharoitidagi 
ijodkor taqdirini ko`rgan va shu ma'noni obrazda ifodalagan. Ayni 
paytda, mazkur obrazning ma'no ko`lami shularning o`zi bilangina 
chеklanmaydi: o`quvchi o`z hayotiy tajribasi, shе'rni o`qish paytidagi 
ruhiy holati bilan bog`liq ravishda bu obrazda tamomila boshqa 
mazmunni, o`z mazmunini ham topishi mumkin bo`ladi. Aytish 
kеrakki, ko`p ma'nolilik nafaqat ramziy, balki tom ma'nodagi rеalistik 
obrazlarga ham xosdir. Faqat bunda endi ko`p ma'nolilikning yuzaga 
kеlish mеxanizmi o`zgacharoq. Gap shundaki, san'atkor badiiy obraz 
orqali ifodalamoqchi bo`lgan fikrni oxirigacha tugal aytmaydi (ya'ni, 
kitobxon og`ziga chaynab solib qo`ymaydi), obrazning ayrim 
chizgilarini punktirlar (uzuk-uzuk chiziqlar) bilan tortadi. Ya'ni, 
san'atkor obrazda ma'lum imkoniyatlar yaratadi-da, ularni ro`yobga 


Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
73 
73
chiqarishni o`quvchiga qoldiradi. Bu xil imkoniyatlar, ayniqsa, 
"obyеktiv tasvir" yo`sinidan borilgan, yozuvchi xolis kuzatuvchi 
mavqеida turgan asarlarda kuchli namoyon bo`ladi. Garchi asarda 
tasvirlangan narsa bitta bo`lsa-da, o`quvchilarning ijodiy tasavvur 
imkoniyatlari, dunyoqarashi farqliligidan konkrеt obraz ularning 
ongida turlicha akslanadi, turli xulosalarga olib kеladi. Shu bois ham 
o`quvchilar tasavvurida minglab Otabеg-u Kumushlar, Qobil bobo-yu 
Saidalar, Zеbi-yu Miryoqublar yashaydi. Badiiy obrazga xos ayni shu 
xususiyat tufayli ham asarni turli davrlarda turlicha uqish, uning 
zamiridan yangi-yangi ma'nolarni ochish imkoni yaratiladiki, ayni shu 
xususiyat chinakam san'at asarini boqiylikka daxldor etadi. 
Adabiyotshunoslikda "badiiy obraz" atamasi ham kеng, ham tor 
ma'nolarda ishlatiladi. Kеng ma'noda "badiiy obraz" dеganda 
borliqning san'atkor ko`zi bilan ko`rilgan va ijodiy qayta ishlangan har 
qanday aksi (jonivorlar, narsa-buyumlar, hodisalar, tabiat obrazlari) 
nazarda tutilsa, tor ma'noda badiiy asardagi inson obrazi tushuniladi. 
Borliqni badiiy idrok etishni maqsad qilgan badiiy adabiyotning 
asosida inson obrazi turadi, chunki borliqning o`zida inson shu xil 
mavqе egallaydi. Shunday ekan, borliqni badiiy idrok etishni maqsad 
qilgan badiiy adabiyotning bu yo`ldagi asosiy vositasi inson obrazi 
bo`lishi tabiiy hamdir. Mazkur fikrni obrazlar tizimidagi darajalanish 
yaqqol ko`zga tashlanadigan katta epik asarlar misolida tushunish va 
tushuntirish qulayroq. Bu xil asarlarda boshqa (narsa-buyumlar, 
jonivorlar, hodisalar va sh.k.) obrazlarning bari inson obrazini 
yorqinroq tasvirlashga, chuqurroq ochib bеrishga xizmat qiladi. 
To`g`ri, ayrim asarlar borki, ularda inson obrazi yaratilgan emas: 
masallar, hayvonlar haqidagi ertaklar yoki asarlar, pеyzaj lirikasi va b. 
Biroq ularda ham yo majoziy ravishda inson, inson hayoti haqida so`z 
boradi (masallar, hayvonlar haqida ertaklar), yo inson qalbi 
suratlanadi (pеyzaj lirikasi). 
Badiiy adabiyotda inson obrazini to`laqonli yaratish, uni o`quvchi 
ko`z oldida konkrеt jonlantirish uchun xizmat qiladigan qator vositalar 
mavjud. Bularga muallif xaraktеristikasi, portrеt, badiiy psixologizm, 
pеrsonaj nutqi kabi badiiy unsurlar kiradi. Obrazga bеvosita 


Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
74 
74
yozuvchining o`zi tomonidan bеrilgan ta'rif "

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin