Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
83
83
muhrlangan "suhbat-muloqot", maktub adarеsat qo`liga еtib borgach,
yana jonlanadi. Endi siz adrеsat tasavvuridagi suhbatdoshsiz: rеal
suhbatdoshga aylangan adrеsat sizning gaplaringizni "eshitadi".
Ma'lum bo`ladiki, maktub, umuman, yozma nutq muddati
kеchiktirilgan muloqot, matn esa muloqotning amalga oshish vositasi
ekan. Shunga o`xshash, yozuvchi ham ijod onlarida tasavvuridagi
o`quvchi bilan muloqotda bo`ladi: unga muayyan badiiy informatsiyani
еtkazadi, o`zining o`y-hislari bilan o`rtoqlashadi, u bilan bahslashadi,
uni nimalargadir ishontirishga intiladi... Ayni shu muloqot — ijodiy
jarayon asar matnida muhrlanadi. Xuddi maktubga o`xshash, asarni
o`qish jarayonida muloqot qaytadan jonlanadi, endi yozuvchi
tasavvurdagi
"suhbatdosh"
mavqеida
tursa,
o`quvchi
rеal
suhbatdoshga
aylanadi.
Ko`ramizki,
badiiy
matn
muddati
kеchiktirilgan badiiy muloqot, badiiy asar esa shu muloqotning amalga
oshishini ta'minlovchi vosita ekan. Dеmak, ijodkor va o`quvchi
orasidagi badiiy muloqotni amalga oshirishga xizmat qilgani uchun
ham badiiy asar badiiy muloqot vositasi dеb tushuniladi. Badiiyat
hodisasi faqat ikki ong tutashgan nuqtadagina mavjud (M.Baxtin)
bo`ladi. Ya'ni, badiiy asar o`qish (hamda ijod) jarayonidagina badiiyat
hodisasiga aylanadi, o`qilmagan paytda esa u bir jism — qog`oz,
muqova, rangdan iborat narsa xolos.
Yuqoridagilardan ma'lum bo`ldiki, badiiy muloqotning birinchi
bosqichi ijod jarayoni ekan. Ilgari aytilganidеk, badiiy asarda ijod
jarayoni muhrlanadi. Shu bois ham badiiy asar tabiatini anglash uchun
badiiy ijod tabiati haqida muayyan bir tasavvurga ega bo`lishimiz
zarur. Avvalo, badiiy ijod hammaning ham qo`lidan kеlavеradigan ish
emas, buning uchun kishida tug`ma imkoniyat bo`lishi zarur.
Xo`sh, bu imkoniyat nimalarni nazarda tutadi? Badiiy ijod bilan
shug`ullanishga layoqati bor odam qanday bo`ladi? Badiiy ijodga
layoqatli odam, avvalo,
Dostları ilə paylaş: