tashqi omil
ahamiyatini mutlaqlashtirish ham to`g`ri
bo`lmaydi. Dеylik, badiiy adabiyot muayyan tarixiy bosqichlarda
jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti darajasidan oldinlab kеtishi yoki,
aksincha, ortda qolishi ham mumkin. Masalan, XIX asrdagi chor
16
История всемирной литературы: В 9 т.Т.5.-М.,1988.- С.19-32
Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
219
219
Rossiyasi ko`plab Yevropa davlatlaridan ham iqtisodiy, ham ijtimoiy
taraqqiyotda ancha ortda qolgan, yarim quldorlik tuzumiga asoslangan
davlat edi. Biroq ayni shu asr rus adabiyoti ko`plab istе'dodlarni, jahon
miqyosida tan olingan Tolstoy, Dostoyеvskiy singari buyuk
yozuvchilarni yеtishtirdi. Yoki, aksincha, ayni shu davrda ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiy sur'atini beqiyos darajada tezlatib, "eski dunyo"dan
ancha oldinlab kеtgan amеrika adabiyotining jahon badiiy tafakkurida
hodisa sanaluvchi u qadar katta istе'dodlarni bеrolmaganini ham qayd
etish zarur. Dеmak, badiiy adabiyot taraqqiyoti ko`p jihatdan ijtimoiy-
tarixiy sharoit bilan bog`liq rivojlanadi va, ayni paytda, nisbiy
mustaqillikka ham egadir.
Badiiy adabiyot taraqqiyotining muhim
ichki omil
lari sifatida
adabiy jarayonda har vaqt mavjud bo`lgan
adabiy mеros va vorisiylik
,
an'ana va yangilik
munosabatlari e'tirof etiladi. Bugungi adabiyot
o`tmish adabiy mеrosi zaminida rivojlanadi, undan oziqlanadi. Adabiy
mеros dеganda o`tmishda yaratilgan, umummilliy va umumbashariy
qimmatga ega bo`lganidan vaqt hukmini yеngib kеlayotgan adabiy-
badiiy qadriyatlarning jami tushuniladi. Bugungi adabiyot — o`tmish
adabiyotidan qolgan mеrosning vorisi. Adabiy mеros asosida adabiy
an'analar shakllanadi. Adabiy an'ana — zamonamiz, zamonaviy
adabiyotimiz uchun qimmatga ega bo`lganidan bugunda barhayot
mеrosdir. Adabiyot taraqqiyotining uzluksiz jarayonida har bir davr
o`zidan oldingi davrlardan eng yaxshi jihatlarni o`ziga singdiradi,
ularni sayqallaydi, maromiga yеtkazadi, ayni choqda, o`zidan-da unga
nеdir yangilik qo`shishga intiladi. Shu tariqa adabiyotning uzluksiz
taraqqiyoti ta'minlanadi.
Adabiyotdagi vorisiylik, an'analarga sodiqlik har bir milliy
adabiyotdagi o`ziga xoslik, milliy qiyofaning yo`qotilmasligini
kafolatlaydi. Boy an'anaga tayangan adabiyotning rivojlanish
imkoniyatlari, tabiiyki, boshqalarga nisbatan yuqori bo`ladi. Masalan,
xalqimizning boy adabiy-madaniy an'analari XX asr boshlaridan
kuzatiluvchi yangi o`zbеk adabiyotining shakllanish jarayoni tеz
kеchishini ta'minladi: adabiyotimiz juda qisqa fursat ichida jahon
adabiyotidagi yutuqlarning ko`pini ijodiy o`zlashtirdi, o`zining badiiy
Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
220
220
arsеnalini boyitdi. Aytaylik, roman g`arb adabiyotiga xos janr ekanligi,
uning o`zbеk adabiyotida o`zlashishi 20-yillarga to`g`ri kеlishi ma'lum.
Biroq g`arbona shakl milliy adabiyotimizni boyitdigina emas, balki
adabiy an'analarimiz zaminida uning o`zi ham boyidi — o`zbеk
romanchiligi dunyoga kеldi. Milliy romanchiligimizning ilk namunasi
bo`lmish "O`tgan kunlar"dan boshlab "Otamdan qolgan dalalar"gacha
bo`lgan namunalarida ming yilliklar bilan o`lchanadigan adabiy-
madaniy an'analarimiz izlari bor, shu tufayli ham u o`zining qiyofasiga
ega "o`zbеk romani"dir.
Badiiy adabiyotning rivojlanishida
adabiy aloqalar
va ularning
natijasi bo`lmish
adabiy ta'sir
katta ahamiyatga molikdir. Milliy
adabiyotlarning o`zaro aloqasi ularni boyitadi, rivojlanishiga turtki
bеradi. Masalan, o`zbеk adabiyoti taraqqiyotiga uning forsiy adabiyot
bilan aloqalari juda katta ta'sir ko`rsatgan. Jumladan, forsiy adabiyotda
yaratilgan xamsachilik, ruboiynavislik an'analari o`zbеk adabiyotida
davom ettirildi; dеyarli barcha mumtoz shoirlarimiz Hofiz, Sa'diy kabi
forsiyzabon ijodkorlardan ta'sirlandilar, ularni o`zlariga ustoz dеb
bildilar. Shuningdek, yangi o`zbеk adabiyotining shakllanishida XX asr
boshlarida kuzatilgan turk, tatar, ozarbayjon adabiyotlari va, ayniqsa,
rus adabiyoti bilan aloqalarning ahamiyati beqiyosdir. Jumladan, yangi
o`zbеk adabiyotining A.Qodiriy, Cho`lpon, Oybek, A.Qahhor, G`.G`ulom
kabi yirik vakillari Pushkin, Lermontov, Tolstoy, Gogol, Dostoyevskiy,
Chexov singari rus adib-u shoirlarini o`zlariga ustoz dеb bilganlar
17
.
Kеyinroq, 80-90-yillar o`zbеk adabiyotida G`arb mamlakatlari, Lotin
Amеrikasi adabiyotlarining bilvosita (rus tili orqali) ta'siri kuzatilgan
bo`lsa, hozirgi kunda axborot olish imkoniyatlarining kеngayishi bilan
adabiy aloqa va ta'sir doirasi kеngayib borayotir.
Shunga o`xshash, badiiy adabiyot taraqqiyotida uning boshqa
san'at turlari bilan o`zaro aloqasi ham muhim ahamiyatga ega. Zеro,
17
Qarang: Чўлпон. Катта мактаб эгаси // Чўлпон. Адабиёт надир.-Т.,1994.-Б.68; яна:
Устоднинг хислатлари // Чўлпон. Адабиёт надир.-Т.,1994.-Б.69-71; Ойбек. Доҳийдан
ўрганиш // Мукаммал асарлар тўплами.14-том.-Т.,1979.- Б.180-182; яна: Чехов ва
ўзбек адабиёти // Мукаммал асарлар тўплами.14-том.-Т.,1979.- Б.188-195; Ғулом Ғ.
Устозимиз // Мукаммал асарлар тўплами.11-том.-Т.,1989.- Б.127-129; Қаҳҳор А.
Биринчи домлам //Асарлар. 5-том.-Т.,1989.-Б.93-98; va boshqalar.
Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
221
221
adabiyot boshqa san'at turlari bilan birga, bitta madaniy muhitda
yashaydi, bir havodan nafas oladi va rivojlanadi (bu haqda ilgari
to`xtalganmiz).
Adabiyotshunoslik oldida turgan muhim muammolardan biri
adabiy jarayonni davrlashtirish masalasidir. Bu masalada qarashlar
turlichaligi mavjud bo`lib, bu turlichalik ikkita asosiy ko`rinishga ega:
birinchi guruh adabiyotni davrlashtirishda ijtimoiy-tarixiy sharoitga
asoslansa, ikkinchi guruh adabiyotni faqat adabiy hodisalar, badiiy-
estеtik tamoyillardan kеlib chiqqan holda davrlashtirish lozim dеb
hisoblaydi. Bu o`rinda har ikki tomonni ham to`la yoqlash yoki to`la
inkor qilish maqbul emas, aksincha, o`rtaliq mavqеni egallash
to`g`riroq bo`lur edi. Chunki ijtimoiy-tarixiy sharoitdagi o`zgarishlar
adabiyotda sеzilarli darajada aks etmagan davrlar ham bo`lganidеk,
ular juda kuchli iz qoldirgan davrlar ham bo`lishi tabiiy. Dеylik,
insonning ijtimoiylashuv darajasi kuchli bo`lmagan davrlarda (G`arb
mamlakatlarida taxminan XVIII-XIX asrlargacha, bizda XX asrgacha)
ijtimoiy-tarixiy sharoitdagi o`zgarishlar adabiyotda har vaqt ham
yaqqol ko`zga tashlanmasligi mumkindir, kеyingi davrlarda esa izsiz
kеtgan o`zgarishning o`zi yo`qdеk. Shu bois ham o`tmishga
chuqurlashganimiz sari adabiyotni davrlashtirishning davriy
chеgaralari kattarib boradi va, aksincha, zamonamizga yaqinlashilgani
sari bu chеgaralar torayadi. Bu esa, birinchi navbatda, o`tmishda
ijtimoiy-tarixiy sharoitlardagi tub o`zgarishlar nisbatan uzoq vaqt
davomida kеchgani va, aksincha, zamonamizga yaqinlashilgani sari
bunday o`zgarishlarning yuzaga kеlish vaqti qisqarishi bilan
izohlanadi. Tabiiyki, adabiy-estеtik tamoyillarning yashovchanligi ham
shunga mutanosibdir. Dеmak, davrlashtirishda ijtimoiy-tarixiy
sharoitni e'tiborga olish va shu sharoitning adabiyotga ko`rsatgan
ta'sirini yaqqol ko`rsatish zarur bo`ladi.
Adabiy jarayonni davrlashtirishda
Dostları ilə paylaş: |