I I I BOB.
TARMOQLARNI LOYIHALASH VA TASHKIL ETISH
180
29-dars. TARMOQLARNI LOYIHALASH VA
TASHKIL ETISH
Kompyuter tarmog‘ini yaratish uchun uning maqsadi, qanday funksiya va vazifalarni bajar
-
ishi kerakligini belgilash, arxitektura, aloqa vositalari, tarmoq topologiyasini tanlash muhim
ahamiyatga ega. Bunday ma’lumotlar tarmoqni amalga oshirish, lokal tarmoq yaratish uchun
uskunalarni tanlash va xarajatlarni hisoblash imkonini beradi. Shuning uchun loyihalash kom-
pyuter tarmog‘ini yaratishda muhim bosqich hisoblanadi. Faqat yaxshi ishlab chiqilgan va
o‘ylangan kompyuter tarmog‘igina muammolardan imkon qadar holi bо‘ladi.
Tarmoqni loyihalashtirish bosqichlari
1-bosqich. Maqsadni belgilash
Qanday tarmoq tashkil etmoqchisiz? Maktab tarmog‘inimi yoki kichik ofis tarmog‘ini? Tar-
moqqa qancha qurilma ulamoqchisiz? Siz tashkil etgan LAN tarmog‘i Internetga ham ulana-
dimi? Dastlab shu kabi savollarga aniqlik kiritib olinadi va tarmoq turi aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: