I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
256
Umumjahon axborot globallashuvi jarayonlari axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini nafaqat mamalakatlar
iqtisodiyoti va boshqa sohalarida joriy etishni, balki axborot
tizimlari xavfsizligini ta’minlashni ham taqazo etmoqda.
Kompyuter va axborot texnologiyalarining rivojlanishi,
ularning hayotimiz har bir jabhasiga kirib borishi insonlarda
axborotga bo‘lgan talabning ortishi hamda axborot
muhimlik darajasining o‘sishiga olib kelmoqda. Natijada,
axborotni qo‘lga kiritish bo‘yicha xatti-harakatlar miqdori
ortib bormoqda.
Kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bilan parallel ravishda kompyuter tizim va
tarmoqlari buzg‘unchi, yomon niyatli shaxslar qurboniga aylanmoqda. Qasddan qilingan
bunday tahdidlardan tashqari, bilmasdan qilingan (yo‘l qoyilgan) xatti-harakat (xatolik)lar ham
kerakli ma’lumotning yo‘qolishi, buzilishiga sabab bo‘lmoqda.
TAYANCH TUSHUNCHALAR
53–54-darslar. AXBOROT XAVFSIZLIGI VA UNI
TA’MINLASH
Xavf
–
nojo‘ya harakat yuz berishi ehtimolligi, ya’ni bevosita yoki bilvosita zarar
yetkazadigan ko‘ngilsiz hodisa.
Dostları ilə paylaş: