8-DARS
MA’LUMOTLAR BAZASIDA HISOBOT YARATISH
57
5) saqlash oynasidan faylni saqlash joyi (8) ko‘rsatiladi;
6) faylga “Umumiy jadval hisoboti” nomi (9)
beriladi;
7) fayl formati sifatida “PDF” tanlanadi (10);
8) “Оптимизация” qismidan “Стандартная” bandi oldidagi aylana belgilanadi (11);
9) faylni PDF dasturida ochish uchun “Открыть файл после публикации” bandiga tasdiqlash
belgisi o‘rnatiladi (12);
10) Saqlash uchun “Опубликовать” tugmachasi bosiladi (13);
11) hisobot PDF faylining kompyuter xotirasida saqlanganligiga ishonch hosil qilinadi (14);
12) yodingizda bo‘lsin, hisobotlarni Excel, Word, Notepad dasturlariga saqlash yoki elektron
pochta orqali istalgan foydalanuvchiga jo‘natish ham mumkin (15);
13) agar kompyuterga
printer uskunasi
ulangan bo‘lsa, “Печать”
tugmachasini
(16) bosish
orqali hisobot chop etiladi;
14) ma’lumotlar bazasining asosiy ishchi
oynasiga qaytish uchun “Закрыть окно
предварительного просмотра”, ya’ni
oynani yopish uskunasi tanlanadi (17);
14
5
6
8
9
10
11
12
13
4
MA’LUMOTLARNI IMPORT VA EKSPORT QILISH
I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASIDA HISOBOT YARATISH
58
15) shu tariqa yaratilgan hisobotni chop etish va uni kompyuter xotirasida saqlash mumkin.
Ma’lumotlar bazasida hisobotlarni so‘rovlar uchun ham yaratish mumkin. So‘rovlar
uchun
hisobot yaratish jadvallar uchun hisobot yaratish kabi ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
1. Ma’lumotlar bazasida hisobotlar nima uchun kerak?
2. Access dasturida hisobotlarni qanday obyektlar uchun yaratish mumkin?
3. Jadval uchun hisobot yaratish ketma-ketligini tushuntiring.
4. Hisobotlarni tahrirlash jarayonini misollar yordamida ko‘rsatib bering.
5. Hisobotlarni qanday formatlarda saqlash mumkin.
1. “Kitoblar” jadvali uchun hisobot tayyorlang va saqlang.
2. “Kutubxona a’zolari” jadvalidan 10-sinf va 11-sinf o‘quvchilarini saralovchi so‘rov
yarating. So‘rov natijalari uchun hisobot tayyorlang. Hisobotni *.doc yoki *.docx
formatida saqlang.
3. “Maktab kutubxonasi” bazasidagi “Kutubxona xodimlari” va “Qaydnoma”
jadvallari
uchun ham hisobot yarating. Hisobot sahifasining orqa foniga mos ranglarni bering.
Dostları ilə paylaş: