I I BOB.
SUN’IY INTELLEKT XUSUSIYATLARI
80
Odamzod Yer yuzida qariyb 6 milliard yildan buyon yashab kelmoqda. Shu davr mobaynida
bu tur vakillari tomonidan ko‘plab ixtirolar qilindi, fanlar yaratildi va rivojlantirildi, yangi-yangi
qo‘riq yerlar o‘zlashtirildi hamda insoniyat ehtiyojlariga yo‘naltirildi. Bugun insoniyat koinotni
o‘rganmoqda, kelajakda esa Yer sayyorasiga o‘xshash yangi sayyoralarni kashf etish, ular
imkoniyatlarini inson ehtiyojlari uchun safarbar etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Bunday ulkan maqsadlarga yangi texnologiyalar, xususan, sun’iy intellekt orqali jadalroq
erishish mumkin. Sun’iy intellekt elementlari yordamida muayyan bir sohaga yo‘naltirilgan
dasturlar ishlab chiqilib, mehnat va ijtimoiy hayot jarayonlari yengillashtirilmoqda. Sun’iy
intellekt inson xohish-istaklariga bo‘ysunuvchi, uning harakatlari va kayfiyatiga mos
xizmatlarni taklif etuvchi aqliy vosita sifatida ijtimoiy-iqtisodiy hayotga kirib keldi. Davlat
boshqaruvi sohasida ham sun’iy intellektning ma‘lum bir xususiyatlari qo‘llanilmoqda,
jumladan, ular yordamida davlat statistik ma‘lumotlarning to‘g‘ri va shaffof bo‘lishi, iqtisodiy
tizimning aniq ishlashi ta’minlanmoqda. Shuning bilan birga, sun’iy intellektning yanada
rivojlanishi tibbiyot, ta‘lim, energetika, qishloq xo‘jaligi, shaharsozlik kabi barcha sohalarda
sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini oshirmoqda.
Dostları ilə paylaş: