I I BOB.
SUN’IY INTELLEKT TURLARI VA TARMOQLARI
86
Sun’iy intellektning inson aqli va uning harakatlariga taqlid qiluvchi texnologiya sifatida
rivojlanishi inson kabi harakatlanuvchi hamda fikrlovchi robotlarni yaratish ishlarini
jadallashtirdi. Yaxshiroq anglash va tushunib yetish uchun sun’iy intellekt ma’lum tur va
tarmoqlarga bo‘lib o‘rganiladi. Imkoniyatlari, ya’ni inson kabi funksional vazifalarni bajara olishi
bo‘yicha uni har xil turlarga ajratish mumkin.
Sun’iy intellekt bajargan vazifalariga ko‘ra, 4 turga bo‘linadi:
1) reaktiv (ma’lum ta’sirga javob beruvchi) mashinalar;
2) cheklangan xotira;
3) aql nazariyasi;
4) o‘z-o‘zini anglash.
Turlarning dastlabki ikkitasi insonlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida foydalanilayotgan bo‘lsa,
keyingilari nazariy jihatdan mavjud, ammo bu sohada hali amaliy natijaga erishilmagan.
Dostları ilə paylaş: