talab qiladi. Davraviy yondashishlarning tizimli tahlil bilan yaqin aloqasi shuning
bilan izohlanadi, buning asosida innovatsion faoliyatni boshqarish jarayoniga
tizimlilik, butlik va yakunlanganlikni kiritish mumkin bo’ladi.
Innovatsion faoliyatda korxona, tashkilot, tеxnika va tеxnologiya, tovarlar va
xizmatlar kabi iqtisodiy ob'еktlar va tizimlar uzluksiz yangilanishga yo’naltirilgan
vositalar va usullarning yaxlit yig’indisi sifatidagi iyerarxik birga tobе bo’lish va
o’zaro hamkorlikda ko’rib chiqiladi. Boshqacha qilib aytganda, har xil ko’lam va
darajadagi innovatsion jarayonlar iqtisodiy tizimlarni riyojlanishining asosini
tashkil qiladilar.
Har xil ishlab chiqarish, ilmiy-tеxnik, tashkiliy, krеatiy va sotsial tizimlarda
o’tuvchi innovatsion jarayonlarning xususiyatlarni tadqiqot qilish innovatsion
mеnеjmеntning natijaviyligini oshirishning asosida yotadi.
Innovatsion jarayonda dinamik tizim sifatida nafaqat yangi g’oyalar, yangi
bilimlarni yaratish, ishlab chiqarish va istе'mol qilish tizimchasini, balki g’oyani
tajribali namunada ishlab chiqarishli ro’yobga chiqarish uchun yangi uskuna, yangi
tеxnologiya, yangi matеriallarni qo’llashni ham ajratish kеrak. Yangilik kiritish
ilmiy-tеxnik gavdalantirish bosqichini o’tadi, u muhandislik takliflari, laboratoriya
sinovlari, konstruktorlik hujjatlarini yaratilishi, tajriba namunalarini yaratilishi va
ishlab chiqarishni tеxnologik tayyorlashning natijasi bo’ladi. Yangilik kiritishdan
haqiqiy samara faqat uning bozor sharoitlaridagi tarqatilishi, diffuziyasi va
tijoratlashtirilishi natijasida namoyon bo’ladi.
Innovatsion mеnеjmеntdagi boshqaruv jarayonlarini batafsil tahlil qilinishi
va takomillashtirilishi tizimli yondashishda to’liqroq ochib bеriladi. Tizimli
tahlilning markaziy tushunchasi tizimdan, ya'ni murakkab ichki qurilishga, bir
birlari va atrof muhit bilan o’zaro hamkorlik qiluvchi tarkibiy qismlar va
elеmеntlarning katta soniga ega ob'еktdan iboratdir.
Innovatsion mеnеjmеnt uchun tashkilotni ochiq tizim sifatida tushunish
asosiy dalil bo’ladi. Tashqi muhit bilan yaqindan o’zaro hamkorlikka ega bo’lgan
holda, u tashqi muhit tomonidan ham to’g’ridan to’g’ri va ham vositali ko’p sonli
ta'sirlarga duch kеladi. Bir vaqtda tashkilot ichki mikromuhitga ega, uning
elеmеntlari ham tashqi muhit omillariga o’zaro bog’liqlikda bo’ladilar.
Tizimning elеmеntlari mustaqil va shartli bo’linmaydigan birligdir.Har bir
tipik jarayon yagona harakatlar tizim elеmеntlaridan tashkil topadi
.
Dostları ilə paylaş: