strategik innovatsion rejalashtirishning ob’ekti innovatsion faoliyatdan iborat, uni
ko’rib chiqa turib, quyidagilarni aytish mumkin:
hozirgi sharoitlarda korxonada innovatsion faoliyat strategiyasi (innovatsion
strategiya) ni korxonani riyojlanishining asosiy maqsadlari
va vazifalaridan kelib
chiqqan holda, resursli ta’minlanish va xatar omilini hisobga olish, tashqi
muhitning holati va shaxsiy innovatsion imkoniyatlarini
oldindan bashoratlash
bilan mustaqil ishlab chiqish zarur;
Iloji boricha ko’proq foyda olish maqsadida yangi raqobatbardosh
maxsulotni yaratish va uni texnika va texnologiyalarning zamonaviy darajasida
ishlab chiqarish sohasidagi ilmiy – texnik siyosatini
ishlab chiqarish va amalga
oshirish innovatsion faoliyatning asosiy mazmuni bo’ladi;
innovatsion strategiyani amalga oshirishda ITTKIning strategik ahamiyati
oshadi va shuning bilan bir vaqtda ularni amalga oshirishda xatar darajasi
ko’payadi;
innovatsion faoliyat korxonadagi faoliyatning qolgan barcha turlari bilan va
hammadan avval, ishlab chiqarish va marketing
bilan hamkorlikda amalga
oshiriladi.
Korxonaning umumiy strategiyasi va ilmiy – texnik taraqqiyot sohasidagi
strategiya o’rtasidagi aloqa, hammadan avval, yangi
mahsulotni tadbiq etish va
ishlab chiqarish jarayonidagi o’zgarishlarda amalga oshiriladi. Ilmiy – texnik
yangiliklar sohasidagi strategiya korxonadagi, uning
faoliyat muammolarining
butun majmuasi bilan uzluksiz bog’langan qayta ishlab chiqarish jarayonlarini
riyojlanishi strategiyasi doirasida amalga oshiriladi.
Innovatsion strategiya korxona strategiyasi,
iqtisodiy holati, ilmiy – texnik
salohiyati, ilmiy – texnik vazifalar portfeli va vazifalarning o’zlarini bir birlari
bilan bog’lovchi har xil bog’liqliklarni baholash va
tahlil qilishning uzluksiz
jarayonining natijasi bo’ladi.
Firmaning bozordagi yangilik kiritishlar strategiyasi hujumlar va mudofaasi
xarakterga ega. Kompaniya odatda o’zining bozor tomonidan muvofiqlashtirish
bilan ta’riflanuvchi innovatsion strategiyalar majmuasini yaratadi. Bunday majmua
o’z ichiga ham xatarli (hujumkor) va ham xavfsiz (mudofaali) strategiyani oladi.
Dostları ilə paylaş: