qurilishi, madaniy-maishiy muassasalar, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarining mustaqil moddiy-texnik poydevorini
yaratish qurilish sohasining mazmunini tashkil etadi.
Sobiq SSSR davrida respublikada tran sp o rtin g muhim
turi bo'lgan dengiz transportiga ega emasligimiz, temiryo‘lning
esa past darajadaligi va
faqat bir tomonga, shimolga qaratil- ganligi ushbu jabhalarda chuqur o‘zgarishlami amalga oshi-
rishni nazarda tutdi. Shuning uchun bu sohani rivojlanti-
rishga katta e’tibor berildi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, havo transporti respublika
hayotida muhim o‘rin egallaydi. « 0 ‘zbekiston havo yo'llari»
milliy aviakompaniyasi dunyoning ko‘plab mamlakatlari bilan
passajir va yuk tashish aloqalarini o‘matdi.
Davlat iqtisodiy siyosatining asoslari qilib quyidagilar belgilandi: a) qisqa muddat ichida respublikamizni
xomashyo ishlab
chiqaradigan davlatdan dunyo bozorlarida raqobat qila oladigan,
tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan mustaqil iqtisodiyotga
ega, qudratli davlatga aylantirish;
b)
iste’mol bozorini, awalo, ichki resurslar hisobiga to‘ldirish, aholining oziq-ovqat, kundalik sanoat tovarlariga bo'lgan
ehtiyojini juda qisqa vaqt ichida to‘liq ta’minlash;
d) aholi daromadlarining
narx-navo bilan mutanosibligini ta’minlash, buning uchun zarur bo'lgan ijtimoiy tadbirlarni
amalga oshirish;
e) puxta ishlangan
qonunlarga asoslangan holda davlat
suvereniteti (daxlsizligi)ni ta’minlash, birinchi navbatda, xalq
17
manfaatlarini himoya qiladigan
teng huquqli, o‘zaro foydall tashqi iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish; d) ichki iste’mol bozori himoyasini ta’minlash, davr talabiga
javob beradigan