‘zbekist0n respublikasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 7,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə224/245
tarix03.10.2023
ölçüsü7,36 Mb.
#151611
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   245
Yo\'doshev Z. Milliy va jahon iqtisodiyoti.

erkin savdo zonasi, 
1994-yilning 
oktabrida 
to io v ittifoqi 
va Iqtisodiy ittifoqning doimiy faoliyat 
ko‘rsatuvchi organi sifatida 
Davlatlararo Iqtisodiy Q o‘mita
(DIQ) tashkil etish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
Uzoq tarixiy rivojlanish mobaynida yuzaga kelgan chuqur 
integratsion aloqalar, ishlab chiqarishning mamlakatlar bo‘yicha 
ixtisoslashuvi, korxona va tarmoqlar darajasidagi keng tarmoqli 
kooperatsiya, umumiy infratuzilm aning mavjudligi M DH 
tashkil topishining obyektiv asosi hisoblanadi.
MDH ulkan tabiiy, mehnat va iqtisodiy salohiyatga ega 
bo‘lib, ular MDHga a’zo mamlakatlarga yirik raqobat afzallik- 
larini taqdim etadi va jahon iqtisodiyotida munosib o ‘rin 
egallashga imkoniyat yaratadi. Yer shari 
hududining 16,3 foizi,
jahon aholisining 5 foizi, jahon sanoat ishlab chiqarishining 10
foizi M DH hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hamdo‘stlik hududida jahon bozorida talab yuqori hisob- 
langan tabiiy resurslarining yirik zaxiralari mavjud. Faqat 
Rossiyada aniqlangan neft zaxiralari jahon neft zaxiralarining 
13 foizini tashkil etadi.
Ozarbayjonda bu ko‘rsatkich 10 foizdan ko‘proqqa, Qozo- 
g‘iston va Turkmanistonda qariyb 10 foizga teng. Rossiyada 
jahon gaz zaxiralarining 35 foizi joylashgan bo‘lsa, Ozarbayjon, 
Qozog‘iston, Turkmaniston va 0 ‘zbekistonda birgalikda qariyb 
20 foiz gaz zaxiralari joylashgan.
Toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mir ishlab chiqarish bo'yicha 
Rossiya, Ukraina va Qozog‘iston jahonda ikkinchi o'rinni 
egallaydi.
Olmos, boksit, mis, nikel, kobalt va qo‘rg‘oshin rudalarining 
asosiy zaxiralari Rossiyada joylashgan bo‘lsa, temir rudalari,
286


boksitlar va mis rudalarining yirik zaxiralari Ukraina, Qozo- 
g'iston va Gruziyada joylashgan. Rossiya va Belorusiyada eng 
yirik o‘rmon hududlari (yer sharidagi o‘rmonlaming to'rtdan 
bir qismi) va kaliy tuzining eng yirik zaxiralari mavjud.
Yevropa va Janubiy-Sharqiy Osiyoni tutashtiruvchi eng qisqa 
quruqlik va dengiz (Shimoliy muz okeani orqali) yo‘li M DH 
hududidan o ‘tib, u XXI asrda eng muhim global iqtisodiy 
markazga aylanadi.
M DH ning raqobatbardosh resurslari jumlasiga, shuningdek, 
arzon ishchi kuchi va energiya resurslarini kiritish mumkin. 
Hamdo‘stlik bo‘yicha har yili jahon elektr quwatining 10 foizi 
ishlab chiqariladi va bu iqtisodiy o‘sish uchun muhim shart- 
sharoit bo‘lib xizmat qiladi.
M D H ga a ’zo mamlakatlar iqtisodiy integratsiyasining 
strategik maqsadlari xalqaro mehnat taqsimoti imkoniyatlaridan 
maksimal darajada foydalanish, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishni ta ’minlash uchun ishlab chiqarish ixtisoslashuvi 
va kooperatsiyasini rivojlantirish, M D H ga kiruvchi barcha 
mamlakatlar aholisi turmush farovonligini yaxshilash hisob­
lanadi.
Garchi, M DH doirasida iqtisodiy integratsiyani chuqur­
lashtirish sohasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotgan 
bo‘lsa-da, unga a ’zo mamlakatlar iqtisodiyotining integra- 
tsiyalashuvi past darajada qolmoqda. Sobiq Ittifoqda respublika- 
lararo tovar aylanmasi ittifoqdosh respublikalar jami tashqi savdo 
aylanmasining 69 foizini, Yevropa Ittifoqida unga a’zo mam­
lakatlar o‘zaro tashqi savdo aylanmasining jami tashqi savdo 
aylanmasidagi ulushi 62 foizni tashkil etsa, MDH da bu ko‘r- 
satkich 28 foizga teng, xolos.
M DH doirasida qabul qilingan bitimlar va shartnomalami 
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun quyidagi tamoyillarga amal 
qilinmoqda:
— 
integratsion aloqalarni rivojlantirish ixtiyoriylik asosida, 
ham ikki yoqlama, ham ko‘p tom onlam a shartnomalardan 
foydalanish yordamida bosqichma-bosqich amalga oshiril­
moqda;
287


— hududiy integratsiya o ‘zaro m anfaatdorlikka asosian- 
m oqda va ham kor davlatlarga ziyon yetkazmaslikka alohida 
e ’tibor qaratilmoqda;
— zaruriyat tug'ilganda, M D H a ’zolariga ularning m as’u- 
liyati ostida va aniq iqtisodiy natijalarni ko‘zda tutib jam oaviy 
yordam ko‘rsatilmoqda;
— h am kor m am lakatlardagi iqtisodiy islohotlar rag ‘bat- 
lantirilm oqda va ularga har tom onlam a yordam ko‘rsatilmoqda;
— mam lakatlararo m unosabatlarda bozor subyektlari ora- 
sidagi gorizontal aloqalarga ustuvorlik b erilm oqda, m ikro- 
darajadagi integratsion aloqalarni, iqtisodiy hamkorlikning yangi- 
yangi shakllarini keng ko‘lam da rivojlantirish ko‘zda tutilm oqda.
M D H doirasida iqtisodiy integratsiyaga to ‘sqinlik qilayotgan 
asosiy m uam m o tashkiliy-huquqiy asos va ham korlikka a ’zo 
m am lakatlar o ‘zaro harakat m exanizm ining takom illashm agani 
hisoblanadi.
Shuningdek, M D H ga a ’zo m a m lak atlar iqtisodiy salo- 
h iyatining turli darajada ekanligi, alohida m am lakatlar ijti- 
m oiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi o ‘rtasidagi tafovut, m illiy 
q o n u n c h ilik h u jjatlarin in g m u v o fiq lash tirilm ag a n lig i kabi 
o m illar ham integratsiya im koniyatlarining cheklanishiga olib 
kelm oqda.
Erkin savdo zonalarini tashkil etish, to ‘lov ittifoqini shakllan­
tirish, yagona kommunikatsiya va axborot makonini barpo etish, 
ilm iy-texnika va texnologik ham korlikni takom illashtirish aso­
sida um um iy iqtisodiy m akonni shakllantirish orqali M D H ga 
a ’zo m am lakatlar o ‘rtasidagi integratsion aloqalarni yanada 
rivojlantirish mumkin.
A’zo m am lakatlam ing investitsiya salohiyatlari integratsiyasi 
va H am do‘stlik doirasida kapital oqim ini samarali yo‘lga q o ‘yish 
eng m uhim vazifalardan hisoblanadi.

Yüklə 7,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin