tarmoq tuzilishi bu turli tarmoqlar o ‘rtasidagi o ‘zaro nisbatdir, ya’ni sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish,
transport va aloqa o‘rtasida yoki qazib oluvchi hamda qayta
ishlovchi tarmoqlar o‘rtasidagi, moddiy mahsulotlar ishlab
chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar va hokazolar
o‘rtasidagi nisbatdir. Tarmoq tuzilishi milliy iqtisodiyotning
rivojlanish darajasini ifodalaydigan muhim ko‘rsatkich bo‘lib
hisoblanadi. Yuksak rivojlangan mamlakatlarda xizmat ko‘rsa-
tuvchi sohalarning hissasi yuqori, qayta ishlovchi tarmoqlarning
hissasi esa qazib oluvchi tarmoqlardan ustun boMgan iqtisodiyot
tuzilishiga xosdir.
U mehnat va kapitalning yuqori darajada unumdorligidan,
tabiiy resurslardan oqilona foydalanganligidan va pirovard
natijada aholining turmush darajasi yuqoriligidan dalolat beradi.
Iqtisodiyotning
takror ishlab chiqarish tuzilishi bu kengaytirilgan
takror
ishlab chiqarishning asosiy nisbatlari, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish va iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish o‘rtasidagi, iste’mol hamda jamg‘arish o ‘rtasidagi
o‘zaro nisbatlardir. Takror ishlab chiqarish tuzilishi
iqtisodiy o ‘sishning imkoniyatlarini ifodalovchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Iqtisodiyotning
hududiy tuzilishi ishlab chiqaruvchi kuchlar
rivojlanishining hududiy jihatlarini aks ettiradi va alohida hudud-
larning umummilliy ko‘rsatkichlardagi hissasini aniqlaydi. U
butun mamlakat bo‘yicha turmush sharoitini barqarorlashtirish
maqsadida aniqlanadi va tadqiq qilinadi. M a’lumki, m a’muriy
jihatdan 0 ‘zbekiston 1 ta avtonom respublika, 12 viloyat va
Toshkent shahridan iboratdir. Unda 119 ta shahar, 158 ta
qishloq
ma’muriy tumanlari mavjuddir.
Iqtisodiy rayonlashtirish belgilari bo'yicha mamlakatimiz