Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/104
tarix03.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#151671
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   104
True

kosmopolitizm
(grekcha 
kosmopolites
er shari 
fuqarosi degan ma’noni anglatali) singdiriladi. Bu ta’limot oxiratda er yuzidagi barcha 
odamlarni birlashtiruvchi ilohiy podsholikni qurish g’oyasiga asoslanadi. 
Seneka ta’limotidagi moddiy dunyo lazzatlarining o’tkinchiligi, odamlarga 
hamdardlik, kamtarona yashash, o’zini xudoga baxshida etish kabi g’oyalar 
xristianlik ta’limotida yanada rivojlantirilgan. 
Xristianlik ta’limotining shakllanishida Aleksandriyalik 
Filon 
(miloddan 
avvalgi 20 - milodiy 54 yillar) qarashlari alohida ahamiyatga ega. Filon diniy 
qarashlarda ustuvorlik qilib kelgan xudoni «
mavhum, shaxsi nomalum ibtido
» deb 
ta’riflashga keskin qarish chirqan. Uning fikricha, agar xudo mutlaq ibtido bo’lsa,
shaxsiyatsiz mavjud bo’la olmaydi, chunki
 
uning shaxsiyati bo’lmasa, undan oldin 


49
yana nimadir bo’lishi kerak. Xudo nafaqat qiyofaga ega, balki ezgulik, go’zallik 
va donolik timsolidir. 
Borliq xudo irodasi va faoliyatining mahsulidir. Dunyo ko’rinmas (ilohiy) va 
ko’rinadigan (moddiy) qismlarga bo’linadi. Xudo moddiy dunyodan tashqarida 
mavjuddir. Moddiy dunyodagi barcha narsa va hodisalar, jumladan odamlarni ham 
xudo yaratgan. Ular xudo faoliyatining mahsulidir. Xudo odamlarning bilishi va 
unga ergashishi zarurligini bildirish uchun o’z o’g’lini er yuziga vakil qilib 
yuborgan. 
Filon odamlarga xos bo’lgan illatlar - maishiy buzuqlik, o’zgalarga befarqlik
mehrsizlik, mansabparastlik, boylikka hirs qo’yish kabilarni qoralagan, 
odamlarning xudo oldida tengligini e’tirof etgan. Uning ijtimoiy qarashlari 
xristianlik ta’limotining shakllanishida juda katta ahamiyatga ega bo’lgan. 
II-III asrda xristianlik tarixida apologetika yoki apologetlar davri vujudga 
keladi. Apologetika so’zining lug’aviy ma’nosi himoya qiluvchi demakdir, ya’ni 
xristian dini aqidalarini turli hujumlardan himoya qilishdir. Apologetlar 
davlatning xristianlik dini bilan murosa qilishiga erishmoqchi bo’lganlar. 
Xristianlik ta’limotining ilohiy manbalari muqaddas bitiklar va muqaddas 
rivoyatlarga bo’lib o’rganiladi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin