Savol va topshiriqlar
1.
Dastlabki odamlar Nil vodiysiga qaysi davrda kelib
o‘rnashishgan?
2.
Nil vodiysining eng qadimgi aholisi (Badariy madaniyati)
qaysi xo‘jalik turi muhim rol o‘ynagan?
3.
Qadimgi Misrni davrlashtirish masalasi?
4.
Fir’avn Amenxotep IV (Exnaton) islohotining mohiyati
nimadan iborat edi?
5.
Misr sivilizatsiyasining fir’avnlar davri qachon o‘z
nihoyasiga yetdi?
6.
Misr
sivilizatsiyasining
yutuqlari
va
uning
jahon
sivilizatsiyaisda tutgan o‘rni?
55
Qadimgi Misr xaritasi
Qadimgi Misr Piramidalarining qurilishi
56
Piramidalar va Sfinks
Qadimgi Misr xudolari
57
4-Mavzu: Qadimgi Afrika va Janubiy Arabiston sivilizatsiyasi
Reja:
4.1.
Meroe sivilizatsiyasi.
4.2.
Qadimgi tropik Afrika madaniyati.
4.3.
Qadimgi Janubiy Arabiston sivilizatsiyasi.
Tayanch iboralar:
Nubiya, mil. Avv. III ming yllik, Saxara janubiy
viloyatlarida, subtropik Saxaraga, Shimoliy va Sharqiy Afrika, arablar,
jamoalar, etnik guruhlar, Nok madaniyati, Astral xudolar.
4.1.
Meroe sivilizatsiyasi
Ikki xalq, ya`ni Misr va Kunshit xalqlari madaniyati asrlar osha bir-
biri bilan yaqin bog‘lanib borgan. Akademik B.B.Piotroskiyning
arxeologik ma`lumotlariga qaraganda, mil. avv. IV minginchi
yillardayoq Misr va Shimoliy Nubiya madaniyatlari bir-biri bilan
aralashgan holda rivojlangan. Biroq geografik faktorlarning xilma-xilligi
tufayli keyinchalik bu madaniyatning rivoji ikki yo‘ldan ketdi.
Kunshitlar Nil vodiysining ko‘p joylarini, keyinchalik esa ularning
ta`siri Asuangacha, hozirgi Sudan davlatining poytaxti Xartungacha etib
borgan. Kush zaminlariga dehqonchilik va chorvachilik keng yoyila
boshladi. Mil. avv. III minginchi yillarda kushtlar ustiga fir`avnlarning
yurishi kuchayadi. Nubiyadagi Kerma qadimgi shahri qazilmalari bu
xalqlar haqida qiziqarli ma`lumotlar beradi. Bu vaqtga kelib ularda
sinfiy differentsiatsiya yuz berib, yirik arxitektura qurilishlari, savdo
ishlari, dehqonchilik va chorvachilikning rivojidan guvohlik beradi.
Misr fir`avnlari Kushitlar ustidan xo‘jayinlik qilardi, natijada kushit
madaniyati misrliklar bilan uning tarkibiga singib borgan. Miloddan
avvalgi VI-V asrlarda Meroe kushitlar sivilizatsiya markaziga aylanadi.
Bu erda o‘tkazilgan qazishmalar vaqtida Afrikada vujudga kelgan alfavit
yozuvi u bilan bog‘liq marsiyalar topiladi. Bu alfavit xatlar Misr
ierografi varianti asosida vujudga kelgan edi. bu yozuvlar mil. avv. II
asrlarga tegishli edi. kushitlar madaniyati Misr an`analari ta`siri kuchli
edi. kush madaniyatining Qadimgi Sharq madaniyatiga ham ta`siri
bo‘lgan holda u Sudan xalqi madaniyatining ko‘hna ildizini tashkil
qilardi.
|