1-амалий машғулот


mumkin.  Bu borada M-1 (alfa-naftil sirka kislotaning metil efiri), TB (tetraxlor-nitrobenzol)



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/86
tarix03.10.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#151751
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   86
meva va sabzavotlarga birlamchi ishlov berish saqlash va quritish

 
mumkin. 
Bu borada M-1 (alfa-naftil sirka kislotaning metil efiri), TB (tetraxlor-nitrobenzol),
 
MKG (malein kislota 
gidroziniig natriyli tuzi), gidrel kabi preparatlardan foydalanish yaxshi samara beradi. 
Kartoshka urug‟lik maqsadida Q2 Q4
0
S haroratda saqlanadi. Qovuriladigan kartoshka tayyorlash 
uchun mo‟ljallangan mevalar uchun alohida sharoit yaratiladi. Qandlar miqdorini ko‟payishiga yo‟l 
qo‟ymaslik uchun harorat Q8Q10
0
S atrofida bo‟ladi. Agar qayta ishlash muddati kechiktirilsa avval 
odatdagi haroratda, ya‟ni 4
0
S, qayta ishlashga 1-2 hafta qolganda esa Q10 Q15
0
S gacha oshiriladi. 
Saqlashga keltirilgan kartoshka toza, sog‟lom, shikastlanmagan va quruq shu bilan birga etilish 
darajasiga qarab saralangan bo‟lishi talab qilinadi. Ayniqsa shikastlangan kartoshkani uzoq muddat 
saqlab bo‟lmaydi. Tozalanmagan kartoshkaning nafas olishi ancha qiyinlashadi. Mayda tugunaklar 
yiriklariga
 
qaraganda uzoq vaqt saqlanmaydi. Ma‟lumki, kartoshka omborlarda asosan to‟kma usulda 
saqlanadi. Shu bois uning yaxshi saqlanishida saralash muhim rol o‟ynaydi (1-rasm).
Sabzini saqlash 
Sabzi ikki yillik o‟simlik bo‟lganligi uchun 
UNI 
saqlashdagi asosiy xususiyat tinim davri bilan 
bog‟liq. Sabzining
 
tinim davri boshqa sabzavotlarnikiga qaraganda uzoqqa cho‟zilmaydi. U sabzavotlar 
ichida saqlashda tashqi muhit sharoitiga ancha talabchan mahsulot hisoblanadi. Saqlash haroratining 
noqulay bo‟lishi sabzining
 
tezda buzilishiga
 
olib keladi. 
Ildizmevalar namligini tez yo‟qotadi va mikroorganizmga chidamsiz bo‟lib qoladi. Sabzi o‟zidan 
ko‟p namlikin yo‟qotib so‟lib qolmasligi uchun uni havo namligi 90-95% bo‟lgan sharoitda saklash 
yaxshi natija beradi. Bunda havoning harorati 0-1°S bo‟lishi lozim. Qarorat bundan pasaytirilsa 
mahsulotni sovuq uradi va natijada u tovar xususiyatini yo‟qotadi. 
Sabzini plyonkali xaltachalarda ham saqlash mumkin. Bunda karbonat angidridning konsentrasiyasi 
3-5% dan oshmasligi lozim. Aks holda mahsulotning kimyoviy tarkibida o‟zgarishlar yuz beradi va 
natijada mahsulot yaroqsiz xolatga kelib qoladi. 
Urug‟lik uchun ajratilgan sabzini 0,5°S dan past haroratda saqlash ruxsat etilmaydi. Past haroratda 
sabzi kurtaklarining tabaqalashishi to‟xtaydi. Urug‟lik sabzini 0,5-1-5°S xaroratda saqlash uning sifatli 
saqlanishini ta‟minlaydi. 
Saqlashga qo‟yiladigan sabzilarning bargi o‟zak doirasi to‟g‟risidan, kavlangan kuniyoq pichoq 
bilan kesib tashlanadi, chunki bargi bilan turib qolsa uning suvi qochadi, so‟liydi va keyinchalik uncha 


40 
yaxshi saqlanmaydi. Barglardan tozalangan sabzilar o‟lchamiga qarab saralanadi va ayni vaqtda qishda 
saqlashga yaroqsiz, ya‟ni etilmagan, yorilgan, shikastlangan sabzilar ajratib olinadi. 
Sabzi tez buziladigan mahsulot bo‟lganligidan uni faol shamollatiladigan omborlarda saqlash yaxshi 
natija beradi (2-rasm). 
Sabzini polietilen qoplarda saqlash usuli istiqbolli usul hisoblanadi. Mahsulot nafas olishi natijasida 
qop ichida yuqori darajada namlik sharoiti (90-95%) hosil bo‟ladi va kerakli miqdorda karbonat angidrid 
(3-5%) to‟planadi. Polietilen qoplarda saqlanganda mahsulotning chirishi, vaznining kamayishi, shakar va 
vitaminlarning yo‟qotilishi ancha kamayadi. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin