Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
171
* * *
Ehtiros aql-idrokka xavf tug‘diruvchi yagona og‘udir. Zero, ehtiros barham topgach, aldamchi
fikrlar ham yo‘qoladi.
* * *
Unchalar mukammal bo‘lmagan inson va uning hayotiy shart-sharoitidan tashqari hamma narsa
go‘zal hamda mehr-muhabbatga, quvonch va shodlikka loyiqdir.
* * *
Xudbinlik va pastkashlik bizdagi qo‘rquvning doimiy yo‘ldoshidir.
* * *
Qahramonlik va insonparvarlik – ayni bir narsa. Lekin bu tuyg‘ular salgina yo‘ldan toysa ham
insoniyat suygan qahramon vahshiy telbaga, el sevgan xaloskor va posbon esa buzg‘unchi va zolimga
aylanadi.
* * *
Faqat bir narsaga qat’iy ishonmog‘imiz mumkin: bizda Aql bor hamda istak-xohish va tuyg‘ular
bizga hamisha hamroh. Biz xoh jamoa orasida bo‘lishimiz, xoh yolg‘iz qolishimizdan qat’i nazar, har
turli puch xayollar va injiqliklar harakatdan to‘xtamay, bor kuchi bilan faoliyat ko‘rsatadi. Va har
qanday holatda ham ular faoliyat maydoniga ega bo‘ladilar.
* * *
Maydakashlik (pedantizm) va munofiqlik o‘zida zarracha mantiqni jamlagan har qanday kitobni
tegirmon toshi kabi suvga cho‘ktirishga qodir.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
172
JAN DE LABRYUYER (1645-1696)
Farangistonlik mutafakkir, yozuvchi Jan de Labryuyer o‘rtahol shaharlik oilada dunyoga keldi. U avvaliga kollejda, keyin Orlean dorilfununining huquqshunoslik kulliyotida tahsil oldi. 1673 yilda Labryuyer Kan muzofotining bosh moliyaviy xazinachisi lavozimini egalladi. Labryuyer o‘z zamondoshi bo‘lmish mashhur notiq, yirik din arbobi va yozuvchi Bossyue tavsiyasi bilan 1684 yildan shahzoda Kondening nabirasiga murabbiylik qila