Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
188
* * *
Hamma narsa kuzatishga qurbimiz yetmay qolgan yerda tugaydi.
* * *
Agar yer yuzida hamma narsa a’lo bo‘lganda, a’lo narsaning o‘zi bo‘lmasdi.
* * *
Tun chog‘i qalin o‘rmonda adashib qoldim. Qo‘limdagi ojizgina pirpiragan sham – mening yagona
yo‘l ko‘rsatuvchim edi. Nogohon ro‘paramda notanish kimsa paydo bo‘ldi va shunday dedi: «Do‘stim,
to‘g‘ri yo‘lni topish uchun qo‘lingdagi shamni o‘chir». Bu notanish kimsa – ilohiyotchi olim edi.
* * *
Iste’dod avloddan-avlodga o‘tadigan zodagonlik unvoni emas.
* * *
Yaxshilarni mukofotlash bilan yomonlarni jazolagan bo‘lamiz.
* * *
Ehtiroslarni yengishni maqsad qilib qo‘yish – aqlsizlikning eng yuqori cho‘qqisi.
* * *
Hamma narsa foydaliligiga qarab belgilanadi.
* * *
Baxt va baxtsizlik bir-biri bilan zulmat va yorug‘lik kabi munosabatda bo‘lmaydi. Zero, baxt va
baxtsizlik bir vaqtning o‘zida birga mavjud bo‘la oladi.
Dostları ilə paylaş: