Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
194
Hamma fanlarning urug‘i inson botinida yashiringan. Inson botini ularning maxfiy manbaidir.
* * *
Tashvishni yoqtirmaydigan kimsalar oddiy va faqirona yashashni o‘rganmoqlari darkor.
* * *
Ko‘pchilik qo‘lidan kelmaydigan ishning amalga oshishiga ishonmaydi.
* * *
Sen faqat bir narsaga: o‘zingni anglashga intil. Tangrining
boqiy ovozini tinglamay turib, unga
qalbingdan joy bera olasanmi? Tangrini tanimay turib, uning ovozini tinglay olasanmi? Tangrini
topmay turib, uni taniy olasanmi? O’zingni anglamay, topmay turib, Tangrini topa olasanmi?
* * *
Jismimiz o‘z-o‘zicha hech qanday harakat qilmaydi. U butkul fikrlarimiz quliga aylangan. Uning
sohibi bo‘lgan fikr ertayu kech to‘xtovsiz harakatda, hayajonda. U goh mulohaza yuritadi, goh
maslahat beradi.
Nimalarnidir aniqlaydi, nimalargadir majburlaydi. Jismimiz esa boshvoq solingan
ho‘kiz kabi beixtiyor uning izmiga bo‘ysunadi. Shunday qilib,
jismimiz emas, balki avvalo fikrimiz
insonligimizni belgilaydi.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: