Haqiqat manzaralari 96
mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
84
go‘dakligingizcha qolaverasiz.
* * *
O’z burchini yayrab ado etuvchilargina emin-erkin yashaydilar.
* * *
Nohaq yo‘lda g‘olib bo‘lmoqdan ko‘ra, haq yo‘lida mag‘lublik afzal.
* * *
Nodonlar
safida saodatmandlar, donolar orasida baxtsizlar bo‘lmaydi.
* * *
Men o‘tkir aql-farosatli yoki ahmoq, kuchli yoxud ojiz bo‘lib tug‘ilmoqlik o‘z
ixtiyorimizda emasligini
tan olaman. Ammo bundan hatto o‘tirish yoki sayr qilish kabi oddiy xatti-harakatlar ham bizga bog‘liq
emas ekan-da, degan xulosa yasovchilar qattiq yanglishadilar.
* * *
Biz buyuk va muqaddas maqsadlar uchun tug‘ilganmiz. Buni behisob narsalar haqidagi xotiralar
jam bo‘lgan ruhimizdagi boshqa omillar yordamida ham ko‘rish mumkin. Masalan, bizda har bir
amalning oqibatlarini avvaldan ko‘ra bilishdek ilohiy sifatga yaqin karomatgo‘ylik, nafsni
tiyuvchi uyat,
insoniylik, jamiyat manfaatlarini himoya qiluvchi adolat, o‘lim va azob-uqubatlarga
qarshi mustahkam
va barqaror nafrat tuyg‘ulari mujassamdir. Bularning barchasi insondagi eng afzal ma’naviy sifatlar.
Agarki, insonlarning jismida huzur-halovatdan ustun qo‘yish lozim bo‘lgan kuch-quvvat,
salomatlik,
go‘zallik, chaqqonlikni tug‘diruvchi sezgilar mavjud ekan, u holda ruhiy qobiliyatlarni
qanday
baholamoq kerak? O’tmishda o‘tgan olimlar ruhda qandaydir fazoviy va ilohiy bir narsaning ishtirokini
ko‘ra bilganlar.
* * *
Har bir narsa xususida bahslashmoqlik va biron narsa xususida aniq fikr bildirmaslik — eng a’lo
falsafa.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: