ALIXONOV ZIYODULLO AKBARALIYEVICH. BOG’LANISH UCHUN:+998937881656 qon olib keluvchi o’pka venasida, teri venasi
orqali kovak venada, miyasiga qon olib
boruvchi 1 juft uyqu arteriyalarida.O’pka va
teri kapilyarlarida esa O² li qon hosil bo’ladi.
Qorinchasidagi aralash qon 1 juft (o’ng va
chap) aorta yoyi orqali tanaga boradi.
* Reptiliyalar (Sudralib yuruvchilar):
Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqlik
hayvonlari
bo‘lib, qon suyak ko‘migi va taloqda ishlab
chiqiladi. Ularning yuragi ikkita boʼlmacha
va
bitta qorinchadan iborat. Qorincha chala
to‘siq bilan ajralgan boʼladi.Timsohlarda
to‘siq
toʼliq bo’lib, yuragi to‘rt kamerali. Lekin
sudralib yuruvchilarning barchasida
tanasida
aralash qon oqadi. Suvda hamda quruqlikda
yashovchilardan farqli ravishda sudralib
yuruvchilarda qorinchadan mustaqil
ravishda 3 ta qon tomiri
chiqadi.Qorinchaning chap
tomonidan arterial (O²) qonga ega o‘ng
aorta yoyi chiqib, undan bosh miyaga
ketuvchi uyqu
arteriyasi. O‘rta qismidan tanaga ketuvchi
chap aorta yoyi.Oʼng tomonidan o‘pkaga
ketuvchi venoz (CO²) qonga ega o‘pka
arteriyasi boshlanadi. O‘ng va chap aorta
yoylari
birlashib orqa aortani hosil qiladi. Shuning
uchun miyaga arterial qon (O²); Tanaga
aralash
qon (CO²+O²). O’pkaga esa venoz (CO²) qon
boradi. O'pka venalari chap boʼlmachaga
quyiladi. Bosh miya va tanadan keluvchi
venoz qon oʼng boʼlmachaga quyiladi. Kichik
qon
aylanish doirasi yurak qorinchasidan chiqib,
o'pkada kislorodga to‘yinib, chap boʼlmaga
quyiladi. Chap va oʼng bo‘lmalardagi qon
yurak qorinchasiga oʼtadi. Yurak
qorinchasida
venoz va arterial qon qisman aralashadi.
Yurak qorinchasidan qon aylanishining katta
doirasi boshlanadi. U organ, to‘qima va
hujayralardagi gaz almashinuvida ishtirok
etib,
yurakning o‘ng bo‘lmachasiga kelib quyiladi.
Sudralib yuruvchilarning arteriya qon
tomirlarida aralash (venoz va arterial) qon
boʼlganligi sababli, moddalar almashinuvida
kam
energiya hosil boʼladi.
* Qushlar: O’ng aorta ravog’iga ega
hayvonlar hisoblanadi. CO² li qon yurak
o’ng
bo’lmasi va qorinchasida, yurak o’ng
bo’lmasiga qon olib keluvchi vena tomirida,
o’pka
arteriyasida. O² li qon yurak chap bo’lmasi
va qorinchasida, o’pka venasida, hamda
o’ng
tomonga yo’naluvchi aortada bo’ladi.
Yuragidan chiquvchi qon tomirlari chap
qorinchadan chiquvchi o’ngga yo’nalgan
aorta ( O² li qon ), o’ng qorinchadan
chiquvchi
o’pka arteriyasi ( CO² li qon ). Yuragiga
kiruvchi qon tomirlar o’ng bo’lmachaga
kiruvchi
vena tomiri ( CO² li qon ), chap bo’lmaga
kiruvchi o’pka venasi ( O² li qon )
* Sutemizuvchilar:Chap aorta ravog’iga ega
hayvonlar hisoblanadi. CO² li qon yurak
o’ng
bo’lmasi va qorinchasida, o’pka arteriyasida,
o’ng bo’lmaga qon olib keluvchi vena
tomirida. O² li qon yurak chap bo’lmasi va
qorinchasida, o’pka venasida, chapga
yo’nalgan aortada bo’ladi. Yuragiga kiruvchi
qon tomirlar o’ng bo’lmaga kiruvchi vena
tomiri ( CO² li qon ), chap bo’lmaga kiruvchi
o’pka venasi ( O² li qon ).Yuragidan
chiquvchi qon tomirlari chap qorinchadan
chiquvchi chapga yo’nalgan aorta tomiri ( O²
li
qon ), o’ng qorinchadan chiquvchi o’pka
arteriyasi ( CO² li qon )