Jahon media maydonida raqobat muhiti va bunda


Yangiliklar tarkibini tanlash, saralash va tarqatish algoritmlari



Yüklə 350,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix04.10.2023
ölçüsü350,94 Kb.
#152071
1   2   3   4   5
jahon-media-maydonida-raqobat-muhiti-va-bunda-elektron-platformalar-ta-sir-doirasi

Yangiliklar tarkibini tanlash, saralash va tarqatish algoritmlari 
Raqamli platformalarning yangiliklar mazmunini tanlash, saralash va tarqatish 
algoritmlari ikkita muammoni keltirib chiqaradi. Birinchidan, raqamli platformalar 
algoritmlarini 
oldindan 
ogohlantirmasdan 
yoki 
yetarlicha 
tushuntirishsiz 
o‘zgartirishlar yangiliklar monetizatsiyasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.[4] Ushbu 
o‘zgarishlar adolatsiz savdo shartlarini va muayyan yurisdiksiyalarda kamsitishni 
keltirib chiqarishi mumkin. Ikkinchidan, professional bo‘lmagan kontent bilan bir 
qatorda professional yangiliklarni taqsimlash uzoq muddatda yangiliklar noshirlari 
obro‘siga ta’sir qilishi mumkin. Bu noshirlar va platformalar o‘rtasidagi turli xil 
nizolarni keltirib chiqaradi. 
Shuningdek, reklama texnologiyalarini yetkazib berish zanjirida, xususan, 
nashriyotlarning reklama inventarlarini sotish uchun haq to‘lashda shaffoflik yo‘qligi 
kuzatilmoqda. Bu esa platformalarning bozor kuchiga dalil bo‘lishi va hissa qo‘shishi 
mumkin. 
Raqobatda organlarning roli qanday? 
Yurisdiksiyalar keng ko‘lamli potensial yechimlarni baholamoqda, bunda bir 
nechta raqobat organlari muhim rol o‘ynaydi. Biroq amaldagi qonunchilik va raqobat 
organlarining vakolatlariga qarab nazariyalar qanday qo‘llanilishi bo‘yicha 
yurisdiksiyalar o‘rtasida sezilarli farqlar mavjud. Ushbu yechimlar raqamli 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(1), Jan., 2023 
864 
platformalarga qarshi raqobatni kuchaytirish choralarini va raqamli platformalarning 
monopoliyasiga 
qarshi 
keng 
qamrovli 
tizimdan 
tortib, 
yanada 
sektoral 
yondoshuvgacha bo‘lgan tartibga soluvchi islohotlarni o‘z ichiga oladi. 
Qo‘llaniladigan choralarga qaramasdan, iste’molchilarga foyda keltiradigan, 
samarali va mutanosib vositalarni ishlab chiqishda ba’zi o‘rinlarda asosiy 
muammolar saqlanib qolmoqda. Jahon media maydonida Avstraliya ikki tashabbusi 
bilan ilg‘or qadam tashladi. Birinchi tashabbus platformalar orqali tarqatilgan 
yangiliklar mazmuni uchun adolatli haq to‘lashni ta’minlashga qaratilgan. 
Tashabbusning ikkinchi turi - raqobat organlarini o‘rganish, sektor so‘rovlari va 
iste’molchilar talablari asosida provayderlarning ustuvorlik darajasini hal qilish. 
XULOSA 
Yuqorida tavsiflangan amaliyotlarni baholash murakkab. Ijobiy(pastroq 
narxlarda turli xil yangilik manbalari) va salbiy(pastroq sifat va kamroq qamrov) 
ta’sirlar foydalanuvchilarga, shuningdek, jamiyatga qanday ta’sir qilishi - bu empirik 
savol. Yangilik noshirlari raqobatlashadigan sifat parametrlarini va raqamli 
platformalar amaliyotining kontent sifatiga ta’sirini o‘lchash qiyin bo‘lishi mumkin. 
Sifat parametrlari bu kontekstda yanada murakkabroq bo‘lib, bu yerda “jamoat 
manfaati” ma’nosidagi mulohazalar foydalanuvchining xohish-istaklariga asoslangan 
sifat mulohazalari bilan mutlaqo mos kelmasligi mumkin.
Raqamli platformalar amaliyoti haqiqatan ham yangiliklar sifati va qamroviga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi deb faraz qilsak, monopoliyaga qarshi nuqtayi nazardan asosiy 
savol qoladi: sifat qanchalik kam ta’minlanganligi elektron platformalar tomonidan 
bozor hokimiyatining suuiste’mol qilinishi tufaylimi, aksincha, bozordagi 
muvaffaqiyatsizliklarning natijasimi? Monopoliyaga qarshi kurashlarimiz sifatli 
yangiliklar va jamoatchilik manfaatlarini himoya qilish uchun yechim bo‘la olish 
yoki bo‘la olmasligi hali ham shubha ostida qolmoqda.
REFERENCES 
1.
Athey, S.M.Mobius va J.Pal, “Agregatorlarning internet yangiliklari iste’moliga 
ta’siri”, 2021.
2.
Matteo Giangaspero, raqobat bo’yicha ekspert, 2022-yil 23-fevral, OECD raqobat 
ochiq kunida “Raqobat, media va raqamli platformalar” panelidagi moderatorlik 
nutqidan. 
3.
Bozorlar va raqobat milliy komissiyasi , “Ispaniyadagi onlayn reklama 
sektoridagi raqobat shartlarini o’rganish”, 2021. 
4.
“Raqobat dinamikasi”, TILES muhokamasi hujjati, 3-jild. 
5.
Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha lug’ati, 2021, Sahhof. 

Yüklə 350,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin