Innovatsiya va intergatsiya


 ‘QITISH JARAYONIGA NO AN’ANAVIY



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/106
tarix04.10.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#152089
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   106
Р. Мавлонова (1)

0 ‘QITISH JARAYONIGA NO AN’ANAVIY
YONDASHISH
Respublikam izda ta iim jarayonini takom illashtirish bo4yicha izla- 
nishda o4qitishningyangi shakllari asta-sekin m ustahkam o4rin olmoqda. 
Bular gimnaziya, ixtisoslashtirilgan sinflardir. Lekin ta’lim ning yangi 
shakllari, asosan, m aktabning o'rta va yuqori boV in larig a daxldordir. 
Boshlang'ich m aktab har qanday holda ham o'quvchilardagi bilim larni 
shakllantirishda va ularning qobiliyatlarini aniqlashda asosiy rol 
o'ynaydi, keyin ham shunda\ b o iib qoladi. Ammo boshlangich mak- 
tabdagi barcha o’qituvchilar, bolalarning qobiliyatlarini aniqlash va 
rivojiantirish uchun tegishli ishlarni amalga oshirayaptimi? M asalan, 
nim a uchun yuqori sinflarda a’lo bahoga o'zlashtiradigan bolalar soni 
kamayib bormoqda? M aktabni bitta yoki ikkita o'quvchi oltin medal 
bilan bitirishini qanday tushunish kerak? Iste’dodli, qobiliyatli bolalar 
yo'qm i yoki o'qitish jarayoni shunchalik samarasiz b o iib qolganmi?
30


Bularning sababi nima? Sababi ko'p. Birinchidan, boshlangich sinflar 
o'qituvchisining bolalar bilan individual ish olib borish imkoniyati 
cheklangan. Sinflarda bo'sh o'zlashtiradigan o'quvchilarga e’tibor berish 
zarur, Ikkinchidan, m azkur o'qituvchilarning m etodik saviyasi yetarli 
emas. Sinfdagi umumiy ishlar jarayonida qobiliyatli bolalarning ijodiy 
imkoniyatlari cheklanib qolmoqda. U lar o'z qobiliyatlarini ko'rsata 
olmaytilar. O'qituvchining butun kuchi va e’tibori sinfga qaratilib, 
qobiliyatli bolalar ko'zga tashlanmayapti. Um um an avtganda, xususan, 
bolalarni saralash va o'qitishga boshqacha vondashishi bilan ularning 
ijodiy qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish kerak. Boshlang'ich m aktab 
(I bosqich maktab) bola shaxsining ilk shakllanishini ta’minlashi, 
uning qobiliyatlarini aniqlash, o'quvchilarda bilim olish ko'nikm asi va 
istagini tarkib toptirishi kerak. Bunday m aktabda o'quv faoliyatining 
zarur ko'nikm a va m alakalarini egallaydilar, o'qish, yozish, hisoblashni 
o'rganadilar, ijodiy fikrlash elementlarini, m adaniy nutq va xulqni, 
shaxsiy gigiyena hamda sog'lom turm ush asoslarini o'rganadilar. 
M ana shu umumiy vazifalarni amalga oshirish uchun m aqsadlarning 
ustunligini jiddiy, tubdan o'zgartirish, avvalo, predm etlarga doir 
bilimlar, ko'nikm a va m alakalarni o'zlashtirishning an’anaviy m aqsa­
di o'rniga bola shaxsini, o'quv faoliyatini shakllantirish asosida tar­
biyalash maqsadi egallaydi, lekin bunda an’anaviy predm etlarga doir 
ko'nikm a va m alakalarning shakllanish darajasiga e’tibor sustlash- 
masligi lozim. Boshlang’ich ta’lim ning muayyan m aqsadlarini ishlab 
chiqishning haqiqiv ahvoli shundaki. yangi ustunliklar nazariy va 
amaliy ustunliklar jihatidan eng kam ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda 
predm et ta lim in in g o'quv dasturlarida belgilangan m uayyan maq- 
sadlari hozircha kichik yoshdagi m aktab o'quvchilarining yosh xusu­
siyatlari va imkoniyatlaridan ajralib qolgan, ta ’lim ning rejalashtirilgan 
natijalari va ularni baholash m exanizm lari nuqtayi nazaridan ifoda- 
lanmagan. Bu hoi o'quv faoliyatini shakllantirishga doir ishlar bilan 
predm etlar bo'yicha ko‘nikm a va m alakalarni o'zlashtirish o'rtasida 
uzilish mavjudligidan dalolat beradi. Boshlang'ich ta’limdagi maqsad- 
lar ustunligining almashinuvi faqat predm etlar o'rtasidagi nisbat 
(asosiy va ikkinchi darajalilik)ning o'zgarishiga olib bormaydi, balki 
shaxsni kamol toptirish vazifalarini kengroq va to'laroq amalga 
oshiradigan yangi. uyg'unlashgan kurslarni ishlab chiqishning asosini
31


ham vujudga keltiradi. Bunday kurslarni va ularning dasturlarini 
ishlab chiqish nihoyatda zarurdir. Shu bilan birga, kichik yoshdagi 
m aktab o'quvchilarining yosh imkoniyatlarini hisobga oladigan va 
ularda o'quv faoliyatini shakllantirishga qaratilgan yangi tipdagi ta’lim 
vositalariga o'tish juda muhimdir. M uayyan yo'nalishdagi (matematika, 
til, estetik va jism oniy tarbiya hamda boshqalarga doir) m aktablarga 
bolalarni yoshidan qat’i nazar qabul qilinadi» ya’ni olti va yetti yoshli 
bolalar farqlanmavdi. Bunda asosiy mezon ko’rish va eshitish xotiralari, 
mantiqiy fikrlash hamda nutqdan iborat bo'ladi. Mana shu m ezonlarga 
ko'ra boshlang'ich m aktabning asosiy vazifasi: bolalarga kuzatish
o'ylash, o'qish va vozishni, o'qilgan yoki avtilgan m aterialning asosiy 
m a'nosini ajratish va tahlil qilishni, muammoli vaziyatlarni turli vari- 
antlarda hal etishni o'rgatishdir. Sinfning ahvoliga muvofiq o'qituv- 
chining eng muhim vazifalari: o'quvchilarning bilimlarni o'zlashti- 
rishga tayyorligini aniqlash va rivojlantirish; keyin o'qitishning 
individual shakli m etodikasini ishlab chiqish, bolalarning qobiliyatlari 
va ijodiy qiziqishlarini takom illashtirish: ularning tafakkuri hamda 
o'qitish dasturini maksimal darajada o'zlashtirish iqtidorini o'stirish: 
bolalarning o'ziga xos va shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish; ularni 
chuqurlashtirish; 
bilimlar asosida m aktabning o'rta zvenosidagi 
o'qishga tayyorlashdir.
O'zbekistondagi m aktablarning tajribali o'qituvchilari bolalarni 
neyropsixologlarning ekspress-diagnostik tekshirish asosida tanlash 
m etodidan foydalanadilar. Bu metod psixologiya fanlari doktorlari, 
professorlar B. Qodirov va G. Simernitskaya, dotsent S. Gxunjonovlar 
tomonidan ishlab chiqildi. O'quvchilar I-IV sinflarda EHM bilan 
shug'ullanib, m ashqlarni m ashinada ishlash m alakalarini hosil qiladilar
m atematika, tabiatshunoslik, mehnat darslari bo'y icha o'yin dasturlarini 
o'zlashtiradilar, shuningdek, test asosida psixologik yo'nalishdagi har 
xil mashqlarni bajaradilar. O 'yin shaklida olib borilgan til bilan bog'liq 
darslarda taiim n in g ikkinchi tilini o'rganishda, asosan so'zlarni, 
iboralarni eslab qolishga, o'qish va yozish m alakalarini shakllantirishga 
ahamiyat berildi. O'qitishning gum anitar yo'nalishlarini «Atrofimizdagi 
olam». «Tasviriy san’at», «Musiqa va raqs» darslari tashkil etdi. 
Bunday darslarning vazifasi axloqiv va estetik tarbiyaning asosi bo'lib, 
chinakam insoniylik sifatlarini va rahm dillikni, inson va tabiatning
32


gcTzalligini ko'ra olishni rivojlantirishdan iborat edi. T aiim dagi 
noan'anaviy o'quv jarayonining ana shu xildagi boyligi tibbiyotchilar 
va psixologlar tomonidan doimiy ravishda nazorat olib borilishini 
talab qiladi. Sinf psixologlarining asosiy vazifasi bolalarning o’quv 
jarayoniga, psixologik barqarorlikka ko'nikishini aniqlashdan iborat edi. 
Psixologlar darslarga kirishi, o'quvchilar va ota-onalar bilan suhbatlar 
o'tkazishlari lozim. Ular to'plagan m aiu m otlar o'quv jarayonini 
oldindan belgilash im konini beradigan maxsus daftarlarga m untazam
ravishda yozib borilishi shart. Sinf psixologining yana bir vazifasi 
xotirani rivojlantirishga doir m ashg'ulotlarni o'tkazishdan iborat boiib, 
bu ish ta'lim ning boshlangich zvenosida juda zarurdir.

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin