72
O‘zstandart, agentligi Davarxitektqurilishqo‘m, Davlat tabiatni muhofaza
qilish qumitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi (biriktirilgan sohalar bo‘yicha)
respublika standartlarini ko‘rib chiqadilar, tasdiqlaydilar, ularning qo‘llanish
muddatini cho‘zadilar va bekor qiladilar hamda unga o‘zgartirishlar kiritadilar.
Respublikada ishlab chiqilgan standartlar va ularga o‘zgartishlar
tasdiqlanishi darajasidan qat’iy nazar O‘zstandart davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi
lozim.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi,
viloyatlar
va
shaharlarda
standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish, muvofiqlashtirish va uning
muqobil darajasini ta’inlash ishlarini O‘zdavstandart, O‘zbekiston Respublikasi
Davlat arxitektura va qurilish qumitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qumitasi
va Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli hududiy idoralari va boshqarmalari
amalga oshiradi.
Sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida standartlashtirish bo‘yicha
ishlarni tashkil qilish va ularni muvofiqlashtirish uchun zaruriyat bo‘lgan
hollarda, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va boshqa xo‘jalik
to’zilmalarida bo‘linmalar (xizmatlar) va (yoki) fan texnikaning tegishli
sohalaridagi yuqori ilmiy – texnikaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan tashkilotlarda
standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlari to’ziladi.
Dostları ilə paylaş: