Vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti energetika fakulteti elektr stansiyalari yo



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix05.10.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#152548
1   2
35ak0Xq6nXfsV1AtQW5EsKUVTWYpIOPMvHbKmEql

Atom energetikasi sanoati.
Hozirgi kunda yer yuzidagi 30
mamlakatda atom elektrostansiyalari bo‘lib, ular umumiy iste’mol
qilinadigan elektroenergiyaning 17 % ni ishlab chiqadi.

Yer yuzidagi atom elektrostansiyalarining o‘rnatilgan quvvati 360
GVt ni tashkil qiladi. Dunyodagi rivojlangan mamlakatlar – AQShda
98 GVt, Fransiyada 63 GVt, Yaponiyada 44 GVt, Angliyada 13
GVt, Rossiyada 20 GVt va Germaniyada 22 GVt elektroenergiya
ishlab chiqiladi.

Xalqaro MAGATE tashkilotining ma’lumotiga qaraganda AESlar
uchun
yadro
yoqilg‘isi
zahiralari
hech
qanday
muammo
tug‘dirmaydi. Yadro yoqilg‘isi xom ashyosi - boyitilgan uranning
zahiralari dunyodagi barcha AESlarni 3000 yil to‘xtovsiz ishlashiga
yetadi.



Dunyodagi 50 mamlakatda uran rudasi resurslari mavjud,
ammo uni faqatgina 25 mamlakat ishlab chiqaradi. Uran
qazib olish bo‘yicha Kanada (yiliga 8500 tonna), Avstraliya
(6500 tonna), Namibiya va Nigeriya (har qaysisi 2900
tonnadan) hamda
Rossiya (2600 tonna) mamlakatlari
yetakchi o‘rinlarni egallaydilar. Uran xomashyosini qazib
olish uchun 1 kg ga 40 dollar xarajat qilinadigan dunyo
zahiralari 1,32 mln.tonnani tashkil qilsa, 1 kg ga 130 dollar
xarajat qilinadigan zahiralar 4 mln. tonnani tashkil qiladi.
Dunyodagi barcha AESlarni ishlashi uchun 64 ming tonna
uran talab qilinadi.


Atom energetikasidan ko‘p foydalanadigan mamlakatlariga Fransiya, 
Belgiya, Yaponiya va Koreya Respublikasini kiritish mumkin.



Yadro energiyasi — kelajak energiyasi. Agar biz yadroviy
zaharlanish xavfini kamaytira olsak va uning chiqitlarini o`quv
bilan yo'qota olishni o’rgansak, yadro energiyasining qo’llanishi
bizni juda ko’p ustunliklarga ega qiladi. Agar chindan ham bu
muammolar hal etilsa, yadro energiyasi boshqa barcha turdagi
energiyalarning o’rnini bosadi.

Yadro energiyasining ustunligi shundaki, u havoga gaz va tutun
tarqatilishi oldini oladi, ishlatiladigan yoqilgi uran bo’lgani
uchun ortiqcha sarf-xarajatlarga ham hojat qolmaydi. Uranga ega
bo’lmagan mamlakatlar, uni olib maxsus omborxonalarda
saqlashi mumkin va boshqa energiya manbalariga muhtojlik
kamayadi. Boshqa energiya manbalarini esa bunday saqlash
mumkin emas.



Shuning barobarida yadro energiyasidan foydalanishning salbiy jihatlari
ham bor. Bordi-yu, uran saqlanayotgan omborxonalarda avariya hodisasi
ro’y bersa, buning oqibati o’ta dahshatlidir. Bundan tashqari, yadro
chiqitlarini yo’qotishning yo’llari hali ham topilganicha yo’q. Bu juda
jiddiy
muammodir.
Hozirgi
kunda
ko’pgina mamlakatlar, bunday
chiqindini — dengiz ostidami yoki sahrodami — qayerda saqlash
qulayroq, degan masala ustida o’zaro bahs bilan mashg’ul.

Yadro reaktorlari inson uchun juda xatarlidir, chunki ular radioaktiv
nurlaridan zararlanish manbaidir. Xuddi shu sababdan atom elektr
stansiyalarini qurishga keskin qarshilik ko’rsatadilar.
XX asrning
buningdek eng yirik falokati Chernobildagi (Ukraina) atom stansiyasida
yuz berdi. Reaktorning portlashi oqibatida faqat Ukrainaning emas, balki
unga qo’shni bo’lgan boshqa ko’pgina davlatlar hududi ham radioaktiv
zaharlanishga uchradi.gan masala ustida o’zaro bahs bilan mashg’ul.




Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin