7
o‘rganish predmeti va ob’yekti aniq bo‘lmasa, uning oldidagi vazifa noaniq bo‘lib,
maqsadga erishish mushkul bo‘ladi. Bunday holat o‘quv jarayoni samaradorligiga
ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani boshqa ijtimoiy va tabiat fanlaridan
farqli o‘laroq mustaqil fan hisoblanadi. Shuningdek, u barcha fanlar orasida alohida
o‘z o‘rni va mavqeyiga ega. U barcha fanlar tarixini ham o‘z ichiga olgan holda
ularning rivojiga katta ta’sir etadi. Bu uning o‘rganish predmeti va ob’yekti hamda
vazifasida to‘la namoyon bo‘lmog‘i kerak. Tarix fani o‘z xususiyatiga ko‘ra,
birinchidan, o‘zining butun diqqat e’tiborini faqat yaqin o‘tmishga qaratadi, undan
saboq beradi, xulosa chiqaradi, o‘tgan davrning hayot tarzi, ijtimoiy-siyosiy,
madaniy-ma’rifiy, iqtisodiy jarayonlarini o‘rganadi.
Ikkinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlarga
nisbatan ancha aniq fandir. U matematika usulidan ham keng foydalanadi. Tarixiy
voqea va hodisalar qat’iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik - xronologik asosda
o‘rganiladi. Shuningdek, tarixiy voqea va hodisalar, hujjat va dalillarning haqiqiy va
haqiqiy emasligi, ular qachon, qayerda, qanday tarixiy muhit va sharoitlarda tarixan
voqe’ bo‘lgani aniqlanadi. Va nihoyat, bo‘lib o‘tgan voqeliklarning aniq sabab va
oqibatlari, shu bilan birga, ularning aniq shakl-shamoyillari va holati aniqlanadi.
Uchinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani mamlakatimiz yaqin
o‘tmishidagi siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy hayotining ahvoli, holatini o‘rganadi, ulardan
kelajak uchun saboq va xulosa chiqaradi. Mustaqillikka erishishidagi murakkab
siyosiy ahvol tahlil etilgan holda istiqlolning qanchalik ulug‘ ne’mat ekanligi
ko‘rsatib beriladi. Bu esa kelajak avlod uchun dasturilamal sifatida xizmat qiladi.
To‘rtinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani ko‘p qirralik va xilma-
xillik xususiyatiga ega. U jamiyat taraqqiyotining va
inqirozlarining faqat bir
tomoninigina emas, balki jamiyatning hamma tomonlarini uzviy, o‘zaro
bog‘liqlikda, bir butunlikda o‘rganadi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani
mamlakatning yaqin o‘tmishdagi voqeliklari, insoniyat hayoti, jamiyat taraqqiyotini
tahlil qiladi. Uning o‘rganish predmetiga esa mana shu makondagi jamiki voqelik va
jarayonlar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda qonuniyatlar hodisasi
va jarayonlar, umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik faoliyati kiradi.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, butun bir xalqlar, elatlar, millatlar va
davlatlarga taalluqli bo‘lgan murakkab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy
jarayonlar tarixda o‘z aksini topadi. Tadqiqotchilarning e’tirof etishlaricha, inson har
qanday tarixning predmeti hisoblanadi. Har bir voqea, hodisa inson (yoki uning bir
guruhi - xalq) xatti-harakati, uning ko‘zlagan ma’lum maqsadga intilishi jarayonida
sodir bo‘ladi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining o‘rganish makoni - ob’yekti
mamlakatning eng yangi tarixi davri hisoblanadi. Mazkur davr respublika
mustaqillikka erishganidan to shu bugungi kunga qadar bo‘lgan hayot tarzini qamrab
oladi. Tarixiy ob’yekt (makon)ga nisbatan O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining
maqsadi, vazifasi, yo‘nalishi va harakat (faoliyat) doirasi yoki chegarasi belgilanadi.
Ma’lum bir ma’noda ob’yekt bilan predmet bir-biriga juda yaqin tushuncha
bo‘lsa-da, ular tarix fanida tutgan o‘rni va vazifasi bilan farqlanadi.
8
Ob’yekt aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy chegaralar,
ma’lum bir xalq, millat, mamlakat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, ma’lum
hudud
doirasidagi voqea va hodisalarning bir butun va yaxlitlikda o‘z ichiga oladi. Predmet
esa mana shu bir butun ob’yekt ichidagi aniq siyosiy, tarixiy-madaniy,
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan iborat bo‘ladi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani fan sifatida ijtimoiy-siyosiy,
umuminsoniy xarakterdagi fan bo‘lib, inson va millat o‘z o‘tmishini bilishi, o‘zligini
anglashi hamda kelajagini belgilashida asosiy dasturilamal hisoblanadi. Shu bilan
birga, u ijtimoiy-siyosiy hayot sohasidagi yagona fan ham emas. Jamiyat, umuman,
insoniyat o‘tmishini o‘rganuvchi boshqa soha fanlari ham bor. Masalan, arxeologiya,
etnologiya, geologiya, antropologiya, demografiya, madaniyat, iqtisodiyot va boshqa
fanlar shular jumlasidandir. Ammo boshqa fanlarning hammasi tabiat, jamiyat ham,
avvalo, katta tarixda aks etadi. Soha tarixi fanlari ham tarix fanining o‘rganish
ob’yekti va predmeti hisoblanadi.
Tarix fani boshqa, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan mustahkam va
uzviy aloqa birligida rivojlanadi. Shuning uchun ham tarixchilar falsafa, adabiyot,
tilshunoslik, dinshunoslik va boshqa fanlarni bilmay turib, haqqoniy tarixni to‘la
yoritib berolmaydilar.
Shuni
ham aytish lozimki, tarix bilan boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning
o‘rganish ob’yekti bitta, ya’ni jamiyat hisoblanadi. Predmeti esa inson va tabiatdir.
Shuning uchun ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga, tarixiy haqiqatlarning
ro‘yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shuningdek, tarix fani ham boshqa soha
fanlari rivojiga katta ta’sir etadi. Bundan tashqari tarix boshqa fanlarni, shuningdek,
ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham tarixidir. Chunki boshqa fanlarning hammasi ham
tarix mahsulidir.
Muxtasar qilib aytganda, tarix fani, ya’ni Vatan tarixi - millat va Vatan
kelajagining ravnaq topishida muhim ahamiyatga ega. Masalaning mohiyati
shundaki, birinchidan, ijtimoiy-gumanitar fanlarning rivojlanishi har jihatdan tarix
fanining naqadar haqqoniy bo‘lishiga bog‘liqdir. Chunki
ular tarix bilan bevosita
bog‘liq. Ikkinchidan, tarix falsafasi qanchalik to‘la va ravon tarzda yuzaga chiqsa,
boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning mazmun va mohiyati hamda ta’sirchanligi ham
shuncha yuksak darajada bo‘ladi.
Tarix falsafasi deganda, tarix, ya’ni o‘tmish tajribasi va sabog‘idan to‘g‘ri
xulosa chiqara olish tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, o‘tmish-tarixga qarab,
kelajakni his etish, ko‘ra bilish va to‘g‘ri belgilay olish ham tarix falsafasini
anglashni bildiradi.
Tadqiqotchilarning e’tirof etishlaricha, insonning shaxsiy manfaat va
ehtiyojlari, qolaversa, uning qobiliyati, iste’dodi, voqelikni
teran idrok etishi tarix
falsafasini anglab yetishda muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan shu nuqtayi nazardan
olib qaraganda, inson aql-idroki, uning tafakkur darajasi, hayotiy falsafasi, jamiyat
taraqqiyoti yo‘lidagi barcha sa’y-harakatlari hamda intilishlari ma’lum millat va
jamiyat mentalitetini belgilab beradi. Mana shu mentalitet millat yoki xalqning
umummadaniy-ma’naviy darajasi, aql-idroki va tafakkur maydonining salohiyatiga
9
qarab o‘ziga xos mazmun-mohiyat kasb etadi. Tarix esa ana shu murakkab,
ziddiyatli, shu bilan birga, qudratli ruhiyat va faoliyat orqali xotiraga aylanadi. Bu
holat tarix falsafasini o‘zida ifoda etadi.
Dostları ilə paylaş: