2.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik, ilmiy-nazariy
asoslari, usullari va tamoyillari.
Ta’kidlash lozimki, har qanday fan kabi O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani
ham o‘zining metodologik, ilmiy-nazariy asoslari va tamoyillariga ega fan
hisoblanadi. Bular O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining asosini tashkil etib,
uning rivojlanishi, jamiyat va millat manfaati yo‘lidagi nufuzining ortib borishi
uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Muhimi, ilmiy-nazariy tamoyillar eng yangi
tarixning haqqoniy yozilishi, tarixiy haqiqatni yuzaga chiqishiga xizmat qiladi.
Agar tarix insoniyat yashab rivojlanishi uchun ijtimoiy zaruriyat va
ma’naviy-ma’rifiy ehtiyoj bo‘lsa, tarix fani esa bu ehtiyojlarni ro‘yobga chiqishi
uchun mas’ul bo‘lgan yuksak intellektual ilmiy-amaliy faoliyatdir. Buning samarali
bo‘lishi, ya’ni tarix fani rivojlanishida metodologik ilmiy g‘oya va nazariyalar, usul
va uslubiy tamoyillarning ahamiyati benihoya kattadir. Chunki bular tarixning
mazmun va mohiyati hamda falsafasini chuqurroq ochib berishga, shuningdek, tarix
fanining maqsad va vazifasini to‘laroq ro‘yobga chiqishiga bevosita yordam beradi.
Shuning uchun ham O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik
ilmiy-nazariy asoslari, g‘oya va ta’limotlari nimalardan iborat bo‘lishi muhim masala
sanaladi.
Mutaxassislarning fikricha, tarix moziyni o‘rganish haqidagi fan bo‘lib, ilmiy
atama sifatida ikki o‘zaro aloqadorlikdagi tushunchani ifodalaydi. Birinchidan, tarix
jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi fan bo‘lib, uning mavzusi kishilik jamiyati
o‘tmishining, uning turli-tuman sohalardagi taraqqiyoti va o‘zgarib borish jarayonini
o‘rganadigan fandir. Ikkinchidan, tarix bu insoniyat to‘g‘risidagi fan bo‘lib,
jamiyatning o‘tmishini tadqiqot yo‘li bilan aniqlab, o‘tmishda inson tomonidan
yaratilgan, inson zakovatining natijalari bo‘lgan jarayonni tadqiq etish va bizgacha
bo‘lgan davrni o‘rganib, kelajak avlodga yetkazadigan fandir.
Tarixshunoslikdan ma’lumki, tarixiy jarayonlar undagi qonuniyatlar bilan
asoslanadi. Tarix fanining asosiy tayanch tushunchasini tarixiy asos va tarixiy
manba, tarixiy makon va tarixiy zamon tashkil etadi. Soha mutaxassislarining e’tirof
etishlaricha, tarix fanini o‘rganishdagi eng dolzarb muammo - bu tarixiy voqelik va
tarixiy manbalar bo‘lib, mana shu ikki muammoga tom ma’noda ilmiy yondashish
tarix fanining nazariyasi va metodologiyasini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunonchi, har bir fanda bo‘lganidek, tarix, jumladan, O‘zbekistonning eng yangi
tarixi fanining ham o‘zining nazariyasi va metodologiyasi mavjud. Nazariya - bu
ilmiy bilimlar yig‘indisi va boshqa fanlar bilan mavjud bo‘lgan aloqadorlikni bilish
jarayonidir.
Tarixchilar, sohada izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar butun insoniyat,
millat, xalq va o‘rganish ob’yekti evolyutsiyasi, uning mazmun- mohiyatini to‘g‘ri
anglash, tahlil qila olishi lozim. Agar tarix falsafasi tarixiy voqealiklar tahlilidan
kelib chiqadigan haqiqat (xulosa)larning so‘zdagi aniq ifodasi bo‘lsa, tarix fani
10
metodologiyasi mana shu tarixiy haqiqatlarning ro‘yobga chiqishi - tarix haqqoniy
tarzda yozilishi uchun birdan-bir to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi dasturdir. Yuqoridagi
mulohazalarni muxtasar qilib aytganda, metodologiya fanlar ichidagi fan
hisoblanadi.
Avvalo, metodologiya haqida to‘xtalsak, metodologiyaning lug‘aviy ma’nosi
grekcha “Metodos” va “Logos” degan ikki so‘z birikmasidan iborat bo‘lib, metod,
ya’ni usul - tadqiqot olib borish usuli (yo‘li), nazariya, ta’limot, logiya esa fan
deganidir. Demakki, metodologiya, ya’ni uslubiy ilmiy tadqiqot ishini olib borish
yoki biror bir masalani ilmiy o‘rganishning eng qulay usullari, eng to‘g‘ri va
mukammal g‘oyasi, nazariyasi va ta’limotlari majmuidan iborat bir butun fandir.
Boshqa ma’noda esa metodologiya ilmiy bilish yoki ma’lum bir ilmiy faoliyatni
tashkil etish va amalga oshirishda qo‘llaniladigan usullar haqidagi fandir. Demak,
tarix fani metodologiyasi tarixni o‘rganuvchi va o‘qituvchilarni aniq maqsad sari
to‘g‘ri yetaklaydi, ya’ni tarix haqqoniy yozilishi va o‘rganilishiga yo‘l-yo‘riq
ko‘rsatadi.
Har qanday fanning metodologiyasi deganda metod (usul)lar majmui
tushuniladi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanini o‘qitish metodologiyasi deganda
bu yo‘nalishdagi ilmiy bilimlarning tuzilishi va rivojlanishi, ularning natijalarini
asoslash yo‘llarini amaliyotga tadbiq etilishi, mazkur fanga xos bo‘lgan ilmiy
bilimlar mexanizmining samarali usullari tushuniladi. Tarix fani metodologiyasi deb
tarix fanlari doirasidagi ilmiy bilimlarning tuzilish tamoyillariga, shakli va ilmiy
jihatdan O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani doirasida qo‘llaniladigan ta’limotga
aytiladi.
O‘zbekistonning
eng
yangi
tarixi
fanining
fan
sifatidagi
nazariy-metodologik asoslari o‘zida mazkur fanning qonuniyatlari va tamoyillarini,
faqatgina shu fanga xos bo‘lgan qat’iy tushunchalar majmui va bilish metodlarini o‘z
ichiga oladi.
Tarix fanining rivoji, uning metodologiyasi rivojiga bog‘liq bo‘lganidek, tarix
fani metodologiyasi yuksak darajada takomil topishi tarix fani qay darajada
ekanligiga ham bog‘liq. Bu holdagi uzviy va ikki tomonlama bog‘liqlik har ikkala
yo‘nalishning umumiy qonuniyatidir. Mana shu o‘zaro aloqadorlik qonuniyatini,
mumtoz tarixshunoslik va hozirgi zamon sivilizatsion yondashuvlarga asoslangan
holda O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani metodologiyasini quyidagi ikki qismga
bo‘lish tavsiya etiladi:
•
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik ilmiy-nazariy,
g‘oyaviy va falsafiy asoslari. Bunga quyidagilar kiradi:
•
Din bilan dunyoviylik o‘rtasidagi mo‘tadil munosabat;
•
Tarixning milliy, umuminsoniy, qaytarilmas hodisa hamda qadriyat
ekanligi;
•
Tarixga hozirgi zamon sivilizatsiyasi nuqtayi nazaridan turib, ilmiy va
xolisona asnoda yondashish;
•
Tarixiy taraqqiyot asosini evolyutsion - tadrijiy yo‘l va islohotchilik
tashkil etadi deb bilish;
•
Tarixga milliy mentalitet nuqtayi nazaridan, o‘zgalar tarixiga hurmat
11
ruhida murojaat etish;
•
Tarix, jamiyat va tabiat hamda insoniyat (barcha tarixiy voqelik va
jarayonlar) dialektika hamda sinergetika qonuniyatlari asoslarida rivojlanishini
anglash;
•
Tarix milliy va umuminsoniy xotira, millat va xalqlaming ma’naviy
o‘zagi, tani hamda g‘oyaviy-mafkuraviy muhofaza quroli ekanligini tushunish.
•
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining ilmiy usul va tamoyillari
quyidagilardan iborat:
•
Ilmiy xolislik (ob’yektivlik);
•
Tarixiy - tahliliylik;
•
Mantiqiy - uzviylik;
•
Vorislik va xronologik izchillik;
•
G‘oyaviylik va vatanparvarlik;
•
Qiyoslash, kuzatish va umumlashtirish;
•
Bahslashish, munozara yuritish va asoslab berish;
•
Matematik hisoblash;
•
Shakllantirish va modellashtirish;
•
Ayrimlikdan umumiylikka (induktsiya) va umumiylikdan ayrim
(juz’iy)likka (deduktsiya);
Ma’lumki, sovet davridagi tarix fani o‘tmishni soxtalashtirdi, din ilmga zid,
tarixiy taraqqiyotga to‘sqinlik qiladi degan dahriylikka amal qilindi. Sovet davlatida
hukmron bo‘lgan kommunistik mafkura tarixiy o‘tmishga nisbatan bir tomonlama,
sinfiy, partiyaviy yondashuvni rasmiy darajaga olib chiqqan edi. Tarixni xolisona
o‘rganish zamonaviy dunyoda ustuvor darajada bo‘lmog‘i lozim. Shuning uchun
ham u din bilan mu’tadil, mutanosiblik asosida o‘rganilmog‘i hozirgi davrda asosiy
ma’naviy mezonlardan biri bo‘lib turibdi. Bu esa yoshlarni turli xil din niqobi aslida
dinga aloqasi bo‘lmagan turli noqonuniy guruhlarga adashib kirib qolishlarining
oldini oladi, shuningdek, tariximizni xolisona haqqoniy yoritilishiga imkon beradi.
Tarixiy o‘tmishni ilmiy va xolisona o‘rganish zamonaviy dunyoning asosiy
mezoniga aylanmoqda.
Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
tomonidan ilgari surilgan va jahon hamjamiyatining yuksak e’tirofiga sazovor
bo‘lgan ijtimoiy hayot bobida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” tamoyilini targ‘ib
etish ulkan ahamiyat kasb etadi.
Qayd etish lozimki, tarixiy-tahliliylik tamoyili tariximizda qadimdan
muarrixlar tomonidan qo‘llanib kelingan qulay usul hisoblanadi. Bu usul tarixiy
voqea va hodisalaming nechog‘liq to‘g‘ri hamda noto‘g‘riligini aniqlashga, tarixni
haqqoniy va to‘g‘ri yozilishiga yaqindan yordam beradi.
Har qanday fan kabi O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani ham o‘zining
metodologik ilmiy-nazariy asoslari va tamoyillariga ega. Bular O‘zbekistonning eng
yangi tarixi fanining asosini tashkil etib, uning rivojlanishi, jamiyat va millat
manfaati yo‘lidagi nufuzining ortib borishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Eng
muhimi, ilmiy-nazariy tamoyillar Vatan tarixining haqqoniy yozilishi, tarixiy
12
haqiqatning yuzaga chiqishiga xizmat qiladilar.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi mazmun-mohiyatiga ko‘ra, ilmiy va amaliy
ahamiyatga egadir. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning
1996-yil 13-dekabrdagi Farmoniga ko‘ra - O‘zbekistonning yangi tarixini tayyorlash
va nashr qilish haqida qaror qabul qilindi. Shu asosda mustaqillik davri aks etgan
qator adabiyotlar yuzaga keldi. 1998-yilda chop etilgan “Tarixiy xotirasiz kelajak
yo‘q” risolasida tarix fanining qator dolzarb masalalariga e’tibor qaratildi.
Masala mohiyatini dolzarblik jihatidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2012-yil yanvarida qabul qilgan qaroriga asosan Oliy va
O‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi jamoatchilik
kengashi tashkil etildi. Mazkur jarayonni yanada takomillashtirish maqsadida
2017-yil 30-iyunda Prezident Sh.M.Mirziyoyev imzosi ostida O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar Аkademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi
bo‘yicha jamoatchilik kengashini tuzish to‘g‘risida”gi Qaror qabul qilindi.
Keyingi yillarda mamlakat tarixini ilmiy manbalar, arxiv hujjatlari, tarixiy
adabiyotlar asnosida ilmiy va xolisona tarzda o‘rganish, tadqiq etish, yoshlarni
tarixiy bilim bilan qurollantirish, ularda yuksak axloqiy, ma’naviy fazilatlarni
yuksaltirish borasida qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Zero, Respublika
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning qator chiqish va nutqlarida ta’lim va tarbiya
masalasi bevosita o‘rin egallamoqda. Xususan, 2021-yil 19-yanvardagi ma’naviy-
ma’rifiy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda, respublikamizning mustaqilligining
qutlug‘ 30 yillik tantana tadbirlari, 1-oktabr O‘qituvchi va murabbiylar kuniga
bag‘ishlangan tadbirda tarix ilmini chuqur va asosli o‘rganish masalasiga alohida
urg‘u berildi. Mustaqillik davrida o‘tgan kunlarni alohida o‘rganish, tadqiq etish,
ilmiy-nazariy xulosalar chiqarishni taqozo etadi. Bu, birinchidan, istiqlol yillarida
O‘zbekiston dunyo hamjamiyatida o‘ziga xos nufuzga ega bo‘ldi. Moddiy resurslari,
ishlab chiqarish imkoniyatlari, aqliy va jismoniy salohiyatlariga ko‘ra, rivojlangan
mamlakatlar bilan tengma-teng turib, hamkorlik qilish imkoniyatlariga ega bo‘ldi;
ikkinchidan, mamlakatimiz uchun og‘ir, mas’uliyatli paytda respublikamizda
ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy barqarorlik ta’minlandi. Respublika hukumati mana
shunday ziddiyatli holatda vaziyatni tezda anglab yetdi va to‘g‘ri siyosat yuritdi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishda 90-yillarga oid arxiv hujjatlari,
kinofoto va ovozli hujjatlar, tegishli adabiyotlar katta ahamiyat kasb etdi.
Istiqlol tufayli o‘z tariximizni o‘zimiz yozish va tarix fani metodologiyasini
ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldik. O‘tgan davr ichida O‘zbekistonning yangi
tarixi yozildi va tarix fani jadal rivojlanmoqda. Butunlay yangicha ruh va
mazmundagi ilmiy qarash (konsepsiya)lar paydo bo‘ldi, zamonaviy nazariy-
kontseptual qarashlarni o‘zida aks ettirgan o‘quv qo‘llanma va darsliklar, tarixiy
asarlar chop etildi. Bu o‘rinda yuqorida ta’kidlangan metodologik yondashuv
ilmiy-nazariy asosga ega bo‘lib, uning ahamiyati yuqori darajada bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: |