O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Eng yangi tarix kitob

3.
 
O‘zbekistonning eng yangi tarixini davrlashtirish. 
Markaziy Osiyo mintaqasi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi bo‘lib, 
insoniyat qadimgi tarixi va madaniyati o‘choqlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Uzoq 


13 
yillar mobaynida olib borilgan tadqiqotlar natijasida mintaqaning turli viloyatlarida 
umumiy, bir-biriga o‘xshash, ko‘p hollarda bir-birini takrorlaydigan madaniyatga oid 
yodgorliklar topib o‘rganilgan va ilmiy doiraga tatbiq etilgan. Chunonchi, O‘rta 
Osiyo hududlarida qadimgi davrlarda yuz bergan tarixiy-madaniy, ijtimoiy- iqtisodiy 
va siyosiy jarayonlar bir-biriga yaqin bo‘lib, turli migratsion jarayonlarga 
qaramasdan bu hududda yashagan qadimgi qabilalar hamda elatlarni umumiy va 
etnik ildizlar birlashtirib turgan. Shuning uchun ham O‘rta Osiyo xalqlarining tarixiy 
taqdiri qadimgi davrlardan boshlab bir-biriga uzviy bog‘langan bo‘lib, qadimgi 
davrlar haqida so‘zlaganimizda “Markaziy Osiyo tarixi” va “O‘zbekiston tarixi” 
atamalarini yonma-yon ishlatishimizning boisi ham ana shundadir. Ma’lumki, 
nafaqat O‘zbekiston, balki butun insoniyat tarixi uzoq va murakkab jarayon bo‘lib, 
tarixiy-madaniy voqealarga nihoyatda boy hisoblanadi. So‘nggi yillarda O‘rta 
Osiyoning 
turli 
hududlarida 
arxeologiya, 
antropologiya, 
etnografiya 
va 
numizmatikaga oid ko‘plab tadqiqotlar olib borildi hamda tariximizni xolisona 
yoritish uchun xizmat qiladigan muhim ma’lumotlar to‘plandi. Ushbu ma’lumotlar 
va ashyolar o‘lka tarixining turli bosqichlaridagi iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy- 
siyosiy jarayonlari haqida yanada to‘laroq tasavvurlar hosil qilish imkonini berib, 
ular eng qadimgi xo‘jaliklar va mehnat qurollari, zamonaviy qiyofadagi odamning 
paydo bo‘lishi, xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakllariga o‘tilishi, ishlab 
chiqarishda metalning ishlatila boshlanishi, ayirboshlash va savdo-sotiq, ilk 
shaharlar va davlatlarning tashkil topishi kabi ko‘plab tarixiy-madaniy jarayonlariga 
bog‘liq ravishda bo‘ladi. Tarixni davrlashtirishda ushbu jarayonlarga asosiy e’tibor 
qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. 
O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston tarixini zamon talablariga asoslanib 
davrlashtirish masalasida turlicha nuqtayi nazarlar mavjud. Bu masala yuzasidan
xususan, eng qadimgi davrlardan bugungi kunga qadar bo‘lgan tariximizni 
davrlashtirishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan tarixiy-madaniy jarayonlar, masalaga 
sivilizatsion yondashuv, davrlashtirishning metodologik asoslari kabi masalalarga 
A.Asqarov, E.Rtveladze, A.Sagdullayev va boshqa olimlar e’tibor qaratganlar. 
So‘nggi yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlardan kelib chiqib, O‘zbekiston tarixini 
davrlashtirish masalalariga qisqacha to‘xtalib o‘tish lozim. Chunki o‘rganilayotgan 
tarixni, avvalo, xronologik izchillikda davrlarga bo‘lib, har bir davrning o‘ziga xos 
xususiyatlarini hisobga olib darslik nuqtayi nazaridan ma’ruzalar belgilash hamda 
dars soatlarini taqsimlash maqsadga muvofiqdir. Qanchalik sodda ko‘rinmasin, bu 
jihat ham murakkab masala hisoblangan tarixni to‘g‘ri davrlashtirishni talab etadi. 
Masalaning eng muhim tomoni esa yoshlarimizga ilmiy asoslangan davrlashtirish 
yuzasidan tarix fanidan ta’lim berishdir. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, mustaqillik davriga kelib, haqqoniy tariximizni 
yaratish borasida olib borilgan tadqiqotlar tufayli sovet davri mafkurasiga asoslangan 
besh bosqichli formatsion davrlashtirish inkor etildi. Qadimgi tarixni davrlashtirish 
masalasida tarixiy-madaniy taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy omillariga asosiy 
e’tiborni qaratish g‘oyalari paydo bo‘ldi. Xususan, A.Sagdullaevning fikricha, 
Markaziy Osiyo tarixining eng qadimgi davri bir necha yuz ming yillarni o‘z ichiga 


14 
oladi. Yevropa va Osiyo hududlarida tarixiy va madaniy jarayonlar rivojlanishining 
notekisligi, ayniqsa, turli davrlarda moddiy madaniyatdagi o‘zgarishlarning 
bir-biriga mos kelmasligi tufayli, ayrim hududlarga tegishli tarixiy sana va 
davrlashtirish bir-biridan farqlanadi. A.Asqarovning fikricha, O‘zbekiston tarixi 
jahon tarixining tarkibiy qismidir. Bu zaminda yuz bergan tarixiy jarayonlarni jahon 
tarixidan ajratib o‘rganish mumkin emas. Ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik jamiyat 
taraqqiyoti qonuniyatlarining mahsulidir. Har bir xalq yer kurrasining qaysi 
mintaqasida yashamasin, taraqqiyotning barcha bosqichlarini u yoki bu darajada 
bosib o‘tishi shart. Ammo jamiyat rivojlanishi hamma yerda birday kechmagan. 
Jamiyatning notekis rivojlanish qonuniyati esa qadimgi zamonlarda ko‘proq 
mintaqaning tabiiy- geografik va ekologik imkoniyatlariga bog‘liq bo‘lgan. Jamiyat 
hayotida yuz beradigan tub ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, Markaziy Osiyo 
tarixining rivojlanish darajasi va ana shu mintaqa tarixi taqozo etgan holatdan kelib 
chiqib, Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston tarixini davrlashtirish mumkin. 
Tarixni davrlashtirish masalasi A.Asqarovning “O‘zbek xalqining kelib chiqish 
tarixi” monografiyasida ham keng yoritilgan va unda tarixni davrlashtirishda 
nimalarga e’tibor berish lozimligi ta’kidlanib, O‘zbekiston tarixini 7 ta davrga bo‘lib 
o‘rganish maqsadga muvofiqligi ilgari surilgan. Unda jamiyatda yuz bergan tub 
o‘zgarishlar hisobga olingan holda, birinchidan, har bir ulkan tarixiy davrda 
jamiyatning iqtisodiy asosini harakatlantiruvchi kuchlari kimlar edi? Ikkinchidan, 
jamiyatda mulkka egalik qilishning xarakteri qanday bo‘lgan? Uchinchidan, jamiyat 
ijtimoiy hayotining ma’naviy asosini qanday mafkura tashkil etgan? - degan savollar 
qo‘yilib, kishilik jamiyati tarixi davrlashtirilishi kerak, degan fikrni ilgari surgan. 
Shu bilan quyidagi davrlashtirish taklif etilgan: 
O‘zbekistonda “Ibtidoiy to‘da davri”. O‘zbekistonda “Ibtidoiy urug‘chilik 
jamoasi va mulk egaligining shakllanish davri”. Bu davrni uch bosqichga bo‘ladi: 
1-bosqich - matriarxat urug‘ jamoasi bosqichi. 2-bosqich - XX asrning ikkinchi 
yarmi davomida jahon fanida Shimoliy-Sharqiy Afrikaning Olduvay darasida olib 
borilgan arxeologik va antropologik izlanishlarga ko‘ra, odamzodning ilk ajdodlari 
bundan 2,5-3 million yil avval Afrika qit’asida yashay boshlagan. “Homo sapiyens, 
sapiyens” (aqlli odam) esa, yer kurrasida mil. avv. II million yildan boshlab yashay 
boshlagan, degan tasavvur paydo bo‘ldi. 3-bosqich urug‘ jamoalarining harbiy 
demokratiya bosqichi. O‘zbekistonda “Ilk o‘rta asrlar davri”. “O‘rta asrlar davri. 
Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston tarixining beshinchi davrini 
“Mustamlakachilik” deb atash mumkin. Uning davriy chegarasi - Rossiya imperiyasi 
bosqinidan to 1917-yil oktabr to‘ntarishiga qadar davom etgan davrni o‘z ichiga 
oladi. 
O‘zbekiston tarixining oltinchi davri “Sovetlar hukmronligi davri” bo‘lib, bu 
davr 1917-yildan 1991-yilgacha davom etgan. O‘zbekiston tarixining yettinchi davri 
eng yangi deb nomlanib, bu davr 1991-yil 31-avgustdan to bugungi kungacha 
bo‘lgan davrlarni qamrab oladi. Yuqorida akademik А.Аsqarovning mulohazasi 
bo‘yicha guruhlar ma’lum juz’iy o‘zgarishlar asosida qabul qilindi. 
Mazkur davrlashtirish uslubida ham O‘zbekiston hududining o‘ziga xos 


15 
taraqqiyot yo‘li aks etgan. Shuningdek, biz o‘rganayotgan davr, ya’ni O‘zbekiston 
tarixining yettinchi davri “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” deb atalib, ushbu davr 
ham o‘z ichida bir necha bosqichlardan iboratdir. Xususan, mustaqillik davrida 
mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida amalga oshirilgan tub o‘zgarishlar, 
respublika aholisining fidokorona mehnati tufayli qo‘lga kiritilgan katta yutuq va 
natijalarni, ularning mohiyati va ahamiyatini hisobga olib mustaqil taraqqiyot 
davrining 3 bosqichga bo‘linishini ko‘rish mumkin. Birinchi bosqich 1991-2000- 
yillarni o‘z ichiga olib, bu davrda mustaqillikning poydevori bunyod etilib, “o‘zbek 
modeli” asosida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sari yo‘l tutildi, O‘zbekiston jahon 
hamjamiyati tomonidan tan olindi, milliy istiqlol mafkurasi jamiyat hayotiga keng 
kirib bordi. 
2001-2010-yillarni o‘z ichiga olgan ikkinchi bosqich, demokratik 
o‘zgarishlar, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, ijtimoiy-siyosiy hayot sohalarini 
izchil isloh qilishni ta’minlash davri bo‘ldi. 
Uchinchi bosqich esa 2010-yildan 2017-yilgacha bo‘lgan davr hisoblanib, 
bunda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, fuqarolik institutlarini 
rivojlantirish, bozor 
islohotlarini 
va 
iqtisodiyotni liberallashtirish - 
chuqurlashtirish davri bo‘lib qoldi. Ushbu davrning boshlanishi mamlakatda 
fuqarolik jamiyatini 
shakllantirish va demokratik 
islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish konsepsiyasining ishlab chiqarilishi bilan bog‘liqdir. 
Shuningdek, O‘zbekistonning eng yangi tarixida yuqoridagi bosqichlarga 
qo‘shimcha ravishda 2017-yildan keyingi davrni ham alohida jarayon sifatida qabul 
qilish lozim. Mazkur davr tarixi 2016-yil dekabr oyida saylangan O‘zbekiston 
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning strategik taraqqiyotga asoslangan keng ko‘lamli 
jadal islohotlar davri boshlangani bilan izohlash mumkin. Bu davr hozirgi kunda 
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot davri deb ham nomlanmoqda. 
Mustaqillikka erishganimizdan keyingi davrda O‘zbekistonning eng yangi 
tarixini yozish soha xodimlari oldidagi dolzarb masalalardan biri bo‘lib, bu o‘rinda 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida “O‘zbekistonning yangi 
tarixi markazini tashkil etish” to‘g‘risidagi Farmoyishiga muvofiq hamda 
xalqimizning yangi tarixini o‘rganish va yozish, mamlakatimiz hayotida sodir 
bo‘layotgan katta o‘zgarishlar va uning jahonshumul tarixiy ahamiyatini ko‘rsatishni 
amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 16- dekabrdagi 
“O‘zbekistonning yangi tarixi”ni tayyorlash va nashr etish to‘g‘risidagi qarorining 
o‘rni ahamiyatli hisoblanadi. Ushbu qarorga ko‘ra, O‘zbekistonning yangi tarixi”ni 
yozishda quyidagi asosiy yo‘nalishlar e’tiborga olinishi belgilab berildi: 
-
xalqimiz o‘tmishidagi millat taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy 
jarayonlarni chuqur ilmiy tadqiq etish va xolisona yoritish; 
-
“O‘zbekistonning yangi tarixi”ni yozishda tarix bosqichlari va ijtimoiy- 
siyosiy taraqqiyot uzluksiz jarayon ekanligini nazarda tutish, tarixiylik va vorisiylik 
tamoyillariga amal qilish; 
-
O‘zbekiston xalqining buyuk tarixiy merosga ega ekanligi va 


16 
umumbashariyat qadriyatlariga munosib hissa qo‘shganligini e’tirof etgan holda 
o‘ziga xos davlat qurilishi an’analari va ularga nisbatan fikrlar, qarashlar xilma- 
xilligi mavjudligini hisobga olish; 
-
“O‘zbekistonning yangi tarixi”ning har bir qism va bo‘limlarini yozishda 
biryoqlama, sub’yektiv yondashuvlarga yo‘l qo‘ymasdan yagona tadqiqot uslubiga 
amal qilish; 
-
O‘zbekiston tarixiga oid voqea-hodisalarni yoritishda uning ko‘hna 
Turonzamin, Movaraunnahr, Turkiston tarixining tarkibiy qismi bo‘lganligini yodda 
tutish; 
-
O‘zbekiston tarixi dunyoning turli mintaqalarida sodir bo‘lgan ijtimoiy- 
tarixiy voqea-hodisalar hamda jahon taraqqiyoti jarayonlari bilan uzviy bog‘liq 
ekanligini va ularning bir-biriga o‘zaro ta’sirini hisobga olish; 
-
tadqiqot yaratishda eski kommunistik-bolshevistik mafkura aqidalariga va 
o‘tmishni soxtalashtirishga yo‘l qo‘ymaslik, tarixiy jarayonlarni xolisona baholash; 
-
yoshlarni milliy istiqlol g‘oyalari, vatanparvarlik va umuminsoniylik ruhida 
tarbiyalashda tarixiy voqea-hodisalarning ahamiyatini e’tiborga olish. 
“O‘zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining 
eng yangi tarixini tadqiq etish va o‘qitish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik, 
ma’rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, ilm-fanning ta’lim hamda boshqa 
ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish 
borasida ilmiy, madaniy, ta’lim, jamoat muassasalari va tashkilotlari faoliyatini 
muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, yoshlarda, avvalambor, 
umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar o‘quvchilarida, 
oliy o‘quv muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni 
shakllantirish maqsadida” O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 
30-iyun 
kuni “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil 
etish to‘g‘risida”gi qarori ham O‘zbekistonning eng yangi tarixini yaratishda muhim 
burilish bo‘lib xizmat qildi. Mazkur qaror bilan 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashining quyidagi 
asosiy vazifalari belgilandi: 
-
demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning 
“o‘zbek modeli” mohiyati va mazmunini, jamiyatda barqarorlikni, millatlararo 
totuvlik va diniy bag‘rikenglikni saqlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borish, 
hozirgi dunyoda O‘zbekistonning roli va o‘rnini chuqur o‘rganish hamda yaqqol 
ochib berish; 
-
O‘zbekistonning eng yangi tarixini zamonaviy nazariy-metodologik, 
fanlararo yondashuvlarga, tarixiylik va xolislik tamoyillariga asoslangan holda 
tizimli o‘rganishni tashkil etish, O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha dolzarb 
muammolarni ishlab chiqish, shuningdek, buyuk tarixiy-madaniy merosga ega 
bo‘lgan va jahon sivilizatsiyasining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan o‘zbek xalqining 
tarixiy o‘tmishi va bugungi kuniga baho berishda bir yoqlama yondashuvlarga, 
aqidaparastlikka yo‘l qo‘ymaslik ishlarini amalga oshirish; 


17 
-
ilmiy, o‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlash va 
chop etish ishlarini muvofiqlashtirish, ularda O‘zbekistonning eng yangi tarixini 
umumjahon va mintaqaviy jarayonlar bilan, shuningdek, hozirgi O‘zbekiston 
hududida shakllangan xalqlar va davlatlar sivilizatsiyasining tarixiy-madaniy merosi 
bilan uzviy bog‘liq holda ko‘rib chiqishni ta’minlash; 
-
O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha ilmiy, o‘quv va o‘quv-metodik 
adabiyotlar, o‘quv dasturlari monitoringini shakllantirish; 
-
sohada ilmiy-tadqiqot, o‘quv-metodik ishlarning sifatini yaxshilash 
bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va joriy etish; 
-
fuqarolarda tarixiy xotira, milliy o‘zlikni anglash, yuksak ma’naviyat, 
xalqning tarixiy an’analari, madaniy merosiga hurmat, O‘zbekiston mustaqillikka 
erishganligining buyuk tarixiy ahamiyatini anglash kabi fazilatlarni shakllantirishga 
yo‘naltirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini, shu jumladan, ommaviy 
axborot vositalari orqali oshirib borishga ko‘maklashish; 
-
O‘zbekiston tarixi bo‘yicha zamonaviy chet el ilmiy va o‘quv adabiyotlarini 
o‘rganishga yo‘naltirilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, hozirgi 
O‘zbekistonning tarixiy o‘tmishi, sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi, 
mamlakatda olib borilayotgan demokratik islohotlar to‘g‘risidagi xolis axborotni 
keng xalqaro jamoatchilikka ilmiy asosda yetkazish. 
Qarorda, 
shuningdek, 
ijtimoiy-gumanitar 
fanlarni 
ta’lim 
bilan 
integratsiyalashuvini mustahkamlash va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. 
Jamoatchilik kengashining ishchi organi sifatida O‘zbekistonning eng yangi 
tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi metodik markaz belgilangan bo‘lib, 
uning asosiy vazifalari sifatida Jamoatchilik kengashi faoliyatini ilmiy-metodik 
ta’minlash, O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish bo‘yicha dolzarb 
masalalarni ishlab chiqish, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus 
ta’lim vazirligi bilan birgalikda O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha o‘quv, 
o‘quv-metodik adabiyotlar yaratish yuzasidan tanlovlar o‘tkazishda ishtirok etish
davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida O‘zbekistonning eng yangi tarixi 
tadqiqotlari bo‘yicha ilmiy-texnika loyihalari tanlovlarini vazifalari ro‘yxatiga 
kiritish uchun takliflar ishlab chiqish, O‘zbekistonning eng yangi tarixini 
o‘rganishning 
nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirish 
yuzasidan 
tadqiqotlar olib borish, har yili O‘zbekiston eng yangi tarixining dolzarb masalalari 
bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro va respublika konferensiya hamda seminarlari 
ro‘yxatini amaldagi tartibda ishlab chiqish belgilangan. 
Dunyoda, xususan, O‘zbekistonda yuz berayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar 
davrida tarix fani ham bir qator masalalarni qayta ko‘rib chiqish va chuqur o‘rganish 
muammosiga duch kelmoqda. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 18-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida 
“..milliy o‘zligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu 
borada ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har 
tomonlama qo‘llab-quvvatlash lozim”, degan fikrlari bayon qilingan va yuqorida 
ta’kidlangan masalalr sohaning oldiga ko‘plab ilmiy masalalarni ko‘ndalang qo‘yadi. 



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin