Bolalaming mehnat faoliyatlarini o‘zida qamragan mashg‘ulotlar asosan bog‘cha yoshidagi davrdan boshlanadi. Bu yoshda bolalaming mehnatlari juda sodda va elementar bo‘lsa ham ulaming psixik taraqqiyotlarida juda katta ahamiyatga egadir. Bog‘cha yoshidagi bolalar bilan o‘tkaziladigan suhbatlar natijasida bolalarda mehnatga nisbatan ijobiy munosabat, mehnat qilish ishtiyoqi tug‘iladi. Kattalaming mehnat faoliyatlariga taqlid qilish dastawal bolalarning o ‘yinlarida namoyon bo‘ladi. Bolalar kattalaming mehnat faoliyatlarini o‘zlarining o‘yinlarida taqlidan takrorlash bilan cheklanib qolmay, balki kattalar mehnatida bevosita qatnashish uchun harakat qila boshlaydilar. Masalan, qiz bolalar onalari kir yuvayotganda suv tashish, ayrim kichikroq narsalami (dastro‘molchalarni) chayishda qatnashadilar, uy va hovlilarni yig‘ishtirib supurishga, o ‘g‘il bolalar esa otasi bajarayotgan ishda qatnashishga intila boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar mehnatining natijasi emas, balki mehnat jarayonining o‘ziga qiziqishi psixologik jihatdan xarakterlidir. Bog‘cha yoshidagi bolalaming ishiga baho berib borish ularda mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi. Bolalar kuchlari etadigan ishlami bajarayotganlarida ko‘p xatolaiga yo‘l qo‘yishlari tuigan gap. Lekin bunda bolalami mehnatga jalb qilmaslik kerak, bolalaming bajaradigan ishlarini kattalaming o ‘zlari bir pasda qilib qo‘yishlari mumkin, degan ma’no kelib chiqadi. Sharq halqlarida bir maqol bor: “Bolaga ish buyur, ketidan o‘zing yugur” Bu juda to‘g‘ri, hayotiy gap. Bu bolalaiga biron yumush buyurilganda, uni qanday bajarayotganliklaridan ko‘z-quloq bo’lib turish kerak, degan ma’noni bildiradi.