Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi Z Nishanova, G
uchun narsalaming eng muhim belgilari ulaming nima uchun qo‘llanishidir. Chunonchi, ularga “sigir qanday hayvon?” deb, savol berilsa, ular — “sigir sut beradigan hayvon” deb javob beradilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar har bir narsaning nima uchun kerakligini shu narsaning asosiy belgisi qilib oladilar. “Ot qanday hayvon?” deb savol berilsa, ular “ot minadigan hayvon” deb javob beradilar. Ma’lumki, bog‘cha yoshidagi bolalar juda qiziquvchan bo‘ladilar. Ko‘pgina narsalami bilishga quiblari yetmasa ham atroflaridagi turli narsa va hodisalaming mohiyati, paydo bo‘lishi hamda sababiy bog‘lanishlariga qiziqadilar. Ular hamma narsaning siridan xabardor bo‘lgilari keladi. Bu ulaming bilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan intellektual qiziqishlaridir. Bog‘cha yoshidagi tafakkumi rivojantirishda turli didaktik va ta’limiy mashg‘ulotlaming roli g‘oyat kattadir. Masalan, katta guruh bolalari bilan o ‘tkaziladigan son-sanoq (hisoblash) mashg‘ulotlari, nutqni o‘stirish mashg‘ulotlari ularda tafakkuming taqqoslash, analiz va sintez qilish xususiyatlarini o‘stirishga yordam beradi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, bolalar ana shunday ta’limiy mashg‘ulotlarda narsa va hodisalami shunchaki passiv o‘zlashtirib, faqat ulaming nomlarini esda olib qolish bilan cheklansalar, tafakkur qilish qobiliyati yaxshi rivojlanmaydi. Shunday qilib, bog‘cha yoshidagi davrda bolalaming tafakkuri jadal rivojlanadi va uning bundan keyingi o ‘sishi maktab yoshida, ya’ni sistemali ta’lim va taibiya jarayonida amalga oshiriladi. www.ziyouz.com kutubxonasi
X I - в о в
B O G ‘C H A Y O S H ID A G I B O L A N U T Q IN IN G
R IY O J L A N IS H I
1 1 .1. B o g ‘c h a yoshidagi b o la la r n u tq in in g kom m unikativ v o sita
sifa tid a rivojlanishi