haydaladi. Kasal ruhiga ta’sir qilishga mo’ljallangan bu sehrli
marosimdan so’ng kasal yo tuzaladi yoki vafot qiladi. “Chilyosindan
chiqibdi yoki chiqa olmabdi” degan xabar el orasida shu odat tufayli
kelib chiqqan.
Sehrgarlik dini hozirgi zamonda ham folbinlik shaklida; dam
solish, isitma-sovutma, qaytarma qilish, “ilmi-amal”, “oldini boylash”
kabi shakllarda xalq orasida saqlanmoqda.
Umuman ibtiodiy jamiyatda totemizm, anemizm, feti-shizm,
shomonizm va sehrgarlik kabi dastlabki dinlar paydo bo’lgan, ular
18
asosan tabiat kuchlarini ilohiylashtirgan, ammo bu dinlarda xudolar,
payg’ambarlar, muqaddas kitoblar paydo bo’lmagan edi. Ibtidoiy dinlar
ulardan keyin kelib chiqqan dinlarga kuchli ta’sir qilgan, ulaming ayrim
ko’rinishlari hozir ham mavjud. Ov bilan, chorvachilik bilan
shug’ullangan xalqlarga ayrim o ’simliklar va osmon jismlarini
ilohiylashtirish xos bo’lsa, hunarmandlar uchun pirlarga, ma’budalarga
sig’inish xos edi.
Afsungarlik, jodu, duoxonlik, avlodlar ruhiga sig’inish ham o’sha
davrdagi dinlarga xos edi. Din madaniyat tizimiga kirgan ko’pgina
marosimlami o’sha ilk davrlarda vujudga keltirgan.
Munozara uchun savollar
1. Din qanday kelib chiqdi?
2. Totemizm nima?
3. Animizm qanday e’tiqod?
4. Shomonizm e’tiqodini maqsadi?
5. Ko’p xudolik haqida gapiring?.
Adabiyotlar
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga
ko’tarish to’g ’risida” qarori Toshkent shahri, 2017 yil 28 iyul.
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevral kuni
Dostları ilə paylaş: |