N a m a n c a n d a V l at universitkti viaxkamon q o d I r j o n o d I i j o n o V i c h d I n s h u n o s L i k


“Kibermakon” tushunchasi va uning mazmun-mohiyati



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/79
tarix06.10.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#152700
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79
Dinshunoslik. Maxkamov Q (1)

1. “Kibermakon” tushunchasi va uning mazmun-mohiyati.
Kibermakon kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan muloqot 
maydonini ifodalovchi voqelik sifatida 1990 yildan boshlab keng 
miqyosida 
rivojlanib, 
takomillashib 
kelmoqda. 
Kibermakon 
tushunchasini dastlab kanadalik yozuvchi Uilyam Gibson 1982 yil 
«Sojjenie Xrom» («Burning Chrome») nomli hikoyasida yozadi.
Keyinchalik, 
Gibsonning 
1990 
yilda 
yozib 
tugatgan 
“Neuromancer” (“Asabli manzaralar tasvirlovchisi”, “Nervo-sochinitel”) 
nomli texno-utopik fantastik trilogiyasida qo ’llagan. Bu asardagi 
kibermakon tushunchasi millionlab odamlarning jamoaviy sarob, 
xayolparastlikning o ’ziga xos ko ’rinishi sifatida tasvirlangan. Bu erda 
jamoaviy sarob yoki xayolparastlik inson ongida sub’ektiv psixologik 
holat sifatida namoyon b o ’ladi.
Ijtimoiy nuqtai-nazardan kibermakon deganda kompyuter tarm og’i 
orqali bir-biri bilan bog’langan va bir vaqtning o ’zida turli geografik 
nuqtada kesishuvchi har qanday mavjud kompyuteming grafik sifatidagi 
m a’lumotlariga o ’ralashib qolgan kishilar jamoasi tushuniladi.
Hozirgi davrda fan, texnika va asosan kompyuter taraqqiyoti 
mahsuli 
bo ’lgan 
kibermakon 
va 
uning 
boshqaruvchi 
qiyofasi 
«superkorporatsiya» texnologiyalaming insoniylikdan begonalashuvi 
natijasida din niqobidagi ijtimoiy va madaniy buzg’unchilikni sodir 
etishga bo ’lgan urinishlar tobora kuchayib bormoqda. Jumiadan, 
bugungi kunda kiberterrorchilik tuzilmalari o ’z g ’arazli maqsadlari 
yo’lida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishga 
urinmoqda.
Bu 
borada 
O ’zbekiston 
Respublikasi 
Birinchi 
Prezidenti
I.A.Karimovning 
“Yuksak 
m a’naviyat-engilmas 
kuch” 
asarida 
quyidagicha ta’kidlangan: «Taassufki, ba’zan islom dini va diniy 
aqidaparastlik tushunchalarini bir-biridan farqlay olmaslik yoki g ’arazli 
maqsadda ulam i teng qo’yish kabi holatlar ham ko ’zga tashlanmoqda. 
Shu bilan birga, islom dinini niqob qilib, manfur ishlami amalga 
oshirayotgan mutaassib kuchlar hali ongi shakllanib ulgurmagan, 
tajribasiz, g ’o ’r yoshlami o ’z tuzog’iga ilintirib, bosh-ko’zini aylandrib, 
ulardan o ’zining порок maqsadlari yo’lida foydalanmoqda. Bunday
146


nojo’ya harakatlar avvalo muqaddas dinimizning sha’niga dog’ 
bo’lishini, oxir-oqibatda esa m a’naviy hayotimizga salbiy ta’sir 
ko ’rsatishini barchamiz chuqur anglab olishimiz va shundan xulosa 
chiqarishimiz zarur».
“Kibermakon”da din niqobidagi “kiberhujum”lar tahdidi: din 
niqobi ostidagi ekstremistik saytlarda asosan davlat to’ntarilishi va 
xunrezlik urushlari haqida gap boradi. Jumladan, bugungi kunda 
dunyoda eng katta xavf solib turgan IShID guruhining internet 
kibermakonidagi axborot hujumi va tahdidini keltirib o ’tish mumkin. 
Ularda IShID g o’yo Islom yo ’lida “qurbon” bo’layotgani aks etgan 
videolavhalar va fotosuratlar joylashtirilgan.
Terrorchilaming 
targ’ibot-tashviqotlari kun 
sayin 
avj 
olib 
bormoqda. “Odnoklassniki”, “Facebook”, “Instagram”, “Twitter”, 
“Vkontakte” ijtimoiy tarmoqlarida buzg’unchilik va yot g ’oyalami 
targ’ib qiluvchi yuzlab guruhlar mavjudligi fikrimizning yaqqol dalilidir. 
Shuningdek, Islom dinini noto’g ’ri, qabih maqsadlarda talqin etish, 
dinga siyosiy tus berib, hokimiyatni qo ’lga kiritish hisoblanadi.

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin