2.3.15.9. Tabiiy ofatlar (ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulotlar va boshqa moddiy
boyliklarning nobud bo‘lishi va buzilishi, ishlab chiqarishning to‘xtashi va boshqalar tufayli
yo‘qotishlar) tufayli ko‘rilgan qoplanmaydigan yo‘qotishlar va zararlar, shu jumladan tabiiy ofatlar
oqibatlarining oldini olish yoki oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq xarajatlar.
2.3.15.10. Aybdorlari aniqlanmagan o‘g‘irliklardan yoki aybdor tomon hisobidan zarur summani
undirish mumkin bo‘lmagan hollarda ko‘rilgan zararlar.
Oldingi
tahrirga qarang.
2.3.15.11. Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy vositalari va boshqa mol-mulki (aktivlari)ning
chiqib ketishi (balansdan chiqarish)dan ko‘rilgan zararlar.
(2.3.15.11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-sonli
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda )
2.3.15.12. Xo‘jalik shartnomalari shartlarining, shu jumladan mahsulotni yetkazib beruvchilar va
debitorlar aybi bilan buzilganligi uchun belgilangan yoki e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida
to‘lanmagan to‘lovlar va boshqa xil sanksiyalar, shuningdek yetkazilgan zararlarni to‘lash bo‘yicha
xarajatlar.
2.3.15.13. Soliq qonuni va boshqa qonunlarni buzganlik uchun jarima va penyalar.
2.3.15.14. To‘langan boshqa jarimalar.
Oldingi
tahrirga qarang.
2.3.16. Xodimlarga beriladigan yoki yordamchi xo‘jaliklar tomonidan xo‘jalik yurituvchi
subyektning umumiy ovqatlanish korxonasi uchun ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar,
xizmatlar) bo‘yicha narx tafovutlari.
2.3.17. Gudvill (firma narxi)ning nomoddiy aktivi summasini hisobdan chiqarish bilan bog‘liq
xarajatlar, ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan mol-mulk bo‘yicha, belgilangan
tartibda.
2.3.18. Yangi texnologiyalar yaratish va qo‘llanilayotgan texnologiyalarni takomillashtirish,
shuningdek ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari olib borish, xomashyo va materiallarning
yangi turlarini yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash bilan bog‘liq mahsulotlar sifatini oshirish
xarajatlari.
2.3.19. Ishlab chiqarish tusidagi ixtirochilik, ratsionalizatorlik, tajriba-eksperiment ishlari olib
borish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari bo‘yicha modellar va namunalarni tayyorlash va
sinash, ko‘rgazmalar va ko‘riklar, tanlovlarni, sertifikatlashni hamda ixtirochilik va ratsionalizatorlik
bo‘yicha boshqa tadbirlarni tashkil etish, mualliflar haqini to‘lash xarajatlari va boshqa xarajatlar.
2.3.20. Ijaraga berilgan asosiy vositalarni ta’minlash xarajatlari;
Dostları ilə paylaş: