Ma’lumotlarni
muxofaza
qilish
qoidalarini
buzuvchining
maqsadi.
Kriptotizimlarga qo‘yiladigan talablar. Kerkxofs prinsipi. Kriptografik bardoshlilik.
Shennon tamoiliga ko‘ra kriptografik tizimlarning bardoshligi. So‘zsiz bardoshlik.
Ishonarli, isbotlanarli va faraz bo‘yicha bardoshlilik.
Kriptografiyaning matematik asosi. Modul arifmetikasi. Galua maydoni va unda
amallarni bajarish. Elliptik egri chiziqlarda nuqtalar ustida amallar. Sonni teskarisini
hisoblashda Evklidning kengaytirilgan algoritmidan foydalanish.
Shifrlash algoritmlarining klassifikatsiyasi. O‘rniga qo‘yish va o‘rin almashtirish
shifrlari. Enigma mashinasi va uning bardoshligi tahlili. Bir va ko‘p alifboli o‘rniga
qo‘yish shifrlari.
Simmetrik shifrlarning turlari. Simmetrik blokli va oqimli shifrlash usullari.
Feystel tarmog‘i, Lai-Messey tarmog‘i va o‘rniga qo‘yish-o‘rin almashtirish asosida
blokli simmetrik shifrlarni qurish. Simmetrik blokli shifrlarning shifrlash rejimlari. DES,
Camellia, AES, GOST R 28147-89, O‘z DSt 1105-2009 va Blowfish shifrlash
algoritmlari yordamida ma’lumotni shifrlash va ularning matematik asosi.
Oqimli shifrlarni qurish usullari. Psevdotasodifiy va tasodifiy sonlar generatori.
RC4, A5/1 algoritmlari. Oqimli shifrlardan foydalanish sohalari.
Ochiq kalitli shifrlash algoritmlari va ular foydalangan matematik muammo
turlari. RSA algoritmi. El-Gamal algoritmi. Ochiq kalitli shifrlardan ma’lumotlarni
shifrlashdagi afzallik va kamchiliklar. Gamomorfik shifrlash, shifrlash sxemalari va
uning qo‘llanilishi.
Ma’lumotni butunligini ta’minlash usullari. Xesh funksiyalar va ularning turlari.
Kalitli va kalitsiz xesh funksiyalar. CRC (Cyclic redundancy check) tizimlari. MD5, Sh1,
O‘z DSt 1106:2009 xesh funksiyasi, ularning matematik asosi, ma’lumotga to‘ldiruvchi
bitlarni qo‘shish tartibi. Xesh funksiyalarda kolliziya hodisasi. Ma’lumotlarni butunligi
va maxfiyligini ta’minlash usullari. Ma’lumotlarni autentifikatsiyalash kodlari (MAC).
HMAC algoritmi. Elektron raqamli imzo (ERI) algoritmlari va uning vazifasi. Rad etish,
modifikatsiyalash, soxtalashtirish, niqoblash tahdidlari. ERIni shakllantirish va tekshirish
tartibi. RSA va El-Gamalga asoslangan ERI algoritmlari. DSA, GOST R 34.10-94, EC
DSA, GOST R 34.10-2001 va O‘z DSt 1092:2009 standartlari.
Kriptografik kalitlarni boshqarish. Kalitlarni ochiq taqsimlash protokoli (Diffi-
Xelman). Nidxem-Shryoder, Kerberos protokoli.
Tasodifiy sonlarni generatsiyalash usullari va vositalari. Tub son va uni
generatsiyalash usullari. Zamonaviy kriptografik protokollar: SSL, IPSec, SSh, ularning
vazifasi, foydalanilgan algoritmlar va bardoshligi.
Dostları ilə paylaş: