KIRISH
5330500 - Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-Servis”,
“Multimedia texnologiyalari”) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – fan va texnika sohasidagi
yo‘nalish bo‘lib, u axborotlarni o‘zgartirish, uzatish, taqsimlash, qayta ishlash va
ma’lumotlarga ishlov berish soha istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikma, mutasaddilik
qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va
uslublarining majmuasini qamrab oladi.
Ta’lim yo‘nalishi negizidagi mutaxassisliklarning vazifasi - talabalar bilimlarini
chuqurlashtirish va − axborot kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter tizimlari va
tarmoqlarining matematik, texnik-dasturiy ta’minoti, geoaxborot texnologiyalarining
asosiy tushunchalari, geoaxborot tizimlarini modellashtirish, geoaxborot texnologiyalari
asosida dasturiy vosita va ilovalar ishlab chiqish; masofadan zondlash asosida hududlarni
(yerni) monitoring qilish dasturiy vositalarni ishlab chiqish; kompyuter ko‘rishi asoslari;
sun’iy yo‘ldosh qurilmalaridan olingan tasvirlarni qayta ishlash, ularni sinflashtirish va
intellektual tahlil qilish, geoprotal va geoxizmatlar uchun veb dasturlash texnologiyalari,
algoritmlash va matematik ta’minotni yaratish, texnologik yechimlarni ishlab chiqish
bo‘yicha hamda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda bilimlarini
oshirish va ko‘nikma hosil qilishdan iboratdir.
5330500 - Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-Servis”,
“Multimedia texnologiyalari”) ta’lim yo‘nalishi negizidagi 5A330503- Tibbiyotda
kompyuter tizimlari magistratura mutaxassisliklariga kiruvchi talabalar uchun ta’lim
yo‘nalishi o‘quv rejasiga asosan 3 ta ixtisoslik fanlari bo‘yicha: “Ma’lumotlar bazasi”,
“Bioinformatika va biomexanika” fani, “Kompyuter tarmoqlari” bo‘yicha imtihon
savollari shakillantirilgan. Bu fanlar o‘z negizida qamrab olingan ma’lumotlar quyida
batafsil keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: