Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги


 – Axborotlashtirish kutubxonashunoslik ta’lim yo‘nalishi negizidagi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/122
tarix09.10.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#153424
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   122
Ўзбекистон ало а ва ахборотлаштириш агентлиги

5350600 – Axborotlashtirish kutubxonashunoslik ta’lim yo‘nalishi negizidagi: 
 
-
5A350602 - Elektron kutubxona va arxivlar 
magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun maxsus (ixtisoslik) fanlaridan 
D A S T U R 
 
Annotatsiya 
 
Dastur 5A350602- Elektron kutubxona va arxivlar magistratura mutaxassisligiga 
kiruvchilar uchun ta’lim yo‘nalishining 2017/2018 o‘quv yilida tasdiqlangan o‘quv 
rejasidagi asosiy fanlar asosida tuzilgan. 
Tuzuvchilar:
B.I.Ganieva 
– Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot 
texnologiyalari universiteti “Axborot-kutubxona tizimlari” kafedrasi mudiri, t.f.n., 
dotsent; 
A.Xundibaev – “Kompyuter Osiyo ilmiy texnika parki” direktori, t.f.n. 
Dastur Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU AKTsKT fakultetining 2021 yil 22 
iyundagi № 10- sonli kengashi yig‘ilishida muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya 
etilgan. 


 
Kirish 
5350600 –
 
Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik bakalavriatura ta’lim 
yo‘nalishi negizidagi mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlarning tayyorgarlik darajasi va 
zaruriy bilimlar mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar Davlat ta’lim standartida 
keltirilgan. 
“Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” ta’lim yunalishida tahsil olishdan asosiy 
maqsad talabalarga axborot-kutubxona muassasalarida qo‘llaniladigan fanlar asoslarini 
o‘rgatish asosida ularning yetuk va yuqori malakali mutaxassis bo‘lishlari hamda olingan 
bilimlari asosida o‘qitish va ilmiy izlanishlarini davom ettirishlarni ta’minlashdan 
iboratdir. 
5A350602 – Elektron kutubxona va arxivlar mutaxassisligi dasturning vazifasi 
quyidagilardan iborat:

mavjud resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini yaratish; 

elektron-kutubxonalarda davlatni ichki va tashqi siyosatlarini olib borish, 
arxivlarning rivojlanishidagi axborot texnologiyalarining mohiyati va ahamiyatini 
tushunish, jumladan davlat sirini himoya qilish talablariga, rioya qilish qobiliyatiga ega 
bo‘lishni o‘rganish; 

talab va taklif funksiyalarini tuzish va ular yordamida foydalanuvchilarni tahlil 
qilish va xulosalar chiqarish;

internet tarmog‘idan axbrotlarni olish, saqlash, qayta ishlab chiqarishning asosiy 
metodlari, usullari va vositalariga ega bo‘lishi, axborotni boshqarish vositasi sifatida 
kompyuter bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi, va ular yordamida axborot-
kutubxonaning to‘liq matnli elektron resurslar fondini yaratishni tahlil qilish;

axborot-kutubxona muassasalarida global kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlar 
bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lishi va ishlab chiqarish omillari bozorini, 
raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorlarni tahlil qilish va xulosalar chiqarish; 

zamonaviy axborot texnologiyalari tizimini yaratish va axborot-kutubxona 
muassasalarining ekspluatatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari 
monitoringi va sifatini baholash usullari va mexanizmlarini ishlab chiqish, mehnat 
bozoriga ta’sirini o‘rganish. 
Dastur
ijtimoiy – gumanitar, umumiqtisodiy, axborot texnologiyalari, informatika 
,tabiiy va matematik fanlar bilan uzviy aloqador bo‘lib, bu fanlar talabalarning shu 
sohadan olayotgan bilimlarini chuqurroq o‘zlashtirishga yordam beradi.
5A350602 – Elektron kutubxona va arxivlar mutaxassisligi
 
bo‘yicha magistraturaga 
kiruvchilar, umumiy tarzda quyidagi bilimlarga ega bo‘lishi kerak: 

axborot-kutubxona faoliyati sohasining tashkiliy tuzilmasi, holati; 

foydalanuvchilarga yangi axborotni zudlik bilan yetkazish; 

jamiyatni axborotlashtirishda aloqa va axborotlashtirish sohasini roli; 

soha axborot-kutubxona muassasalarining salohiyatini shakllanishi; 

qarorlarni qabul qilishda axborot-kutubxona ta’minoti; 

axborot-kutubxona faoliyati tahlilining asosiy usullari va uslublari (metodlari); 



Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin