O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
“Bank-moliya xizmatlari fakulteti”
“Bank va jamg`arma ishi kafedrasi”
“Pul, kredit va banklar” fanidan
Mavzu:
Inflyatsiya va pul muomalasini barqarorlashtirish usullari.
Bajardi:
BI 111-guruh talabasi
Baratov Z.U
Tekshirdi:
ass. Tog`ayev S.S
Samarqand - 2013
2
Mavzu:
Inflyatsiya va pul muomalasini barqarorlashtirish usullari
Reja:
Kirish
Asosiy qism
1.
Inflyatsiya haqida nazariy tushuncha.
2.
Inflyatsiyaning turlari.
3.
Inflyatsiya davrida pul muomalasini barqarorlashtirish usullari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
3
Kirish
Inflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda sotsial va iqtisodiy
jihatdan qarama-qarshiliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun davlat
inflyatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora – tadbirlari ishlab
chiqadi. Inflyatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari: inflyatsiyaga qarshi siyosat va
pul islohoti hisoblanadi.
Oldingi markazlashgan, rejali boshqaruvga asoslangan iqtisodiy tizimda pul
muomalasi rejalashtirish asosida boshqarib kelingan. Aholining daromadi va
harajatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirib turilgan. Tovar ishlab chiqarishni
kengaytirish, aholiga kreditga tovar berish, baholar tizimini o’zgartirib turish va
hakazolar. Barcha jarayonlar davlat tomonidan boshqarilgani uchun pul muomalasi
qonuni buzilganda davlat o’z vakolati doirasida narxlarni o’zgartirish yo’li bilan, pul
reformasi bilan pul muomalasini tartibga solib kelgan.
4
Tarix xaqiqatda ham bu so`zning har tomonlama xavfli ekanligini kursatdi. Chunki
inflyatsiya qandaydir aloxida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar narxining
o`sishidangina iborat bulmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya
so`zining iqtisodiy manosi - muomalada mavjud bulgan tovarlar va ularning bahosiga
nisbatan kup pul chikarish dеgan ma'noni anglatadi
Oxirgi yillarda inflyatsiya tеz-tеz uchrab turadigan jarayon bulib sifati ham uzgarib
bormokda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan,
uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi konunining buzilishi
natijasida umumxujalik mеxanizmining ishdan chikishiga olib kеladi
Inflyatsiyaning asosiy sababi - bu xalk xujaligining turli sohalari urtasida vujudga
kеlgan nomutanosiblikdir. Bu avvalam bor jamgarma va istе'mol urtasidasidagi, talab
va taklif, davlatning daromaddari va xarajatlari urtasidagi muomaladagi pul massasi va
xujaliklarning nakd pulga bulgan talabi urtasidagi nomutannosibliklardan iboratdir.
Inflyatsiyani yuzaga kеltiruvchi omillarga karab uning sabablarini ichki va tashki
sabablarga bulish mumkin. Inflyatsiyaning ichki omillari monеtar-pul siyosati bilan va
xujalkk faoliyati bilan boglik turlariga bulinadi. Inflyatsiyaning tashki omillariga jahon
iktisodida bulgan krizislar, (xom-ashyo, yokilgi, valyuta buyicha) davlatning valyuta
siyosati, davlatning boshka davlatlar bilan tashki iktisodiy faoliyati, oltin va valyuta
zaqiralari bilan buladigan nokonuniy opеratsiyalar va boshkalar bulishi mumkin.
5
Dostları ilə paylaş: |