Bino va inshootlar qurilishi tem iryo


 Asfaltli qorishm alar va betonlar



Yüklə 6,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/187
tarix11.10.2023
ölçüsü6,28 Mb.
#153482
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   187
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

9.4. Asfaltli qorishm alar va betonlar
Asfaltli qorishmalar va betonlar tayyorlashda neft bitumlari hamda 
kukun to ‘ldirgich asosidagi mikrokompozit asfalt bog‘lovchi vazifasini 
o‘taydi. Asfalt bog‘lovchilar tarkibiga kiritilgan kukun to‘ldirgichlar 
bitum sarfmi kamaytirish bilan birga qorishma va betonlar yumshash 
haroratini oshiradi. Mineral kukun ohaktosh, dolomit, asbest, shlak, kul 
va boshqa tabiiy va sun’iy tosh materiallarini maydalab olinadi. Asfalt 
bog‘lovchilar mustahkamligi bitum va kukun to‘ldirgich nisbati va qotgan 
mikrokompozitning zichligiga bogliq b o ‘ladi. Bitum eritilgan holatida 
mineral kukun to‘ldirgichlar yuzasida uzluksiz o ‘ta yupqa qatlam hosil 
qilishi optimal nisbatda bo‘lganini bildiradi.
Hosil bo‘Igan bunday fibrillar mikrostruktura asfalt asosida olinadigan 
kom pozitsion materiallar xossalarini yaxshilaydi. Asfalt qorishma va 
betonlar uchun mayda to ‘ldirgich sifatida tozalangan tabiiy va sun’iy 
qum lar ishlatiladi. Ular tarkibidagi chang va loysimon aralashmalar 
miqdori massa bo‘yicha 3 foizdan oshmasligi kerak.
Yirik to‘ldirgich sifatida tog‘ va daryo shag‘ali, zich hamda sovuqqa 
chidamli tabiiy tosh materiallar asosida olingan chaqiqtoshlar, metallurgiya 
donador shlaklari ishlatiladi. Ohaktosh, dolomit kabi cho‘kindi tog‘ 
jinslari chaqiqtoshlari bitum bog‘lovchisi bilan yaxshi yopishgani uchun 
keng ko‘lamda ishlatish tavsiya etiladi. Chaqiqtosh sovuqqa chidamlilik 
bo ‘yicha markasi F 50 dan kam bo ‘lmasligi kerak. Asfalt qorishmasi 
tarkibida bitum massabo‘yicha 9-11 foizni tashkil etadi. Qorishma zavod 
sharoitida maxsus isitiladigan qorgichlarda (140-170° S) tayyorlanadi. Ular
132


qurilishda trotuarlar, sanoat binolari, omborxonalar pollarini qoplashda, 
yassi tomlami gidroizolyatsiya qilishda, plitali va parketli pollar uchun 
asos sifatida va Boshqa joylarda ishlatiladi. Asfalt qorishmalari dastabki 
tekislagichlar bilan tekislanadi hamda mexanik kichik katoklar yordamida 
zichlashtiriladi. 
.*•
Asfal-tbetonlar 
bog‘lovchi, mayday va yirik to ‘ldirgichni
sinchiklab aralashtirib, zichlashtirib tayyorlangan kompozitsion material.
Uning g'ovakligi 5-7 foiz. G ‘ovakligi 5 foizdan kam boMgan zich 
asfalt-beton suv o ‘tkazmaydi. G ‘ovakIikning m e’yordan ortishi asfalt 
betonning suv shimuvchanligining ortishiga, sovuqqa chidamliligining 
pasayishiga sabab boMadi.
U biologik aktiv muhitlar (bakteriyalar) ta’sirida yemiriladi. Biologik 
muhitlarga bardoshlilikni oshirish uchun tarkibiga antiseptiklar qo‘shish 
tavsiya etiladi. Asfalt betoni tarkibi uzluksiz tizim da,ya’ni boglovchi 
mayda toMdirgich oraliq bo‘shlig‘ini to ‘Idirishi (10-15 foiz ko‘proq), 
qorishma esa yirik toMdirgich oraliq bo‘shligMni toMdirishi (10-15 foiz 
ko‘proq) maqsadga muvofiq (9.2-jadval).

Yüklə 6,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin