Ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish, texnika va
materiallardan foydalanish, moddiy texnika ta’minotini takomillashtirish,
mahsulot sifatini yaxshilash borasidagi hamma o’zgarishlar xarajatlar
darajasida aks etadi. Shu sababli ham biz mahsulot tannarxi ishlab
chiqarish samaradorligining sifat ko’rsatkichlari tizimida muhim o’rin
egallaydi, deya olamiz. Binobarin, shuning uchun ham mahsulot ishlab
chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlarni ularning iqtisodiy
mazmuniga ko’ra guruhlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: