257
muammosi kelib chiqadi. Bunda bizga kerak bo’lgan ma’lumotni to’g’ri
tavsiflashimiz muhim ahamiyatga ega. Bu tavsif bir yoki bir necha
so’zlar birikmasidan tashkil topishi mumkin.
Ushbu tavsifni qidiruv
tizimiga to’g’ri va aniq keltirishimiz kerak bo’ladi. Keyin qidiruv tizimi
foydalanuvchi kiritgan ma’lumotni tahlil qilib shu ma’lumotlar asosida
shunday kalit so’zlarga ega bo’lgan ma’lumotlarni topib beradi. Bunda
biz qidirayotgan axborotimiz ixtiyoriy formatda bo’lishi mumkin. Ya’ni
biz qidirayotgan ma’lumot rasm, video, musiqa va boshqa ko’rinishlarda
ham bo’lishi mumkin. Bunday ma’lumotlarni qidirayotda qidiruv
tizimlariga formatini ko’rsatib o’tish yoki belgilab qo’yish
tavsiya
etiladi. [1] Internet tarmog’ida bunga o’xshash ma’lumotlar turli tillarda
bir qancha bo’lishi mumkin. Bunda bizga kerak ma’lumotni qanday tilda
bo’lishi mumkinligini kiritib o’tishimiz, bizga kerak ma’lumotni tez va
aniq topishimizga yordam beradi. Ma’lumotlar vaqt o’tishi bilan eskirib
qolishi ham mumkin. Bizga kerak ma’lumotning joylashtirilgan sanasi
bo’yicha qidirish imoniyati ham bor. Xozirgi kundagi eng ommabop
qidiruv tizimlari. https://searchenginewatch.com saytning tahliliga ko’ra
quyidagi
qidiruv
tizimlari
eng
ommabop
hisoblanadi.
1)
www.google.com — oyiga 1,6 milliard har xil foydalanuvchilar
tomonidan tashrif buyurilgan. 2) www.bing.com — oyiga 400
million
har
xil
foydalanuvchilar
tomonidan
tashrif
buyurilgan.
3)
www.yahoo.com — oyiga 300 million har xil foydalanuvchilar
tomonidan tashrif buyurilgan. 4) www.ask.com — oyiga 245 million har
xil foydalanuvchilar tomonidan tashrif buyurilgan. [2] Shu qatorda
o’zimizning www.uz Milliy axborot-tizimimizni aytib o’tishimiz
mumkin.
www.uz
— bu bizning internet tarmog’imizdagi
ma’lumotlardan qulay tarzda foydalanish imkonini beruvchi milliy
tizimimizdir. Milliy axborot qidiruv tizimi
rivojlantirish ishlari
UZINFOCOM markazi tomonidan amalga oshirilib boriladi. [3,4]
Google axborot qidiruv tizimi qo’shimcha imkoniyatlari. Eng ommabop
hisoblangan google qidiruv tizimidan foydalanishdagi qo’shimcha
afzalliklarini va imkoniyatlari: - Google qidiruv tizimi yordamida
qidiruv kalitida imlo xatolik mavjud bo’lsa uni to’girlab beradi; - Agar
qidirilayotgan kalit so’zimizdan keyin shu saytdan qidir deb ham aytib
258
o’tishimiz mumkin. “kalit” site:url ko’rinishida bo’ladi;
- Agar
qidirilayot ma’lumotimiz formati aniq bo’lsa uni ham kiritib o’tishimiz
mumkin. “key” filetype: “fayl kengaytmasi” ko’rinishida yozishimiz
kerak bo’ladi; - Agar biz kiritayotgan kalit so’zimiz nimani anglatishini
bilmoqchi bo’lsangiz. Bunda define: “kalit” ko’rinishda bo’lishi
mumkin; - Google qidiruv tizimi yordamida ixtiyoriy matematik
amallarni bajarishimiz mumkin bo’ladi; - Qidirayotgan ma’lumotimizni
qanday title ichida bo’lishi kerakligini kiritib o’tish imoniyati ham
mavjud. Bunda biz “kalit” intitle:”title” ko’rinishida yozish kifoya.
Yuqorida keltirilgan qidiruv tizimlari qatorida yana ko’plab qidiruv
tizimlari mavjud va ushbu qidiruv tizimlari orqali ulardan oqilona
foydalangan holda istalgan ma’lumotimizga ega bo’lishimiz mumkin
Dostları ilə paylaş: