‘z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I o liy va ‘rta m a X s u s ta’l im V a z ir L ig I


Vatanimiz m isolida to'xtalib o'tishga im konim iz yo'q. Darslikning keyingi nashrlarida



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/21
tarix11.10.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#153725
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
1 mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari

Vatanimiz m isolida to'xtalib o'tishga im konim iz yo'q. Darslikning keyingi nashrlarida
bunga barham berishga harakat qilamiz va uni tegishli ishonchli materiallar bilan boyitib,
to'ldiram iz.
28


М зМ т
o rqali q ayta ta q sim lab k a p italn in g san o a td a t o ‘plan ish ig a olib keldi. 
K apitalning ja m g ‘arilishida san o atn in g rivojlanishida, b u ijuaziyaning 
m u stah k am lan ish ig a m u sta m lak a la rn in g bosib o linishi h am y o rd am
berdi.
Shaharlar va sanoatning rivojlanishi ishchi kuchi oqimini talab 
etgan. Ishchilar salmog‘ining aholi umumiy soniga nisbatan ortib 
borishi esa jamiyatdagi natural munosabatlami qisqartirdi. Bularning 
barchasi kapitalistik m unosabatlar rivojlanishiga o'z ta ’sirini 
ko'rsatdi. Burjuaziya hokimiyatni egallab olgach, monarxiyaning 
yemirilishi va hokimiyatchilik vakolatlaridan mahrum bo'lishi 
tezlashgan. Hokimiyat tepasiga kelgan buijuaziya «soliq zulmi»ni 
pasaytirish emas, balki feodallarga tegishli imtiyozlarga barham 
berish va soliqlarni mehnatkashlarning zimmasiga yuklashga intildi. 
Davlatdagi umumiy soliq yuki yengillashmadi. Turli tarzda ta’sir 
etadigan omillarning tazyiqi ostida burjuaziya kapitalni ko‘proq 
jam g'arish va o 'z foydasini yanada o'stirish uchun tegishli 
imkoniyatlarni qo'lga kiritdi.
Kapitallar harakatidagi milliy chegaralaiga barham berilishi bilan 
banklar, birjalar va mustamlakachilik urushlari bunday vaziyatning 
instrumentlari bo'lib qoldi. Burjuaziya ekspluatatsiya qilishning 
butun og'irligini bosib olingan mustamlaka xalqlari gardaniga yuklab, 
o'z mamlakatlari ishchi kuchlarining ashaddiy himoyachilariga 
aylandi. Ishchilar sinfining o'z huquqlari uchun qarshi kurashi 
burjuaziya qo'lida kapitalning yanada to'planishiga imkon beruvchi 
yangi moliyaviy institutlarni vujudga keltirdi. Bu yerda gap tibbiy 
va ijtimoiy sug'urta, mol-mulk va hayot sug'urtasi tizimlari to'g'risida 
ketayapti. B archa m am lakatlarda burjuaziya davlat tufayli 
soliqlarning juda katta qismini o'z qo'liga qurol-aslahaga, transport 
qurilishiga, uy-joy qurilishiga va h.k.larga buyurtmalar orqali 
to'playdi.
Xususiy-tadbirkorlik prinsiplariga asoslangan tizim sifatida 
kapitalizmning taraqqiy etishi bilan xalqaro mehnat taqsimoti 
jarayonining kuchayishi va shu asosda kapitalning rivojlangan 
mamlakatlarda to'planishi kuzatiladi. Nafaqat soliq imtiyozlari va 
hukumat buyurtmalari, balki bojlar, imtiyozli kreditlar tizimi, 
norentabelli korxonalar va butun tarmoqlami sotib olish, noishlab
29


— o'z daromadlariga muvofiq ravishda barcha soliq to'lashi 
kerak (bu qoida ruhoniylar va aslzodalarning soliq immunitetiga 
qarshi yo'naltirilgan);
— soliqni oldindan aniq belgilash (aniqlash) zarur;
— soliqni soliq to'lovchi uchun qulay bo'lgan vaqtda undirish 
lozim;
— soliqlarning undirilishi (olinishi) arzon bo'lishi kerak.
Kapitalistik tizimning feodalizm ustidan g'alabasi yangi ishlab
chiqarish munosabatlari ni u yoki bu darajada himoya qiluvchi 
iqtisodiy maktablar va qarashlarni tug'dirdi. Sho'rolar tarixnavisiigida 
bu iqtisodiy maktabning vakillari vulgar iqtisodchilar guruhiga 
birlashtirilgan edi. Chunki ular, asosan, davlat daromadlarini 
shakllantirish masalalariga asosiy e’tiborni qaratib, uning xarajatlarini 
tahlil etish burjua hukumatlari to'g'risida salbiy tasawur hosil qilishi 
mumkin deb to'g'ri hisoblagan edilar. Bu maktabning yetakchi 
namoyandalaridan biri «Siyosiy iqtisod asoslari» deb nomlangan 
o'z asarini 1848 yilda chop etgan Dj.Mil hisoblanadi. XIX asrning 
oxirlaridagi moliyachi-olimlar qatoriga 1877 yilda moliya fani kursini 
nashr etgan fransuz P.Le-rua-Boleni va 1892 yilda «Davlat moliyasi» 
kitobini yozgan ingliz K.Bastblni kiritish mumkin. XIX asrda moliya 
nazariyasining rivojlanishiga katta hissa qo'shib, 1826—1832 yillarda 
bosilgan uchinchi qismi to'liq moliyaga bag'ishlangan siyosiy iqtisod 
kursini nashr ettirgan K.Raudir. Uning «Moliya fanining asosiy 
boshlanishi» deb nomlangan asari 1867 yilda rus tilida nashr etilgan 
va Rossiyada moliya fanining rivojlanishiga kuchli ta’sir ko'rsatgan.
XIX asrning birinchi choragida nashr etilgan nemis olimlaridan 
Soden (1811 yil), Yakob (1821 yil), Malxus (1830 yil) va Shenlarning 
(1832 yil) moliya to'g'risidagi asarlari «moliya» tushunchasi tarkibiga 
birinchi marta mahalliy moliyani kiritgan L.fon Shteyn va moliya 
fanining mumtoz namoyondasi A.Vagnerlar (u yozgan «Moliya 
to'g'risidagi fan» asari 1880 yilda nashr etilgan) dunyoqarashlari 
shakllanishida katta rol o'ynadi. XIX asr oxirlarining yetakchi 
moliyachi-olimlari qatoriga avstriyalik E.Saksni, italiyalik F.Nittini, 
AQShlik E.Seligmanni va nihoyat, «Moliya fani asoslari» deb 
nomlangan asari 1869 yilda (1900 yilda — rus tilida) nashrdan 
chiqqan italiyalik olim L.K ossni kiritish mumkin. XX asr
A.V. Vahobov. T.S. M alikov
____________________________________
32


__________________________________ ывЛт
moliyachilarining qarashlari maxsus adabiyotlarda yetarli darajada 
bayon qilingan. Biz uchun esa, ba’zi bir ob’ektiv va sub’ektiv 
sabablarga ko‘ra, rus iqtisodiy adabiyotida «moliya» tushunchasi 
taraqqiy etishini ko‘rib chiqish ham m a’lum ahamiyatga egadir.
Moliya sohasida asar yozgan birinchi rus muallifi Ivan Grozniy 
davrida yashagan I.S.Peresvetov hisoblanadi. U davlatning harbiy 
qudratini kuchaytirish maqsadida xazina daromadlarini ko'paytirish 
va davlat resurslarini markazlashtirish tarafdori bo‘lgan.
XVII asrdan bizgacha Yu.Krijanich va G.Kotoshixinlarning 
moliya xususidagi asarlari ham yetib kelgan. Yu.Krijanich o'z 
asarlarida yevropalik mualliflarning iqtisod va moliyaga oid qarashlari 
va m uiohazalaridan keng foydalanadi, ularni R ossiyaning 
ehtiyojlariga «bog'laydi». U davlatning boyish usullariga jiddiy e’tibor 
qaratib, ularni ikki guruhga - boyishning «to‘g‘ri» va «noto‘g‘ri» 
usullariga bo'ladi va bu narsalar dunyoda allaqachon m a’lum 
ekanligini alohida ta’kidlab, yangilarini o'ylab topmaslik kerak deb 
hisoblaydi.
G.Kotoshixinning 1664 yilda yozilgan va «Aleksey Mixaylovich 
podshohligidagi Rossiya to ‘g‘risida» deb nomlangan asari oradan 
ikki yuz yil o'tgandan so'ng m a’lum bo'lgan. Unda XVII asrning 
o'rtalaridagi Rossiya davlatiga tegishli ko‘p ma’lumotlar keltirilgan.
I.Pososhkov XVIII asr boshlaridagi moliya nazariyotchilarining 
yirik vakili hisoblanadi. U ning m oliya sohasidagi taklifini 
quyidagicha ifodalash mumkin: boqimandani undirayotgan paytda 
uning toiovchisini xonavayron qilmasdan, to'lovchidan to'lovni 
amalga oshirish muddatlari xususida yozma ravishda majburiyatni 
olmoq lozim.
XVIII asrning ikkinchi yarmida moliya nazariyasiga oid bir 
necha asarlar paydo bo'ldi. Ular orasida yaqqol ko'zga tashlangani 
A.Polenovning «Rossiya dehqonlarining krepostnoylik holati 
xususida» deb nomlangan asaridir. Bu asarda Rossiyada birinchi 
bo'lib «soliq» atamasi ishiatilgan, mulkiy sug'urtaning zarur ekanligi 
isbotlangan, Rossiyaning amaldagi soliq tizimi tanqidiy nuqtai- 
nazardan tahlil qilingan.
A .N arishkin 1767 yilda e ’lon qilingan va «Iqtisod» deb 
nom langan m aqolasida soliqlarga oid b ir qancha qiziqarli
33


A .V. Vahobov. T.S. M a liko v

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin