52
Maslahatlar:
klaviatura albatta tirsaklaringizdan pastroqda bo’lishi kerak;
yelka va bilaklar orasidagi burchak 121 darajadan kam bo’lmasligi
kerak;
uzoq vaqt ishlayotganingizda kaftlaringizning ichki tomonlari tayanchga
ega bo’lishi kerak;
qo’llaringiz pastga osilgan holda bo’lishi mumkin emas, kursining qo’l
uchun suyanchiqlariga qo’yib o’tiring;
boshingizni
oldinga egib o’tiring, displey ekranini shunday
joylashtiringki, sizning nigohingiz ozgina pastroqda bo’lsin;
stul yoki kursi suyanchig’iga suyanib o’tiring.
To’g’ri holat
O’tirganingizda gavdangizni bir oz orqaga tashlang. Bunday holat umurtqa
pog’onasiga og’irlik tushmasligiga, tana bo’ylab qon aylanishining yaxshilanishiga
olib keladi, bu esa ayni kuchga to’lgan erkaklar uchun juda muhimdir. Qo’llaringiz
kursining qo’l uchun suyanchiqlarida erkin turishi lozim. Tirsak va bilaklaringizni
bo’sh qo’ying. Kaftlaringiz bilaklaringiz bilan bir chiziqda bo’lsin, ya’ni bilakdan
pastda yoki tepada bo’lmasin, faqat barmoqlargina ishlasin. Bo’ksangiz tanangizga
nisbatan to’g’ri burchakda, tizzalaringiz esa bo’ksaga nisbatan to’g’ri burchak
ostida bo’lsin.
Oyoqlar polda yoki oyoqlar uchun tayyorlangan maxsus moslama ustida
tursin.
Dostları ilə paylaş: