KIRISH
Axborot texnologiyalar jadal rivojlanayotgan davrda dasturiy ta’minotni
o’rni juda ham katta ahamiyatga ega. Dastur to’la qonligicha ishlashi uchun
shaxsiy kompyuter minimal tizim talabiga javob berishi kerak. Internet
modernizatsiyalashtirildi va server uskunalar ishlab chiqildi. Shu bilan birga
shunday g’oya yuzaga keldiki, dasturdan foydalanishda hisoblash tizimlarini
birlashtirish va undan yagona manba sifatida foydalanish. 2008-yildan boshlab
(Cloud technology) Bulutli texnologiyar so’zi dunyo miqiyosida keng tarqaldi.
Birinchi qarashda “Bulutli texnologiyalar” tushunarsiz ko’rinsada: bu model
o’zida biror bir tizmdagi (serverlar, ilovalar, saqlash tizmlari va xizmatlar) dan tez,
qulay, samarali foydalanish imkonini beradi. Ortiqcha urinishlarsiz, tez va aniq
taqdim etiladi faqatgina provayder orqali tarmoqqa ulanganda.
Bulutli texnologiyalardan foydalanishdagi afzalliklar. Bulut ichida
saqlanayotgan ma’lumotlardan har kim foydalanish mumkin bunga faqatgina,
kompyuter, planshet, mobil telefon internet tarmog’iga ulangan bo’lishi kerak.
Bulutli texnologiyalardan foydalanish ATda bir qancha ustunliklarni yaratib
beradi.
Tashkilot boshqaruvida hisoblash resurslarini yanada samarali ishlatish
mumkin.
AT infratuzilmani boshqarishni takomillashtirish (shu jumladan, geografik
jihatdan )
Ish boshqaruvida doimiy soddalashtirish va qulaylashtirish, tizim
konsepsiyasini zahira tarzda saqlash va virtual mashinani migratsiyalash.
AT infratuzilmani chiqimni kamaytirish, hisoblash resurslari, elektr
quvvatlarini tejash.
Birinchi bo’lim quyidagilarni o’z ichiga oladi.
Bulut haqida umumiy tushuncha: bulutli texnologiyalar, bulutli hisoblash,
virtualizatsiya, servis va taqdimlash modellari, bulutli texnologiyalarni
afzalliklari va kamchiliklari.
5
Ikkinchi bo’lim.
Bulutli texnologiyalarda amalga oshiriladigan hujumlar ularni bartaraf
etish, axborot himoyasi, apparat va dasturiy ta’minotlarning qo’llash imkoniyatlari
va tahdidlarga qarshi kurashish metodlarining qiyosiy tahlili.
Uchinchi bo’limda.
Bulutli
texnologiyalar
hamda
telekommunikatsiya
tizimlari
va
tarmoqlarining o‘zaro integratsiyalari taxlili:Servis modellari va asosiy yetkazib
beruvchilar,bulutli
texnologiyalardan
foydalanishda
afzalliklari
va
kamchiliklari,bulutli texnologiyalarda tarmoqlarning o‘zaro integratsiyalari
jarayoni,bulutli texnologiyada ma’lumot himoyasini ta’minlashda asosiy metodlar
va foydalanishda axborot himoyasi,bulutli texnologiyalarda apparat va dasturiy
vositalarning qo‘llash imkoniyatlari.
|