Mavzu:O‘zbekiston Respublikasining
Rossiya, Xitoy va AQSH bilan o‘zaro
munosabatlari
O’zbekiston tarixi fani o’qituvchisi
Islamova S.
O’tilgan mavzuni takrorlash.
•
“2017-yil Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikda qanday tub
o‘zgarishlar bo‘ldi?
•
Qo‘shimcha adabiyotlardan foydalangan holda, Nursulton
Nazarboyevga
•
«El-yurt hurmati» ordeni berilishi sabablarini izohlang.
•
O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning xorijiy mamlakatlardagi ilk
•
tashrifi qaysi davlatga bo‘ldi?
•
«Turkiston – umumiy uyimiz» shiorini izohlang.
O‘zbekiston–Rossiya.
•
O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan o‘zaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlar va ham-
korlik 1992-yil imzolangan Davlatlararo munosabatlar, Do‘stlik asoslari to‘g‘risi-dagi shartnoma,
1998-yil imzolangan 1998–2007-yillar uchun iqtisodiy hamkor- likni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi
shartno- malar asosida rivojlanib bordi.
•
2005-yilda Moskvada imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi
Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek, 2012-yilda Toshkentda bo‘lib
o‘tgan uchrashuv yakuniga ko‘ra qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi
o‘rtasida strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiya» ikki davlat o‘zaro
munosabatlarida alohida voqea bo‘ldi. Ikki mamlakat o‘zaro munosabatlari va hamkorligining
yanada rivojlanishi va chuqurlashishiga 2013-yil aprelda O‘zbekiston Prezidenti
•
2017-yil aprelda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi
yakunlari bo‘yicha siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, harbiy-texnikaviy, migratsiya sohalari,
shuningdek, mintaqalararo hamkorlik, turizm va sog‘liqni saqlashga oid umumiy qiymati 16
milliard dollar bo‘lgan 55 hujjat imzolandi.
O‘zbekiston–Xitoy
•
Xitoy Xalq Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991-yil 27-
dekabrda tan olgan. 1992-yil yanvarda diplo- matik munosabatlar
o‘rnatilgan. O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida
an’anaviy do‘stlik munosabatlari o‘rnatilgan ikki mamlakatga har ikki tomonni
qiziq- tiruvchi ko‘plab masalalar bo‘yicha o‘zaro manfaatli va samarali
hamkor- lik olib borish imkonini beradi. XXR Raisining 2010-yildagi
O‘zbekistonga va O‘zbekiston Respublikasi Prezi- dentining 2012-yil iyunda
Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi.
Uchrashuvlar davomida hamkorlikning istiqbollari belgilandi. Buning yaqqol
dalili sifatida O‘zbekiston rahbarining Xitoyga tashrifi chog‘ida davlatlar
rahbarlari tomonidan «Strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatish
to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot» imzolanganini ko‘rsatish mumkin
O‘zbekiston–AQSH.
•
O‘zbekiston bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida davlatlararo aloqalar mustaqillikning
dastlabki yillaridayoq yo‘lga qo‘yildi. 1992-yil fevralda AQSH davlat kotibi O‘zbekistonga rasmiy
tashrif buyurdi va ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi. 1992- yil martda Toshkentda
birinchi bo‘lib AQSHning elchixonasi ochildi. O‘zbekiston Prezidenti I.Karimovning 1996-yil iyunda
AQSHda bo‘lishi O‘zbekiston va Amerika munosabatlarini yangi pog‘onaga ko‘tardi. Islom Karimov
AQSH Prezidenti Bill Klinton bilan uchrashdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni
chuqurlashtirish, tomonlar manfaatiga daxldor bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy, xavfsizlik masalalari
muhokama etildi. Bill Klinton AQSH ma’muriyati Markaziy Osiyo mamlakatlarining mustaqilligi,
barqarorligi va ravnaqidan manfaatdor ekanini, O‘zbekiston bilan qalin munosabatlar o‘rnatishni
istayotganini, O‘zbekistonning tezroq dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi yo‘lida yordam
berajagini ta’kidladi.
•
1996-yil O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi ochildi. O‘zbekiston Prezidenti boshliq davlat
delegatsiyasining AQSHda bo‘lishi chet el sar-moyasi uchun respublikada yaratilgan shart-
sharoitlar to‘g‘risidagi axborot taqchilligini bartaraf etdi.
•
2002-yil mart oyida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshliq davlat delegatsiyasi rasmiy
davlat tashrifi bilan AQSHda bo‘ldi. AQSHni sinovli damlarda qo‘llab-quvvatlagani uchun 2002-yil
Islom Karimov Amerika jamoatchiligi tomonidan «Xalqaro miqyosdagi lider» mukofoti bilan
taqdirlandi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev BMTning 72-sessiyayasi
munosabati bilan Amerika Qo‘shma
Shtatlarida bo‘ldi va u yerda istiqomat
qilayotgan bir guruh o‘zbekistonliklar
bilan uchrashdi O‘zbekiston va AQSh
muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni
mustahkamlash bo‘yicha o‘z fikr-
mulohazalarini bayon etdi. Shavkat
Mirziyoyev ularga murojaat qilar
ekan, O‘zbekistonda amalga oshi-
rilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga
daxldor bo‘lish, zamonaviy bilim va
tajribalarini mamlakat rivojiga
yo‘naltirishga da’vat etdi. Bugungi
kunda O‘zbekiston va AQSH strategik
hamkor va sherik mamlakatlardir .
Savol va topshiriqlar:
•
O‘zbekiston–Rossiya o‘rtasida qanday shartnomalar imzolangan?
•
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yilda
Rossiya, Xitoy va AQSHdagi tashriflarining ahamiyati haqida gapiring.
Dostları ilə paylaş: |