199
2-laboratoriya mashg’ulotlari
Boshqaruvchi
dasturning
strukturasi.
Boshqaruvchi dastur ISO-7
bit kodida shunday
tuziladiki, bunda ketma-ket joylashgan kadrlarda faqat
bundan oldingi kadrdagiga nisbatan o‘zgaradigan
geometrik, texnologik va yordamchi axborot yoziladi.
Natijada mazkur kadrga yozilgan komandalar navbatdagi
kadrlarda takrorlanmaydi. Ular shu guruhdagi boshqa
komanda yoki maxsus bekor
qilish komandasi bilan
bekor qilinadi. Bu boshqaruvchi dasturni uzunligi
o‘zgaruchan kadrga yozishga imkon beradi.
Dastur
tashigichning
strukturasi
12-rasmda
ko‘rsatilgan.
3-rasm. Dastur tashigichning strukturasi:
1 va
19- rakkord: 2 va 12 kommentariy; 3 –
yozuv
o‘chirgichlar; 4 – dastur boshi; 5 – boshqaruvchi dastur
nomeri; 6, 13 va 16 – kadr oxiri; 7 – asosiy kadr; 8 –
qo‘shimcha kadr; 9- asosiy kadrni chiqarib tashlash; 10 –
qo‘shimcha
kadrni chiqarib tashlash; 11 – yordamchi
dastur (podprogramma)ga murojaat qilish; 14 –
kadrlar
o‘rtasidagi oraliq; 15 – dastur oxiri; 17 – boshqaruvchi
dasturlar o‘rtasidagi oraliq; 18 – dastur tashigich oxiri.
Boshqaruvchi dastur % – «Dastur boshi» simvoli bilan boshlanadi.
Keyin PS
(LF) – «kadr oxiri» simvoli kelishi kerak. % simvolli kadr raqamlanmaydi.
Raqamlash keyingi kadrdan boshlanadi. Boshqaruvchi dastur, agar zarur
bo‘lsa,bevosita % («Dastur boshi») simvolidan keyin PS («Kadr oxiri») simvolidan
oldin belgilanadi. Masalan, % 12 PS boshqaruvchi dasturning raqami 12
ekanligini
bildiradi. Agar simvollar guruhi stanokda ishlanmaydigan bo‘lsa, bu guruh yumaloq
qavs ichiga olinishi kerak. Qavslar ichida % va: («Asosiy kadr») simvollari
200
bo‘lmasligi kerak.Boshqaruvchi dastur M02 – «Dastur oxiri» yoki «Axborot oxiri»
simvoli bilan tugallanishi lozim. Perfotasma boshida va oxirida,
shuningdek,
boshqaruvchi dasturlar o‘rtasida perfotasmani o‘qish qurilmasiga kiritilish uchun
rakkordlar (PUS simvollari) qoldiriladi.
PUS simvolidan keyin % simvoligacha tavsiflar yozish mumkin. Tavsif matnida
chizmaning raqami, detalning nomi,
RDB stanok modeli, texnolog-dasturchining
familiyasi, sana va h.k lar ko‘rsatiladi.