marketing muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u mahsulot ishlab
chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar tizimidan iborat .
7.2. Monopoliya va uning vujudga kelish sabablari . ―
Monopoliya ‖ atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan
(ya‗ni, grekcha ―monos‖ – yagona, bitta, va ―poleo‖ - sotaman) tarkib topadi, biroq
uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqoladi .
Monopoliya –
монопол yuqori narxlarni o‘rnatish hamda monopol yuqori
foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan
hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning
birlashmalari
bo‘lib,
monopoliyalarning vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to‘planishi hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning to‟planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab
chiqarish hajmining yirik korxonalarda to‘planishini namoyon etadi. Asosiy sabab
– olinayotgan foyda hajmining ko‘payishi hisoblanadi, foydaning (qo‘shimcha
mahsulot) bir qismi kapitallashtirib boriladi.
Kapitalning to‟planishi – bu qo‘shimcha qiymatning bir qismini jamg‘arish
(kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishidir. Ya‗ni, korxonadagi
ishchilar soni, korxonaning ishlab chiqarish quvvati, qayta ishlanayotgan xom
ashyo miqdori, tovar aylanmasi hajmi, foyda hajmi .
Kapitalning to‘planishi kapitalning markazlashuvi jarayoni bilan yanada
to‘ldiriladi.
Kapitalning markazlashuvi – bu bir kapital tomonidan boshqa
birining qo‘shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aktsiyadorlik
jamiyati shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o‘sishidir .